I-kurs 1-mavzu: turkistonda
-MAVZU: XALQ XO’JALIGINING
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
16-MAVZU: XALQ XO’JALIGINING TIKLANISHI. MA'MURIYATCHILIKNING KUCHAYISHI, ZIYOLILARNI QATAG’ON QILISHNING YANGI BOSQICHI
Sovet davlati dasturlarida asosiy mablag’Iar va vosita-lar G’arbiy hududlarga yo’naltirilgan bo’lib, Sharqdagi hududlar, jumladan, O’zbekiston o’z mablag’Iarigagina tayana olardi. Buning ustiga yuqoridan tiqishtirilgan baynalmilallik tamoyiliga ko’ra O’zbekiston xo’jalikni tiklashdagi, aholini oziq-ovqat va iste'mol mollari bilan ta'minlashdagi tanqisliklarga, malakali ishchi va muta-xassislar yetishmasligiga qaramay, G’arbiy viloyatlarga har jihatdan yordam berishga majbur qilinar edi. O’zbekiston aloqachilari Dnepropetrovsk viloyatiga 300 mutaxassis, Toshkent temir yo’lchilari G’arbdagi temir yo’llarda ishlash uchun 230 kishi yubordiiar. o’zbe-iciston, Qozog’iston, Turkmaniston respublikalari, Rossiyaning sharqiy viloyatlari, Chuvashiston, Tatariston va Boshqirdiston avtonom respublikalari, Ukrainaga 5000 traktor, 300 avtomashina, 500 traktor, piug va ko’p miqdorda boshqa qishloq xo’jalik mashinalari yetkazib berdilar. Donbass shaxtalarini qayta tiklashga o’zbe-kiston nasoslar, kompressorlar, ko’targich kranlar, elek-tr kabellari va boshqa uskunalar yubordi. Markazning O’zbekistonni asosiy paxta bazasi sifatida qoldirishdan iborat yo’li qat'iy edi. Shu bois urushdan keyin respub-likadagi mashinasozlik zavodlari qurol-aslaha va boshqa harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishdan qishloq xo’jalik mashinalari ishiab chiqarishga moslab qayta jihozlandi. «Tashselmash», «Uzbekselmash», «Krasniy dvigatel», «Pod'yomnik» va boshqa mashinasozlik zavodlari pax-tachilik hamda irrigatsiya qurilishi uchun mashinalar, tirkama uskunalar, kultivatorlar, o’g’itlagichlar, chigit seyalkalari, g’o’zapoya yuluvchi, ko’rak teruvchi mashinalar, ekskvatorlar, buldozerlar ishlab chiqarishga moslashtirildi. Kimyo sanoati korxonalari mineral o’g’itlar ishlab chiqarishga moslab qayta qurildi. Yengil va oziq-ovqat sanoati xalq iste'moI buyumlari ishlab chiqarishni kengaytirdi. Urush yillarida boshlangan yirik inshootlar, jumladan, Farhod GESi, o’zbek metal-lurgiya kombinatining yangi korxonalari va qurilishi davom etdi. O’zbekiston rahbariyati Markaz tomonidan real imkoniyatlardan kelib chiqmagan, texnika vositalari va moliyaviy resurslar tanqisligiga qaramay oshirib belgilan-gan ko’rsatkichlarni e'tirof etishga majbur bo’ldi va respublikada amalga oshiriladigan tadbirlarni belgilab chiqdi. Bu vazifalar respublika Oliy Kengashining 1946-yii avgustida tasdiqlangan «O’zbekiston SSR xalq xo’jaligini tiklash va rivojlantirishning 1946—1950-yil-larga mo’ljallangan 5 yillik rejalari to’g’risidagi qonun»da o’z ifodasini topgan. Rejada respublikada sanoat mahsulotlarini 52 ibizga ko’paytirish ko’zda tutilgan edi. Paxtachilikni, xususan, paxta yig’im terimini kompleks mexanizatsiyalashni tugallash kabi noreal vazifalar qo’yilgan edi. o’zini hamma narsalarni qilishga qodir deb hisoblovchi partokratiyaning kabinetlarida o’tirib belgilangan bu ko’rsatkichlarga erishib bo’lmasligi ko’rinib turardi, amalda ham shunday bo’ldi, rejalar bajarilmay qoldi. Yoqilg’i sanoati tiklandi va rivojlandi. Farg’ona vodiysida Moyli va Shahrixon, Surxondaryo viloyatida Kokaydi va Lalmikor neft konlari ochilib foydalanishga topshirildi. Oltiariq neft haydash zavodi kengaytirildi. Neft ishlab chiqarish 1950-yilda 1,3 mln. tonnadan oshdi. Polvontosh — Asaka gaz quvuri qurildi, gaz ish-lab chiqarish ortib bordi va 1950-yilda 52 mln. kubometrni tashkil etdi. Yengil sanoat o’sib bordi. Farg’ona va Qo’qonda yangi to’qimachilik kombinatlari, Toshkentda trikotaj fabrikasi, Buxoro, Samarqand va Namanganda ip yigirish fabrikalari qurilib ishga tushirildi. 1941-yilda 107 mln. metr ip gazlama ishlab chiqarilgan bo’lsa 1945-yilda 85 mln. metr, 1950-yilda 161 mln. metr ip gazla-ma tayyorlandi. 1950-yilda 552 rning ustki kiyim, 8427 ming ichki kiyim, choyshab, yostiq jildi kabi trikotaj buyumlari ishlab chiqarildi. Transport tarmoqlari va yuk tashish ancha kengaydi. O’zbekistonning Xorazm viloyati, Turkmaniston va Qoraqalpog’iston hududlarini bog’lovchi Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yo’l magistralining qurilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Toshkentda 29 km uzunlikdagi dastlabki trolleybus yo’li ishga tushirildi. 1950-yilda 2070 km uzunlikdagi temir yo’l, 28,7 ming km uzunlikdagi avtomobil yo’llari, 814 ta pochta, telegraf va telefon korxonalari aholiga xizmat ko’rsatdi. Sanoat korxonalarini malakali ishchilar va mutaxas-sislar bilan ta'minlash choralari ko’rildi. Ishchilar tay-yorlash hunar maktablari, fabrika zavod ta'limi tarmoq-lari, temir yo’l bilim yurtlari, shuningdek, korxona va muassasalarning o’zlarida tashkil etilgan kurslar orqali amalga oshirildi Respublika dehqonlari qishloq xo’jaligini, ayniqsa paxtachilikni tiklasnga va rivojlantirishga katta kuch sarfladilar. Bu sohadagi majburiy ko’rsatmalar SSSR XKS va VKP(b) MQning 1945-yil 15-iyuldagi «o’zbe-kistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada rivojlan-tirish choralari to’g'risida»gi va SSSR XKSning 1946-yil 2-fevraldagi «1946—1953-yillarda O’zbekistonda pax-tachilikni qayta tiklash va yanada yuksaltirish rejasi va tadbirlari to’g'risida»gi ketma-ket qabul qilingan qaror-larida belgilab berilgan edi. Tub aholi manfaatlariga mos bo’lmagan, paxta monokulturasini yanada kuchaytirish-ga qaratilgan bu qarorlarni O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1945-yil sentabrida bo’lgan XIII plenumi muhokama qilib, Markaz ko’rsatmalarini o’ziga das-turulamal deb hisobladi va ularni bajarish yuzasidan tad-birlar ishlab chiqildi. Qishloq xo’jaligida paxta ekiladigan maydonlarni yildan-yilga ko’paytirish asosiy vazifa bo’lib qoldi. Paxta va beda almashlab ekish uchun ajratiladigan sug’oriladigan maydonlarni 1945-yildagi 947 ming gek-tardan 1947-yilda 1287 ming gektarga, 1953-yilda 1500 ming gektarga yetkazish belgilangan edi. Ayni paytda g’alla, qand lavlagi, poliz va sabzavot ekiladigan may-donlar qisqarib bordi. O’zbekiston xalq xo’jaligini rivojlantirish uchun mablag’larning katta qismi paxtachilikka ajratildi va uning bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlarga sarflandi. Respublika traktor parki ancha ko’paydi, kolxozlarga texnik xizmatni ko’rsatuvchi MTSlar soni 245 taga yetdi, ulardagi traktorlar soni 1950-yilda 29,5 mingtani, paxta terish mashinalari soni 3617 tani tashkil etdi. Respubhka qishloq xo’jaligining yuk avtomobillar parki 1950-yilda 7934 ta yuk avtomobillari va avtotsister-nalarni tashkil etdi. 1950-yil avgustida bo’Igan O’zbekiston Kompartiyasi MQning VI plenumi qarorlari asosida kolxozlar yirik-lashtirildi. O’zbekiston SSRdagi 1777 ta mayda kolxoz o’rniga 1950-yil avgustida 752 ta yirik kolxoz vujudga keldi. Sovxozlar, kolxozlar, MTSlarni rahbar xodimlar va mutaxassislar bilan mustahkamlash choralari ko’rildi. 1947-yilda Toshkentda va Samarqandda ochilgan ikki yillik kurslar kolxoz raislari va brigadirlarni tayyorlab berib turdi. Samarqand qishloq xo’jaligi institutida MTS direktorlari va tuman qishloq xo’jalik bo’limlari mudirla-rining malakasini oshirish 1 yillik kurslari ishlab turdi. Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jahgini mexanizat-siyalash muhandislari instituti qoshida MTSlarning katta mexaniklari malakasini oshirish bir yillik kurslari ochil-di. 1947-yilning kuzida Toshkentda agronomlar tayyor-laydigan uch yillik maktab tashkil etildi. Bu o’quv tar-moqlari, shuningdek, qishloq xo’jalik oliy va O’rta max-sus o’quv yurtlari, kolxoz, sovxoz, MTSlarni malakali rahbar va mutaxassislar bilan ta'minlashda ijobiy rol o’ynadi. MTS direktorlari orasida oiiy va O’rta ma'lu-motlilari 1944-yilda 36 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1949-yilda 57,9 foizga yetdi. Respublika dehqonlari g’alla yetishtirish, bog’dorchi-lik, uzumchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish sohasi-da ham ter to’kib mehnat qildilar. Ammo 1950-yilda ham bug’doy, arpa, guruch, kartoshka, sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirish urushdan oldingi darajadan ancha past bo’ldi. Masalan, 1940-yilda 280,1 ming tonna, urush yillarida bundan ham ko’proq bug’doy yetishtirilgan bo’lsa, 1950-yilda atigi 200,7 ming tonna bug’doy tayyorlandi. Buning asosiy sababi bunday mah-sulotlarni yetishtirish uchun sug’oriladigan ekin may-donlarining qisqartirilishi, bu sohaga yetarli moliyaviy va texnika vositalarining ajratilmasligi edi. Urushdan keyingi yillarda maktab yoshidagi barcha bolalarni maktablarga to’la jalb qilish tadbirlari amalga oshirildi. Urush yillarida harbiy muassasalarga berilgan maktab binolari xalq maorift organlariga qaytarib berildi. Ular qayta ta'mirlanib bolalarga taiim-tarbiya berish ishlari yo’lga qo’yildi. 1950-yilda 37 oliy o’quv yurtida 40 ming talaba o’qidi, bu 1940-yilga nisbatan ikki bara-vardan ko’p edi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq bosh-langan qishloq aholisini yerdan mahrum qilish jarayoni urushdan keyin ham davom etdi. 1946-yil sentabrida VKP(b) MQ va SSSR hukumatining «Kolxozlarda qishloq xo’jalik ustavining buzilishini tugatish choralari to’g’risida» qarori e'lon qilindi. Qishloq xo’jaligi bilan aloqasi bo’lmagan 1300 ta tashkilotga yordamchi xo’jalik sifatida berib qo’yilgan 6 ming gektar yerni kolxozlarga qaytarish, kolxozlardagi boshqaruv apparati shtatidan 51 ming kishini qisqartirish kabi ijobiy ishlar bilan birga jid-diy xatoliklarga, adolatsizlikka yo’l qo’yildi. Kolxozlar manfaatlarini himoya qilish bayrog’i ostida respublika qishloqlarida istiqomat qilayotgan 50 ming kolxozchi oilasi qo’lidagi tomorqa yerlaridan 25 ming gektari ustavda belgilanganidan «ortiqcha» deb tortib olindi. Kolxoz hududida yashagan, ammo unga a'zo boimagan 20 ming xo’jalikning go’yo «qonunga xilof» ravishda egallagan 2,5 ming gektar yerlari ham tortib olindi. Qishloq aholisini yerdan mahrum etish jarayoni 50-yil-larda ham davom etdi. Bu tadbirlar turmushi nochor boigan qishloq aholisining ahvolini yanada og’irlashtir-di. Bunday adolatsizlikka hech kim qarshi chiqa olmadi. Qishloq xo’jalik artelining odamlardan so’ramasdan tuzilgan nizomini o’zgartirishni, nizom qoidalarini qishloq aholisining manfaatlariga moslashtirishni respub-lika rahbariyati ham, qishloq aholisining o’zi ham ko’tarib chiqa olmadi Ziyolilarni qatag’on qi- VKP(b) MQning 1946-yil lishning yangi bosqichi fevrahda qabul qihngan «Zvezda» va «Leningrad» jur-nali to’g’risida, «Katta hayot» filmi to’g’risida, V. Muradelining «Buyuk do’stlik» operasi to’g’risidagi qarorlari ijodkor ziyolilarni qatag’on qilishning yangi to’lqinini boshlab berdi. Bu qarorlar O’zbekiston Kompartiyasi organlari uchun ko’plab olimlar, adabiyot va san'at xodimlarini qatag’on qilish uchun mafkuraviy asos bo’lib xizmat qildi. Ularning ko’pchiligi «o’tmishni ideallashtirishda», «feodal madaniyat oldida qullarcha tiz cho’kishda», «sovet turmush tarzini buzib ko’rsatishda», «mihatchilikda» ayblandi. O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1949-yil 25-iyundagi «O’zbekiston yozuvchilar soyuzining ishi to’g’risida»gi qarorida Abdulla Qahhorning «Qo’shchi-nor chiroqlari» romani tanqid qilindi. Yozuvchilardan Oybek, Mirtemir, Hamid g’ulom, M. Shayxzoda, M. Boboyev, A. Qayumov va boshqa yozuvchilar bad-nom qilindi. «Sharq yulduzi», «Zvezda Vostoka» jurnallarining tahririyatlariga bir qator «yaramas» asarlar chop etishga yo’l qo’ygan, degan jiddiy ayblar qo’yildi. 1948—1949 yillarda 20 dan ortiq yirik talantli olim-lar, yozuvchi va shoirlar qamoqqa olinib, yopiq ravishda so’roq qilinib, millatchilikda ayblanib, 15—25 yilga ozodlikdan mahrum etildi va surgun qilindilar 1951-yil 10-avgustda respublika matbuotida «Ba'zi shoirlarning ijodidagi mafkuraviy buzg’unliklar to’g’risi-da» degan maqola e'lon qilindi. Unda Turob To’Ia, Kamtar Otaboyev, Mirtemir, Sobir Abdulla, Habibiy asarlari kommunistik mafkuraga, xalqlar do’stligiga zid g’oyalarni ilgari suruvchi asarlar sifatida tanqid qilindi, ular millatchilikda ayblandilar. Shu yil 24-avgustda matbuotda e'lon qilingan «o’zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda» nomli maqolada Oybek, H. Zaripov, H. Yoqubov, I. Sultonov va boshqa adiblar mafkuraviy og’ishlarda qoralandi. M.Shayxzoda, Shukrullo Yusupov, Said Ahmad, g’ulom Alimov (Shuhrat)lar 1951-yilda «sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati»da ayblanib qamoqqa olindi-lar va keyinchalik 25-yiIga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindilar. 1952-yil fevralida bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning X plenumi ilmiy va ijodiy ziyo-lilarni quvg’in, ta'qib ostiga olishda yana bir turtki bo’ldi. Plenumda «Respublikada mafkuraviy ishlarning ahvoli va uni yaxshilash choralari to’g’risida» masala muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi. Plenumda faylasuf V. Zohidovning ilmiy ishlariga bur-jua-millatchilik xatolari yuklandi, tarfxchi A. Bobo-xo’jayev va iqtisodchi O. Aminov panturkizmni targ’ib qilishda ayblandi. Ular «siyosiy va ishchanlik sifatlari jihatidan egallab turgan lavozimlariga to’g’ri kelmaydi-gan shaxslardir» deb hisoblandi va ishdan bo’shatildi. Turob To’la va M. Shayxzodalarning she'r va qo’shiqlari «g’oyasiz va axloqsiz asarlar» deb baholandi.0'zbek xalqining ma'naviy merosi, milliy qadriyatlari yana bir bor oyoqosti qihndi, bu sohada so’z yuritgan ijodkorlar qatag’on qilindi. Tarixiy o’tmish ham, zamo-naviy hayot ham kommunistik mafkura, sinfiylik nuqtai nazardan turib qo’pol ravishda buzib baholandi. Natijada ma'naviy hayotga, falsafiy va badiiy tafakkurga, madaniyatga katta zarar yetdi. Stalin vafotidan keyin butun SSSRda bo’lganidek, O’zbekistonda ham shaxsga sig’inish oqibatlarini tugatish tadbirlari ko’rildi. Qatag’on qilinganlar ishini qaytadan ko’rib chiqishga kirishildi. Ko’pgina jinoiy ishlar to’qib chiqarilgani, minglab odamlar nohaq qamalib, ozodlikdan mahrum etilganligi aniqlandi va ular oqlandi. Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa ko’plab yozuvchi va shoirlar oqlandi. Shukrullo, Shuhrat, Hamid Sulaymon, Maqsud Shayxzoda va boshqa adiblar ham oqlandi. Minglab partiya, sovet, komsomol xodimlari oqlandi. 50-yil-larning boshlarida shubha ostiga olingan, har bir qadami nazorat qilinayotgan 60 dan ortiq yirik olim-lar, adiblar zimmasidan «millatchi, sovetlarning dush-mani» degan yorliqlar olib tashlandi, tuhmatlardan xalos bo’ldi, hayoti saqlanib qolindi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling