I kirish kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 130.13 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi130.13 Kb.
#1161494
1   2   3   4
Bog'liq
MUNDARIJA

x1 + …+xn
a → …………. (2)
Y1 +…+Yn
Shubhasiz, hamma parchalanish jarayonlari ham ularga yetarlicha qattiq cheklashlarni qo’yuvchi aniq saqlanish qonunlari orqali boshqariladi. Saqlanish qonunlari mutlaqo umumiy xarakterga ega va jarayon dinamikasidan ya’ni, zarralar strukturasining detallari va o’zaro ta’sir turlariga bog’liq bo’lmaydi.
Hozirgi vaqtga qadar kuzatilgan deyarli barcha yadro reaksiyalarida nuklonlarning to’la soni, ya’ni nishon yadroning va unga tushayotgan zarraning massa sonlari yig’indisi o’zgarishsiz qoladi. Bundan tashqari, yadro reaksiyalari jarayonida reaksiyaga kiruvchilarning to’la zaryadi, energiyasi, impulse, impuls momenti, Pauli yoki Boze statistikasi va juftligi saqlanadi.
Odatda yadro reaksiyalari quyidagicha qisqa yozma ifoda bilan beriladi. Masalan, a zarraning A nishon-yadro bilan to’qnashuv reaksiyasi natijasida B yadro va b zarra hosil bo’lsin, deylik. U holda bu reaksiya qisqacha shunday yoziladi: A(a, b)B umuman quyidagicha jarayonlar yuz berishi mumkin:
A A + a yoki qisqacha A (a, a) A,
A + a → A + a – “ – “ – A (a, a) A*,
B B + b – “ – “ – A (a, b) B.
Birinchi jarayon, albatta, elastik sochilishga kiradi. Chunki bu jarayonda dastlabki yadroning holati o’zgarmaydi.
A(a, a)A* jarayon esa noelastik iborat bo’lib, bu jarayonda nishon yadroning a zarra bilan to’qnashuvida boshqa B yadro va b zarra paydo bo’ladi. Xuddi shu xil jarayonlarni yadro reaksiyalari deb yuritiladi (1-jadval).

1-jadval


T/r

Reaksiya turi

Misol

Izoh

1.
2.

3.


4.

5.


6.

7.


8.

9.


(α, p)
(α, n)


(α, n)


(p, α)


(p, pn)


(p, 2n)


(p, γ)


(n, γ)


(14N, α)

+ → +
+ → +


+ → +





+ → +


+ → + 2


+ → + γ


+ → + γ


+ → +

1919 yilda Rezerford tomonidan amalga oshirilgan.
Bu turdagi reaksiyalar I. va F.Jolio-Kyurilarga sun’iy radioaktivlikni kashf etishga imkon bergan.
1932 yilda Chadvik bu reaksiyalarni o‘rganish natijasida neytrinoni kashf etdi. 1934 yilda Kokroft va Uolton tomonidan tezlatgichda tezlashtirilgan zarralar yordamida amalga oshirilgan birinchi reaksiya.
Bu reaksiyalarni o’rganish reaksiyaniamalga oshirish mexanizmini o’rganishga yordam berdi.
Bu reaksiya yuqori energiyali (Eγ= 17 MeV va γ-kvantlar olish manbai sifatida xizmat qiladi)
Transuran element olishga imkon bergan birinchi yadro reaksiyasi.
Tezlashtirilgan og’ir azot ionlari bilan amalga oshirilgan yadro reaksiyasi.

Yadro reaksiyasida qatnashuvchi A, B yadrolar va a, b zarralar, odatda, massa sonlarini va tartib nomerlarini ko’rsatuvchi tegishli belgilar orqali yozilgan bo’ladi. Masalan, 1919 yilda E.Rezerford tomonidan birinchi bo’lib amalga oshirilgan reaksiya alfa - zarraning azot yadrosi bilan to’qnashuvi natijasida kislorod izotopining yadrosi va proton hosil bo’lgan. Bu reaksiya quyidagicha yoziladi:


+ → + yoki qisqacha (α, p)
Kimyoviy reaksiyalardagi kabi yadro reaksiyalarida ham ma’lum miqdorda energiya yutilishi yoki bu energiya ajralib chiqishi mumkin. Bu hol odatda reaksiya ifodasining o’ng tommoniga Q qiymati yozish bilan ko’rsatiladi. Demak, hozir misol tariqasida keltirilgan reaksiyaning to’la yozilishi quyidagiga teng bo’ladi:
E(A, a) – E(B, b) = Q
Energiyalar o’rniga har bir zarraning tinch holatdagi energiyasi bilan kinetik energiyalarini yozadigan bo’lsak,
Q=[(ma + mA) - (mb + mB)]c2
bo’ladi: bu yerda ma, mA, mb, mB reaksiyadan olingan va keying zarralarning massalari bo’lib, c – yorug’lik tezligi.
Energiya ajralib chiqishi bilan yuz beradigan (Q>0) yadro reaksiyalarini ekzotermik (ekzoenergetik), energiyaning yutilishi bilan o’tadigan (Q<0) yadro reaksiyalarini endotermik (endoenergetik) reaksiyalar deb ataladi.
Yadro reaksiyalari ta’sirlashuv energiyasiga, reaksiyani yuzaga keltirayotgan a zarraning turiga, xossalariga hamda A yadroning massa soniga, reaksiyaning borish mexanizmiga, reaksiya energiyasiga va xokazolarga qarab tavsiflanadi. Reaksiyaga kirishayotgan zarralarning turiga qarab neytronlar, zaryadlangan zarralar va gamma kvantlar ta’sirida ro’y beradigan reaksiyalar deb yuritiladi. Ta’sirlashuv mexanizmi nuqtai nazaridan reaksiyalar ikki sinfga: kompaund yadro hosil qilib boradigan reaksiyalarga va bevosita o’zaro ta’sirli reaksiyalarga bo’linadi.
Yadro reaksiyalari quyidagi belgilarga qarab turlarga bo’linadi:

  1. Unda ishtirok etadigan zarralarning turiga qarab, neytronlar, γ-kvantlar, zaryadlangan zarralar (proton, deytron, α-zarra va h.k.) ta’sirida ro’y beradigan reaksiyalar.

  2. Reaksiyada ishtirok etuvchi zarralarning energiyasiga qarab, kichik energiyali (≈100 eV); o’rta energiyali (≈1 Mev) va yuqori energiyali (≈50 MeV) reaksiyalar.

  3. Ishtirok etuvchi yadrolarning turiga qarab, yengil yadrolarda (A<50); o’rta yadrolarda (50og’ir yadrolarda (A>100) o’tadigan reaksiyalar.

  4. Yadroviy aylanishlarning xarakteriga qarab, neytron chiquvchi; zaryadlangan zarralar chiquvchi; zarra yutuvchi reaksiyalar bo’ladi.

Yadro reaksiyasida energiya ajralishi deb, reaksiyagacha va undan keyin yadrolar va zarralarning tinchlikdagi energiyalar farqiga aytiladi. Shuningdek, yadro reaksiyasida energiya ajralishi reaksiyada ishtirok etadigan va reaksiyadan keyingi kinetik energiyalarning farqiga teng. Agar reaksiyadan keyin yadro va zarralarning kinetik energiyalari reaksiyagacha bo’lganidan katta bo’lsa, unda energiya ajralgan bo’ladi. Aks holda energiya yutiladi. Masalan,

Reaksiyada hosil bo’lgan geliy yadrolarining kinetik energiyalari reaksiyaga kirishgan protonning kinetik energiyasidan 7.3 MeV ko’p.
Bor taklif qilgan nazariyaga muvofiq, yadro reaksiyasi ikki bosqichda ro’y beradi. Birinchi bosqichda nishon yadro A unga yo’naltirilgan zarra bilan qo’shilib ketadi va yangi g’alayonlangan holatdagi C yadroni hosil qiladi: A + a→ C. Ikkinchi bosqichda esa g’alayonlangan yadro C yadro reaksiyasi mahsulotlariga parchalanib ketadi: C → b + B. Shunday qilib, yadro reaksiyasi quyidagi sxemaga muvoviq ro’y beradi:
A + a→ C→ b + B
Neytron neytral zarracha bo’lib, spini Sn=1/2, magnit momenti μn = -1.91μB, barion zaryadi Bn = +1, izospini T = ½ ( proyeksiyasi Tz = -1/2), ichki juftligi Pn = +1 ga teng.
Massasi mn = 939.6 MeV = 1838.6me yoki
mn ≈ mp + 2.5me
Neytron olingan birinchi reaksiya quyidagicha:
(α, n) Q = 5.5 MeV
Monoenergetik neytronlarni quyidagi usulda ham olish mumkin:
γ + → p + n Q = -2.22 MeV
bunda olingan neytronning energiyasi taxminan Tn = 200 keV atrofida. Tez neytronlar olish usullaridan biri tezlatgichlarda hosil qilinadigan (α, n), (p, n) va (d, n) reaksiyalaridir. Yana bir neytronlar manbai transuran elementlarning bo’linishida hosil bo’ladigan neytronlardir.

Download 130.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling