Oltinchidan, respublikadagi o’ziga xos demografik vaziyat, aholi va mehnat resurslarining tez o’sib borishi ham inobatga olindi.
Yettinchidan, odamlarning ijtimoiy ongi, dunyoqarashi ham e'tiborga olindi. Negaki, sovetlar zamonida kishilarda shakllangan yaxshi ishlasa ham, yomon ishlasa ham davlat boqadi, degan boqimandalik, tayyorga ayyorlik, mulkka nisbatan bepisandlik ruhiyatini tezlik bilan o’zgartirib bo’lmas edi, buni hisobga olish zarur edi, albatta.
Milliy istiqlolning dastlabki kunidanoq chinakam Mustaqil O’zbekistonni barpo etish, har qanday „izm" lardan xoli xalqchil, adolatli jamiyat qurish bosh maqsad qilib qo’yildi. Davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari ana shu bosh maqsaddan keiib chiqqan holda belgilandi.
O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Bu — mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu — insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qafiy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab boradigan davlatdir.
Xalq davlat hokimiyatining manbayidir. Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. I. A. Karimov. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T. ,,0'zbekiston", 1992, 15-16-betlar.
Siyosiy sohada bu quyidagilarni bildiradi:
xalq manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya tamoyillarini qaror toptirishni, xalq ham bevosita, ham o’z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to’liq im-koniyatga ega bo’lishini;
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vako-latlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etishni, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlarini aniq belgilab qo’yish va adolatli qonunchilikni vujudga keltirishni;
barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustuvorligini, jamiyat manfaatlari va aholi xavf-sizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etishni;
Do'stlaringiz bilan baham: |