I kirish kurs ishi mavzusining dolzarbligi
Download 130.13 Kb.
|
MUNDARIJA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishining hajmi
MUNDARIJA I KIRISH II ASOSIY QISM 1. Yadro reaksiyalari 2. Neytronlar ishtirokidagi yadro reaksiyalarining turlari 3. Yadro reaktorlarida neytrondan foydalanish III XULOSA IV Foydalanilgan adabiyotlar I KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: 1932 yil ingliz olimi Jeyms Chadvik tomonidan neytron kashf etilgandan so’ng, yangi zarracha yadro reaksiylari uchun ideal vosita bo’lib xizmat qilish mumkinligi ma’lum bo’ldi, chunki bu holda zarrachaning yadroga yaqinlashishiga to’sqinlik qiladigan elektrostatik itarilish bo’lmaydi va neytron yadroga kirib borishi uchun katta energiya talab ham qilmaydi. Shuning uchun, hatto juda kam energiyali neytronlar ham har qanday yadro bilan o’zaro ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, neytronlar ishtirokidagi yadro reaksiyalarini o’rganish reaktorlar qanday ishlashini bilib olishimizda yordam beradi. Kurs ishining maqsadi: Yadro reaksiyalari, neytronning xossalari va olinish usullari, neytronlar ishtirokidagi yadro reaksiyalarining turlari bilan tanishish, bu reaksiyalarning yadro reaktorlarida qo’llanilishini o’rganishdan iborat. Kurs ishining vazifalari: Neytronlar ishtirokidagi reaksiya tenglamalarini o’rganish, neytronlarning elastik va noelastik sochilishi hamda energiya bo’yicha klassifikatsiyasi, tez va sekin neytronlar haqida bilib olishdan iborat. Kurs ishining hajmi: Kurs ishi 3 ta qismdan tashkil topgan bo’lib: kirish, asosiy qism va xulosadan iborat, hamda 2 ta rasm va 1 ta jadvaldan foydalanilgan. Yadro reaksiyasi – bu zarra bilan yadro (yoki ikki yadro) ta’sirlashuvi natijasida ularning ichki holatlarining o’zgarishi yoki boshqa yadrolarga aylanishidir. Masalan, neytronlar, protonlar, deytronlar va boshqa og’irroq ionlarning yadrolar bilan to’qnashuvi natijasida, ularning faqat yo’nalishi (elastik sochilish) qolmay, balki to’qnashuvdan so’ng boshqa zarralar va yadrolar hosil bo’lishi mumkin. Bu jarayonlarda aasosiy rolni “kuchli” ta’sirlar o’ynaydi. Zarralarning nishon-yadro bilan to’qnashuvida o’zaro ta’sirlashuv jarayonining vaqti yadro reaksiyalari uchun, odatda 10-12 s ga yaqin bo’ladi. Albatta, nishon-yadroning boshlang’ich holatining o’zgarishi reaksiya natijasida bir yoki bir necha yadrolarning hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Har qanday to’qnashish jarayoning oxirida har xil ehtimollik bilan zarralarning turli chiqish kanali deb ataluvchi guruhlari vujudga kelishi mumkin. Zarralarning boshlang’ich to’plami xususida gap borganda esa, kirish kanali tushuniladi. Butun sochilish jarayoni quyidagi ko’rinishda yoziladi: x1 + …+xn a+b→ …………. (1) Y1 +…+Yn Bu yerda har bir harf aniq bir zarra - yadro turiga taalluqlidir. Chiqish kanallari orasida, (1) ning o’ng tomonida elastik deb ataluvchi va elastik sochilishga javobgar (a, b) kanali har doim mavjud bo’ladi: a + b → a +b (1) dagi qolgan boshqa hamma kanallar noelastik bo’ladi. Ularnning ba’zilariga noelastik sochilish jarayonlari tegishlidir: a + b → a* + b (bu ifodadagi yulduzcha ushbu jarayonning ko’zlangan holatini belgilaydi). Boshqa noelastik kanallar bo’yicha o’tuvchi reaksiyalar tipi: a + b → x1 + … +xn O’ng tomondagi zarralar to’plami bilan (a, b) dan farq qiladi. Barcha sochilish jarayonlari aniq saqlanish qonunlari orqali boshqariladi. Ular orasidagi energiya va impulslarning saqlanish qonunlarini hozircha ma’lum deb hisoblaymiz. Agar berilgan aniq bir jarayon barcha saqlanish qonunlari orqali ruxsat etilgan bo’lsa, u holda albatta u noldan farqli ehtimollik bilan o’tadi. Unga muvofiq keluvchi chiqish kanali esa, ochiq deb ataladi. Xususan, har doim shunday elastik kanal mavjud. Sochilish jarayoni birorta saqlanish qonuni bilan taqiqlangan bo’lsa ham, u o’tmaydi va berilgan kanal yopiq deb ataladi. Masalan, bunday holat energiyanning yutilishi bilan o’tadi, uchib keluvchi zarraning energiyasi kam bo’lib, reaksiyalar ko’rilayotgan paytda vujudga keladi. Nobarqaror zarralarning parchalanish jarayonlari ham huddi shunday har xil kanallar bo’yicha o’tishi mumkin: Download 130.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling