I-kurs 1-mavzu: turkistonda


O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov 1991- yil 20- av-


Download 0.79 Mb.
bet24/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov 1991- yil 20- av-gust kuni respublika aholisiga o’zining murojaatini e'lon qildi: „Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qan-day yo’l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu
maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to’liq, hozircha batafsil ma'lumot berganicha yo’q. Bu ma'lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo’layotgan o’zga-rishlarga o’zimizning munosabatimizni albatta bildira-miz". Prezident xalqqa: „Biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o’zimiz tanlagan yo’limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo’q. Ishonamanki, bu og’ir sinovlardan ham eson-omon o’tamiz", — deb muro-jaat qildi. Xalqni og’ir sinovlardan o’tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo’lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
I. A. Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet O’zbekistoni" gazetasi, 1991- yil, 21- avgust soni.
1991- yil 25- avgustda O’zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan Respubli-ka ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo’mitasi O’zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi.
Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar va-zirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezi-dentiga bo’ysundirildi
O’zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi 1991- yil 31- avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo’lo’tdi.
Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov nutq so’z-lab, sobiq Ittifoqda so’nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqi-batlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz taq-diriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi.
Prezident I. A. Karimov O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to’g’ri-sidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
Sessiyada „O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling