I-kurs 1-mavzu: turkistonda


- Mavzu Ko’p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar


Download 0.79 Mb.
bet65/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

13- Mavzu Ko’p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining shakllanishi
Bozor iqtisodiyoti, avvalo, turli xil mulk shakllariga, ko’p ukladli iqtisodiyotga asoslanadi. Shu boisdan O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkdorlar tabaqasini shakllantirish iqtisodiy islohotlarda bi-rinchi o’rinda turdi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida iqtisodiyot xilma-xil mulk shakllaridan iborat bo’lishi, har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli ekanligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo’yilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi.
O’zbekistonda xususiylashtirish qandaydir kishilar manfa-atiga bo’ysundirilmadi, chek (vaucher) asosida xususiylash-tirishga yo’l qo’yilniadi. Davlat mulkini sotish orqali xususiy-lashtirish yo’li tutildi. Shu bilan birga xususiylashtirish chog’ida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozii shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshi-rildi. Qishloq xo’jaligi davlat xo’jaliklarining mol-mulki, fer-malar, bog’lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xusu-siylashtirildi.
Xususiylashtirishga davlat boshchilik qildi. Bu jarayonni tashkil etish va rahbarlik qilish uchun 1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat qo’mitasi tuzildi,
1994-yilda uning funksiyalari kengaytirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi sifatida qayta tashkil etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 1991-yil 18-no yabrda qabul qilingan mulkni „DavIat tasarrufidan chiqarish va xususiyIashtirish to’g’risida" gi, „Davlat uy-joy" fondini xususiylashtirish to’g’risidagi (1993-yil 7-may) qonunlar va 20 dan ortiq maxsus davlat dasturlari asosida amalga oshirildi.
Xususiylashtirish savdo, xizmat ko’rsatish va mahalliy sa-noat korxonalarini, uy-joy fondini, qishloq xo’jalik mahsu-lotlarini tayyorlovchi xo’jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarish-dan boshlandi. Bu kichik xususiylashtirish deb nom oldi.
1993— 1994-yillarda davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. Bunda har 3 kvartira-ning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan bepul berildi. Urush faxriylari, o’qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002-yilga qadar Res-publika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi.
1994-yil 21-yanvarda e'lon qilingan „Iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi va 1994-yil 16-martda e'lon qilingan „Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish-ning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida" gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayonida yangi turtki bo’ldi.
1992—1994-yillarda 54 mingga yaqin savdo, xizmat ko’r-satish, avtomobil transporti, qurilish, qishloq xo’jalik korxona va obyektlari davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 ming-tasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. Qishloq xo’jaligida bog’larning yarmi, uzumzorlarning 40 foizi xususiy foydala-nish uchun berildi. 14 mingdan ortiqroq fermer xo’jaliklari tashkil topdi, ularga 193 ming gektar yer ajratib berildi. Xususiy tadbirkor subyektlarining soni 300 mingga yetdi, ularning 250 mingtasini patent asosida yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug’ullanadigan kishilar tashkil etdi. 1994- yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorida ishlab chiqildi, bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo’ldi.
Respublika xalq xo’jaligini, uning tarInstitutsional moqlarini boshqarishning ma'muriy-buyruqbozlik tizimini tugatish, boshqaruvni bozor munosabatlariga moslashtirish maqsadida institutsional (muassasalar sohasida) o’zgarishlar amalga oshirildi.
Mustabid sovet tuzumidan meros bo’lib qolgan markaziy iqtisodiy organlar — Davlat reja qo’mitasi, Davlat ta'minot qo’-mitasi, Davlat narxlar qo’mitasi, Davlat agrosanoat qo’mitasi, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqaruvchi boshqa vazirliklar, qo’-mitalar, ularning ma'muriy apparatlari tugatildi.
Makroiqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi qoshida narxlarni nazorat qilish bo’yicha maxsus boshqarma, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi kabi yangi boshqaruv organlari tuzildi.
Ittifoq parchalanib ketgach, O’zbekiston hududida joylash-gan ittifoq va ittifoqdosh respublikalar bo’ysunividagi korxo-nalar respublikamizning to’la mulki bo’ldi. Endi ularni bozor iqtisodiyotiga moslab boshqarishni tashkil etish zarur edi. Iqti-sodiy islohotlar davomida respublikadagi bu yirik korxonalar o’z faoliyat sohalariga qarab ixtiyoriy ravishda davlat tarmoq uyush-malariga, konsernlarga, korporatsiyalarga, xolding kompaniya-lariga aylantirildi. Noishlab chiqarish tarmoqlarini boshqarish qayta tuzilib milliy kompaniyalar tashkil etildi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling