I-kurs 1-mavzu: turkistonda


-Mavzu: O’ZBEKISTONNING QARDOSH XALQLARGA


Download 0.79 Mb.
bet16/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

14-Mavzu: O’ZBEKISTONNING QARDOSH XALQLARGA BAYNALMILAL YORDAMI

Fashist bosqinchilari SSSRning G’arbiy qismidagi katta hududni, ko’plab shahar va qishloqlarni bosib olib Moskva ostonalariga yetib keldilar. Sovet xalqi uyush-qoqlik, birdamlik, misli ko’rilmagan jasorat bilan dush-manni Moskva ostonalarida yer tishlatdi. Fashist gazan-dalari tor-mor etildi va uloqtirib tashlandi. Dushmanning Stalingrad, Kursk, Orel, Belgrad shahar-larida tor-mor etilishi va ularning SSSR tuprog’idan yoppasiga haydab chiqarila boshlanishi natijasida ko’pgina viloyatlar, shaharlar va qishloqlar ozod etildi. Dushman bu hududlarni bombardimon qilish va vayron qilish orqali bosib olgan bo’lsa, chekinish davrida esa shahar va qishloqlarni yondirib, yanada vayron qilib ketardi.


Sovet xalqi hali urush davom etayotgan qiyin payt-lardayoq dushmandan ozod etilgan shahar va qishloq-larni, zavod, fabrika va boshqa xo’jaliklarni qayta tik-lashga kirishdi. Ozod etilgan hududlardagi xo’jalikni tik-lash ishlarida Sharqdagi barcha respublikalar, viloyatlar, shu jumladan, O’zbekiston ham faol qatnashdi. Tiklash ishlari umumxalq ishiga aylandi. Urushda zarar ko’rgan viloyat, shahar va tumanlarga yordamlashish bilan bog’liq bo’lgan masalalar respublika hukumati, viloyat, shahar va tuman tashkilotlari va keng jamoatchilik orasida muntazam ravishda muhokama qilinib, zarur tadbirlar amalga oshirib borildi. O’zbekiston temir yo’lchilari ozod etilgan joylarda-gi temir yo’llarni tiklashga katta yordam berdilar. Toshkent tovar stansiyasi temir yo’lchilari 35 ko’tar-gich asboblar komplekti, 350 dona slesarlik asboblari, 2 mingdan ortiq ehtiyot qismlarini to’plab G’arbdagi stansiyalarning birini tiklash uchun jo’natdi. 1943 yil 30 martda Toshkent temir yo’lchilari asbob-uskunalar ortilgan butun bir eshelonni Stalingrad temir yo’l tar-mog’ini tiklash uchun yubordi. Uning tarkibida ko’chib yuradigan maxsus ustaxona, ikkita parovoz, jihozlangan 33 ta vagon va platforma, dori-darmonlar va ishchi kiyimlari bor edi
Ozod etilgan hududlar aholisiga qardoshlarcha yor-dam, respublikaning o’zida moliyaviy resurslar, asbob-uskuna va materiallar, malakali kadrlar, iste'mol mollari yetishmay turgan og’ir bir sharoitda berildi. Urush yil-iarida O’zbekiston aholisining turmush saviyasi keskin pasayib ketganiga, xo’jalik harbiy izda ishlayotganiga qaramasdan qardosh xalqlarga ko’rsatgan baynalmilallik yordami o’zbek xalqining buyuk insoniylik fazilatlarga sodiq ekanligining guvohidir
Urushning dastlabki yilidayoq Volgabo’yi nemislar avtonom respublikasi tugatildi. Uning 300 mingdan ortiqroq aholisidan «bosqinchilar yordam olishi mumkin», degan gumon bilan ularni yashab turgan joylaridan mahrum etib, Sibir va Qozog’iston viloyatlariga ko’chirib yuborildi.
«Bu xalqlar fashistlar bilan hamkorlik qilishda» ayb-landi, hech kimdan hech narsa so’rab surishtirlmadi, har bir odamning qanchalik aybdorligi, gunohkorligi aniqlanmadi, hamma ommaviy ravishda qattiq jazolan-di. Ko’chirish yashirin holatda va shoshilinch ravishda amalga oshirildi. Bu katta kulfatlarga, ko’pchilik odamlar, bolalarning yo’lda qirilib ketishiga olib keldi. Bu xalqlar adolatsiz jazolanayotgan bir paytda, ularning farzandlari, yoru-birodarlari fashistlarga qarshi jang qil-moqda edilar. Ular yurtdoshlari boshiga tushgan kulfat-dan bexabar edilar. Ko’chirilganlar Sibir va O’rta Osiyoning aholisi kamroq bo’lgan tumanlariga guruh-guruh qilib taqsimlandi.
O’zbekistonga 175 mingdan ortiqroq chechenlar, 157 ming ingushlar, 150 mingdan ortiqoq qrim tatarlari, 4500 bolqarlar, o’n minglab mesxeti turklari, greklar ko’chirib keltirildi. o’zbek xalqi ularni beg'araz kutib oldi, yashash uchun uy-joy, oziq-ovqatlar bilan yordam berdi. Mahalliy hokimiyat ularga hosildor yerlardan tomorqa yer, uy qurish va xo’jalik yuritish uchun kredit mablag'lari ajratdi. Ko’chirib keltirilganlar ancha mashaqqatlar bilan yangi joy-larga asta-sekin moslashib bordilar.
Stalin boshliq Markaziy hokimiyat amalga oshirgan milliy siyosatning zarari, adolatsizligi odamlarning qattiq qatag’on qilinishi bilan chegaralamb qolmadi. Uning mudhish ekanligi yana shundaki, ko’plab xalqlarning milliy davlatchiligi buzildi, respublikalar va muxtor viloyatlarning haq-huquqlari poymol qilindi. Eng dahshatlisi shundaki, butun-butun xalqlarning milliy madaniyati, qadriyatlari va an'analari oyoq osti qilindi. Bunday «milliy siyosat» Markaz tomonidan butun vosi-talar bilan tashviqot qilinayotgan Sovet Ittifoqidagi xalqlar O’rtasida buzilmas do’stlik to’g’risidagi g’oyaga soya, qora dog’ bo’lib tushdi. Bunday zo’ravonlikning zararli oqibatlari hanuzgacha to’la bartaraf etilganicha yo’q. Vaqti-vaqti bilan millatlar O’rtasidagi nizolar, fojealar chiqishga sabab bo’lib kelmoqda.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling