Iqtisodiy sohada:
milliy boylikning ko’payishini, odamlarning turmush va ish sharoitlarini munosib ta'minlaydigan qudratli, barqaror va jo’shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bos-qichma-bosqich shakllantirishni, tashabbuskorlik va ishbilar-monlikni rivojlantirishni
Ijtimoiy va ma'naviy sohada:
umuminsoniy qadriyatlarga, insonparvarlik g’oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqini, inson huquq-lariga doir xalqaro me'yorlarni qaror toptirishni;
ma'naviyat va axloqiylikni qayta tiklash, fuqarolarning va-tanparvarlik his-tuyg’ularini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklar-ni saqlash va ta'mirlashni; Huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko’zi ham, so’zi ham qonundir... Qonunni buzishga hech kimning haqqi yo’q.
I. A. Karimov. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida 1992- yil 4- yanvarda so’zlagan nutqidan
O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yoii Islom Karimov-ning keyingi asarlari, ma'ruza va nutqlarida yangi ma'no-maz-mun bilan toidirilib, aniqlashtirilib borildi.
1993- yilda nashr etilgan ,,0'zbekiston — bozor munosabat-lariga o’tishning o’ziga xos yo’li" nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyo-satdan ustunligi, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.
2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o’zgartirishlarning tashabbuskori.
3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning baro-barligi va hammaning qonunga bo’ysunishi.
4. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqala-rini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o’tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
Shunday qilib, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yoii nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning „o’zbek modeli" bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yoi xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyot-ning „o’zbek modeli" deb qabul qilindi.
o’zbek tilini rivojlantirishni, bu tilning davlat maqomini to’liq ro’yobga chiqarishni;
hurfikrlilikni, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirishni;
ijtimoiy adolat qoidalarini ro’yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari — keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko’p bolali oilalar, o’quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga boigan kafolatli huquqlarini ta'minlashni;
hamma uchun ma'qul sifatli tibbiy xizmatni ta'minlash, onalikva bolalikni muhofaza qilishni;
Do'stlaringiz bilan baham: |