I kirish qattiq jismlar haqida ma’lumot II asosiy qism
Download 66.54 Kb.
|
DOSTON
ASOSIY QISM.
2.1 Izotrop va anizotrop kristallar Kristallarning anizotropligi. Moddalarning qattiq holati nafaqat molekulalarining bir-birlari bilan juda kuchli bog’langanligi, balki doimiy hajmi va shaklini (kristallar) saqlashi bilan ham xarakterlanadi. Umuman olganda qattiq jismlar turli xususiyatlariga asoslanib ikki turga, kristall va amorf jismlarga ajratiladi. Kristall jismlarning asosiy xususiyati ularning izotropik emasligi (anizotropligi), ya’ni ba’zi fizik xossalar yorug`lik, issiqlik, elastiklik moduli va hokazolar tarqalish tezligining yo`nalishga bog’liqligidir. Barcha yo`nalishlarning teng kuchliligiga izotroplik, teng kuchli emasligiga esa anizotroplik deyiladi.Amorf jismlar esa izotropdir. Shuningdek gazlar va ko`plab suyuqliklar ham izotrop moddalarga kiradi.Kristallarning anizotropligiga sabab zarralarining (atomlar,molekulalar, ionlar) fazoviy panjara hosil qilib batartib joylashganligidir. Har uchala yo`nalish bo`yicha ham zarralar joylashuvining davriy ravishda takrorlanishi bilan xarakterlanuvchi tuzilishga kristall panjara deyiladi. Zarralar joylashgan nuqtaga, aniqrog`i atrofida zarralar tebranma harakat qiladigan nuqtaga kristall panjaraning tuguni deyiladi. Bu kristalda uglerod atomlari bir-biridan ma’lum masofada bo`lgan tekisliklarda joylashgan bo`ladi. Bir tekislikda joylashgan atomlar orasidagi masofa tekisliklar orasidagi masofadan kichik va demak bir tekislikda yotgan atomlar orasidagi tortishish kuchlari, turli tekisliklarda yotgan atomlar orasidagi tortishish kuchlaridan ko`ra katta bo`ladi. Shuning uchun ham grafit kristalini atom tekisliklariga parallel yo`nalishda sindirish oson bo`ladi. Kristall panjara tugunlari o`rni takrorlanishining doimiy xarakterga ega ekanligi, ya’ni uzoq tartibning o`rinliligi kristall jismlarga xos bo`lgan xususiyatdir. Kristall jismlarning eng xarakterli tomoni shundaki, ularni tashkil etuvchi zarralar aniq geometrik shaklda joylashishidir. Masalan, osh tuzi NaCl kristallari kub shaklida, kvars kristallari prizma ko’rinishiga ega. Kristall jismlarning asosiy xarakterli alomati unda anizotropiyaning mavjud bo’lishidir. Anizotropiya deb bir jinsli jismni fizik xossalarini turli yo’nalishlarda har xil bo’lishiga aytiladi. Kristall jismlarda issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti, yorug’likning tarqalish tezligi, elastiklik moduli, issiqlikdan kengayish koeffitsienti va boshqa fizik xossalari turli yo’nalishlarda har xil bo’ladi. Kristall jismlarning asosiy alomati, unda zarralarning (atom, molekula yoki ion), ma’lum bir tartibda joylashishidir. Kristallarning muvozanat holati uchun uch o’lchami bo’yicha zarralarning davriy takrorlanib joylashishiga kristall panjara deyiladi. Kristall jismlarda zarralarning muayyan tartibli joylashishi jismning butun hajmiga tegishli bo’lib, buni uzoq tartib deb yuritiladi. Amorf jismlarda zarralarning bunday tartibli joylashishi faqat qo’shni atomlarigagina xos bo’ladi, buni yaqin tartib deb yuritiladi. Amorf jismlar o’zining issiqlik xossalariga ko’ra kristall jismlardan keskin farq qiladi. Amorf jismlarga kristall qattiq jismlarga berilgani kabi issiqlik berilsa, u issiqlik ta’sir etgan qismi suyuq holatga aylanib, qolgan qismi qattiq holatda turaveradi. Uning harorati ikkala holatda tamomila farqli bo’ladi. Download 66.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling