I-kurs 1-mavzu: turkistonda
-Mavzu:. MADANIY VA MA'NAVIY HAYOT
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
19-Mavzu:. MADANIY VA MA'NAVIY HAYOT
50-yillarda maktab qurilish bolalarni maktabga jalb qilish ishlari anchagina kengaydi. Yetti yillik umumiy majburiy ta'lim amalga oshirildi. Biroq xalq ta'limida jiddiy nuqsonlar mayjud edi. Ta'limning mazmuni hayotdan orqa-da qolganligi yaqqol ko’rinardi. Birinchidan, maktab o’quvchilarining bilim saviyasi past edi. Ikkinchidan, o’n yil o’qib, maktabni tamomlab chiquvchilar birorta kasb-hunarni egallamas, mehnat malakalarini olmas edilar. 1958-yil dekabrida SSSR Oliy Soveti «SSSRdagi maktabning turmush bilan aloqasini mustahkamlash va xalq maorifi tizimini yanada rivojlantirish to’g'risida» qonun qabul qildi. Qonunda o’qitishni turmush bilan bog’lab olib borish, yoshlarni aqliy, ma'naviy, jismoniy Maktablar uchun yangi o’quv rejalari, dasturlari va darsliklar yaratildi. Maktablarda ustaxonalar qurildi. Maktab tajriba uchastkalari vujudga keldi. Fizika va raatematika fanlarini o’rganish uchun ajratilgan soatlar ko’paytirildi. o’quvchilarga mashinasozlik, sanoat, qurilish va qishloq xo’jaligi bo’yicha amaliy mashg’ulot-lar o’tish yo’lga qo’yildi. 1962-yildayoq umumiy majburiy sakkiz yillik talimga o’tish amalga oshdi. Barcha yetti yillik maktablar sakkiz yillik maktablarga aylantirildi. Sanoat, qurilish va qishloq xo’jaligida ish bilan band bo’lgan yoshlarga ta'lim berish maqsadida ishlab chiqa-rishdan ajralmasdan o’qish imkoniyatini beruvchi kech-ki va sirtqi maktablar tashkil etildi. 1958—1965-yillarda 1000 ga vaqin shunday maktablar ochildi, ularda o’qiy-digan yoshlar 1965-yilda 134,5 ming klshini tashkil etdijihatdan yetuk qilib shakllantirish, ularga umumiy poli-texnik bilim berish vazifalari qo’yildi. Ayni shunga o’xshagan qonun 1959-yilda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan ham qabul qilindi. 10 yillik O’rta maktablar 11 yillik maktablarga aylantirildi. O’rta umumta'lim maktablari 1970-yilda ishlab chiqilgan nizomga muvofiq mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda alohida boshlang’ich (1—3-sinflar), 8 yil-lik (1—8-sinflar) va O’rta (1—10-sinflar) maktablariga aylantirildi. Ishlab chiqarish ta'limi berish maqsadida maktablararo ishlab chiqarish o’quvkombinatlari tuzildi. Shahar va tumanlarda kasb-hunar bilim yurtlari tashkil etildi. Ko’pchilik maktablarda yoshlarni o’quv mashg’ulotlaridan keyin maktabda olib qolish, ularga ta'lim-tarbiya berish ishlari yo’lga qo’yildi, ya'ni kuni uzaytirilgan maktablar tashkil topdi. Alohida fanlarni chuqur o’rgatuvchi maktablar, shuningdek, aqliy va jis-moniy zaif bolalar maktablari vujudga keldi. 70-yillaming O’rtalarida umumiy O’rta ta'limga o’tish yakunlandi. 1965—1985 o’quv yillari orasida o’tgan 20 yil davomida barcha turdagi umumtaiim maktablari 8716 tadan 9188 taga ko’paydi, o’quvchilar soni esa 3055,8 ming boladan 6519,6 ming bolaga ko’paydi. 1965—1985-yillarda respublika maktablarida O’rta ma'lumot olganlar soni 5,7 million kishidan oshdi. Urushdan keyingi yillarda oliy va O’rta maxsus ta'lim ancha o’sdi. 50-yillarda 3 ta oliy o’quv yurti—Andijon meditsina instituti, Toshkentda elektrotexnik aloqa, Fizkultura institutlari, 60-yillarda yana 8 ta yangi oliy o’quv yurti — Andijon paxtachilik instituti, Farg’ona politexnika instituti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat pedagogika institutlari, Andijon tillar pedagogika instituti, Toshkent rus tili va adabiyoti pedagogika instituti tashkil etildi. 70-yillarda yana 5 ta oliy o’quv yurti — Nukus davlat uni-versiteti, Toshkent avtomobil yo’llar instituti, Pediatriya instituti ochildi. Shuningdek, yangi fakultetlar, viloyat-iarda yirik oliy o’quv yurtlarining filiallari ochildi. Yangi mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. oliy va O’rta maxsus o’quv yurtlarida fan-texnika taraqqiyoti ta'sirida o’quv rejalari va dasturlari 60—70-yillarda uch marta o’zgardi, har safar o’qitiladigan fan-lar yangilari hisobiga ko’payib, o’quv materiallari hajmi oshib bordi, talabalarning mustaqil o’qib o’rganishlari uchun vaqt tobora kamayib bordi. Talabalarning uzoq muddatli qishloq xo’jalik ishlariga jalb etilishi o’quv jarayonlariga salbiy ta'sir ko’rsatdi. o’quv yurtlarida keng tarqalgan foizbozlik, bir necha fanlardan o’zlashtir-maganlami kursdan kursga shartli ravishda o’tkazish kadrlar tayyorlash sifatining pasayishiga olib keldi; xalq xo’jaligining mutaxassislarga bo’lgan talabi yaxshi o’rganilmadi, natijada kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda jiddiy xatolarga yo’l qo’yildi, ba'zi sohalarda keragidan ortiqcha mutaxassislar tayyorlandi, boshqa sohalarda, ayniqsa texnika taraqqiyotining hal qiluvchi tarmoqlarida kadrlar tanqisligiga yo’l qo’yildi; Urush yillarida tashkil etilganO’zbekiston Fanlar akade-miyasi respublikada ilm-fanning markazi bo’lib qoldi. 1946—1990-yillarda ko’plab yangi ilmiy-tadqiqot insti-tutlari, laboratoriyalar, ilmiy stansiyalar tashkil etildi. 80-yillarning boshlariga kelib akademiya tarkibida Qoraqalpog’iston ASSR filiali va 35 ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyat ko’rsatdi. 38 ming ilmiy xodim, shu jumladan, 1215 fan doktori, 15664 fan nomzodi fanning turli sohalarida tadqiqot ishlari olib bordi Akademik A. S. Sodiqov g’o’zadan o’stiruvchi mod-dalar va boshqa preparatlar sintez qildi. H. A. Rahmatullin, U. O. Oripovlar aniq ekish maqsadida chigitni tuksizlantirishning mexanik va aerokimyoviy usullarini ishlab chiqdilar. Seleksioner olim S. M. Mi-rahmedov va boshqalar paxtaning «Toshkent-l», «Toshkent-2», «Toshkent-3», «Toshkent-4» singari hosildor, tezpishar, tolasi sifatli yangi navlarini yetishtirdilar. Sholining 20 dan, sabzavot va poliz ekin-larining 50 dan, meva, rezavor-meva va uzumning 60 dan ortiq navlari yetishtirildi. Tut, ipak qurtining mah-suldor zotlari yaratildi, uni boshqarishning ilg’or usullari ishlab chiqildi. O’zbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasi-ning rivojlanishi M. T. o’rozboyev, H. A. Rahmatullin, V. Q. Qobulov, H. H. Usmonxo’jayev, G. A. Kojevnikovlar nomi bilan bog’liq. Ular mashina va mex-anizmlar nazariyasi bo’yicha ilmiy maktabga asos sol-dilar. Paxta terish mashinalari unumdorligini oshirish va stabilligi nazariyasi, richagli mexanizmlarni sintez qi-lishning yangi ilmiy yo’nalishi ishlab chiqildi. Akademik O. S. Sodiqov va S. Yu. Yunusov yetakchiligidagi kimyogarlar o’simlik moddalari (alkoloidlar, yurak glikozidlari, yog’lar, oqsillar, uglevodlar va boshqalar), tabiiy birikmalar va sintetik moddalar ustida kompleks tadqiqot olib borib, 400 ta dorivor o’simliklar turini o’rgandilar, 300 dan ortiq alkoloidni, jumladan, 164 ta yangilarini aniqladilar. g’o'zadan 80 dan ortiq moddalar ajratib olindi va tek-shirildi. O. S. Sodiqov bioorganik kimyo fanining vujudga kelishiga ma'lum hissa qo’shdi. Olim ixtiro qil-gan limon va olma kislotalari olish texnologiyasi ko’rgazmalarda oldingi o’rinlarni egallab oltin medalga sazovor bo’ldi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham birmuncha muhim tadqiqotlar olib borildi. Arxeolog, etnograf, antropolog olimlarning izlanishiari natijasida o’zbek xalqining etnik tarkibi, etnogenezi shakllanishi tarixiga oid asarlar yaratildi. O’zbekiston qadimgi davrdan odamlar yashab kelayotgan o’lka ekanligi, ajdodlarimiz bundan 3000—2500-yiIlar ilgari shaharlar bunyod etgan, boy moddiy va ma'naviy madaniyatga ega bo’lgan xalq ekanligi isbotlandi. 50—80-yillarda adabiyotda roman va povest janrlari rivojlandi. Urush voqealari, mehnatkashlarning front orqasidagi mehnati Oybekning «Nur qidirib», Sh. Rashidovning «Qudratli to’lqin», Shuhratning «ShineIli yillar», Said Ahmadning «Ufq», O. Yoqubovning «E1 boshiga ish tushsa», H. g’ulomning «Toshkentliklar» romanlarida aks ettirildi. Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davri hayotini tasvirlovchi «01tin vodiydan shabadalar» (Oybek), «Qo’shchinor chiroq!ari» va «Sinchalak»A.Qahhor), «g’oliblar» va «Bo’rondan kuchli» (Sh. Rashidov), «Ixlos» (I. Rahim) kabi romanlar va povest-lar yaratildi. Yozuvchi Parda Tursunning «o’qituvchi» romani qishloq ziyolilarining faoliyatini ochib berdi. Pirimqul Qodirovning «Uch ildiz» va «Qora ko’zlar», O. Yoqubovning «Muqaddas» va «Diyonat», Mirmuh-sinning «Umid» asarlarida yosh zamondoshlarning ma'naviy qiyofasi, hayoti va mehnati o’z ifodasini topdi. Rahmat Fayziyning «Hazrati inson», o’. Umarbekovning «QiyomatIi qarz», o’. Hoshimovning «Nur borki, soya bor» romanlarida odob-axloq, tar-biyaviy masalalar mahorat bilan bayon etildi O’zbekiston teatr jamoalari 60—70-yillarda I. Sultonning «Noma'lum kishi», S. Azimovning «Qonli sarob», Oybekning «Qutlug’ qon», Uyg’unning «Qotil», A. Qahhorning «Ayajonlarim», S. Ahmadning «Kelinlar qo’zg’oloni», O'. Umarbekovning «Shoshma quyosh» va boshqa asarlarini sahnalashtirib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldilar. Bular jumlasiga o’zbek akademik teatri tomonidan sahnalashtirilgan jahon klassikasi shoh asar-lari — V. Shekspirning "Qirol Lir", "Hamlet" dramatik asarlarini ham kiritish mumkin. 60—70-yillarda o’zbek kino san'atiga yosh. talantli rejissyorlar, aktyorlar krrib keldi. Sh. Abbosov, A.Hamroyev, R. Botirov, E. Eshmuhamedov,H.Ahmarov shular jumlasidandir. Sh. Abbosovning «MahaIlada duv-duv gap» (1961), «Sen yetim emassan» (1963), «Toshkent - non shahri» (1970), «Abu Rayhon Beruniy» (1974), A. Hamroyevning «Shiddat» (1971), R. Botirovning «Seni kutamiz, yigit» (1972), E. Eshmuhamedovning «Nafosat» (1967) va «Umid qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, izla-nishlari tasvirlangan. Rejissyor M. Qayumovning «Bahordan bahorgacha» (1963), «Mirzacho’l» (1975), «Paranji» (1977) lentalari Butunittifoq va jahon kinofes-tivallarida tomoshabinlarga manzur bo’ldi va birinchi yuksak mukofotlarga sazovor bo’ldi. Shunday qilib, respublika madaniy-manaviy hayotida 1946—1990-yillarda muayyan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va O’rta maxsus ta'lim tarmog’i ancha rivoj-landi, aholining umumfy savodxonlik darajasi o’sdi, mutaxassislar, ijodiy ziyolilar safi sezilarli darajada ken-gaydi. Fan, adabiyot, sao’at rivojlandi. Ilmiy, badiiy va musiqa asarlari yaratildi, ma'naviy hayotda iste'dodli yoshiar o’rin oldi. Sh. Rashidov 1959 yildan e'tiboran to umrining oxirigacha respublikaning birinchi rahbari sifatida— O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasini boshqardi. U qariyb chorak asr davomida respublikaga yetakchilik qildi. Sh. Rashidov faoliyatiga nazar solar ekanmiz, avvalambor, o’sha davrning o’ta murakkabli-gini, ziddiyatliligini inobatga olish lozim bo’ladi. Sh. Rashidov rahbarligi davrida O’zbekistonda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Yangiyer va Guliston kabi yirik shaharlar, o’nlab boshqa shahar va tumanlar barpo etildi. Sh. Rashidovning davlat va jamoat arbobi sifatida o’zbek xalqini dunyoga tanitishdagi xizmatlari beqiyosdir. Jahonda «Toshkent ruhi» sifatida 1966-yilda vujudga kelgan mashhur tushuncha Sh. Rashidov nomi bilan bevosita bog’liqdir. Bu Toshkentda tuzilgan xalqaro harakatdir. Sh. Rashidov Osiyo va Afrika yozuv-chilari hamkorligi harakatining, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro kinofestivalining, Hindiston va Pokiston O’rtasida tinchlik sulhi imzola-nishining tashabbuskoridir. U o’zbek nomini ulug’lash uchun uning eng yuksak fazilatlarini namoyon qilishga jonini fido etgan insondir. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling