I kirish qattiq jismlar haqida ma’lumot II asosiy qism


Kristallarning optik xususiyatlari


Download 66.54 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi66.54 Kb.
#1611747
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DOSTON

2.2 Kristallarning optik xususiyatlari.
Kristallooptika (kristallar va optika) — optika va kristallografiyaning chegaradosh sohasi; yorugʻlikning kristallarda tarqalishi qonunlarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.(1~rasm)

Nurning ikkilamchi sinishi, yorugʻlikning qutblanishi, qutblanish tekisligining aylanishi, pleoxroizm va boshqa kristallarda tekshiriladigan muhim hodisalar hisoblanadi. X. Gyuygens va O. Frenel yorugʻlikning toʻlqin nazariyasiga asoslanib, kristalloptikaning asosiy qonunlarini ishlab chiqishgan. Makroskopik elektrodinamika hozirgi zamon nazariy kristallooptikaning asosini tashkil etadi. Kristalldan oʻtayotgan yorugʻlik qutblanadi, yaʼni yorugʻlik nuri tarqalishiga tik tekislikda yotuvchi faqat bir yoʻnalishda tebranadi.
Kristallning turli yoʻnalishlarida yorugʻlik nurining sinish koʻrsatkichlari har xil boʻladi. Kristallning har bir yoʻnalishiga mos keluvchi qutblangan yorugʻlik nurining sinish koʻrsatkichi p miqdorlarining geometik shakli kristallning optik xossalarini toʻla ifodalaydi va buni optik indikatrisa deyiladi. Umumiy holda u ellipsoida sirtidan iboratdir. Koordinatalari O nuqtadan boshlanadigan toʻgʻri burchakli dekart sistemasida joylashgan ellipsoidning bosh oʻklaridagi p ning qiymatlari ni kristallning bosh sindirish koʻrsatkichi, O nuqtasidan oʻtib, ellipsoidning aylanma kesimiga tik toʻgʻri chiziqni esa optik oʻqi deyiladi.
Bosh sindirish koʻrsatkichlarining qiymatiga qarab optik izotrop va bir oʻqli hamda ikki oʻqli anizotrop kristallarga boʻlinadi. Umumiy holda anizotrop kristallarda yorugʻlik turlicha tezlikka ega boʻlgan ikkita toʻlqin koʻrinishida tarqaladi. Yorugʻlik optik oʻqlar boʻylab tarqalgandagina bu toʻlqinlarning tarqalishi mos keladi.

Koordinatalari O nuqtadan boshlanadigan toʻgʻri burchakli dekart sistemasida joylashgan ellipsoidning bosh oʻklaridagi p ning qiymatlari ni kristallning bosh sindirish koʻrsatkichi, O nuqtasidan oʻtib, ellipsoidning aylanma kesimiga tik toʻgʻri chiziqni esa optik oʻqi deyiladi. Bosh sindirish koʻrsatkichlarining qiymatiga qarab optik izotrop va bir oʻqli hamda ikki oʻqli anizotrop kristallarga boʻlinadi. Umumiy holda anizotrop kristallarda yorugʻlik turlicha tezlikka ega.



Download 66.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling