I-kurs 1-mavzu: turkistonda


Download 0.79 Mb.
bet67/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

Xolding kompaniyalari — korporatsiya shakllaridan biri. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari ,(iksiyalarining nazoratpaketi" kompaniyaning ixtiyorida bo’ladi. Bundan maqsad yagona tarmoq va ilmiy-texnikaviy siyosat yur-gizish, umumiy manfaatlar yoiida aksionerlik jamiyatlari faoli-yatlari ustidan nazorat o’rnatish va dividendlar ko’rinishida foy-da olishdir. Xolding kompaniyasiga misol tariqasida mamla-katimizda tashkil etilgan 15 ta qishloq xo’jalik mashinasozlik korxonalarini birlashtirgan „o’zqishloqxo’jalikmash-xolding", „o’zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" va „o’zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyalarini kiritish mumkin. Shuningdek, „o’zbekyengilsanoat" kompaniyasi, „o’zqurilishmaterial" davlat aksiyadorlik kompaniyalari ham faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Milliy kompaniya — noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, transport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki aksionerlik asosidagi ko’ngilli birlashmasi. O’zbekistonda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan Milliy kompaniyalar jumlasiga „o’zbekturizm" Milliy kom-paniyasi, „O’zbekiston havo yo’llari" Milliy aviakompaniyasi va boshqalar kiradi.
Aksiyadorlik jamiyati mulkchilikning bir turi bo’lib, u davlat, korxona, tashkilot, bank va fuqarolar pul mablag’larini sherikchilik asosida va foyda olish maqsadida bi-rlashtirgan tarzda xo’jalik yuritish uyushmasidir. Iqtisodiy isiohotlar jarayonida kichik korxonalar sotilgan bo’lsa, 1992-yildan boshlab yengil va oziq-ovqat sanoati, qayta ishlovchi sanoat, ko’mir qazib olish, transport, aloqa va boshqa turdagi o’rta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirila boshlandi. Aksiyadorlik jamiyatlariga kirgan korxonalar qiymati miqdorida aksiyalar chiqarilib, qimmatli qog’ozlar bozorida sotildi. Aksiya to’plamlari (paketlari)ning 25 foizi davlatga, 25 foizi mehnat jamoasiga,10 foizi resurs bilan ta'minIovchi va mahsulotlarni iste'mol qiluvchi korxonalarga, 10 foizi chet ellik investorlarga, 30 foizi erkin sotishga ajratildi. Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotish maqsadida Respublika fond birjasi tashkil etildi va aholiga sotish yo’lga qo’yildi.
1994- yil oxirigacha respublikada 26,1 mingta korxona aksiya-dorlik jamiyatlariga aylantirildi. Ularning aksiyalari respublika qimmatli qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi.
1996- yil 25- aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respubli-kasining „Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida" gi va „QimmatIi qog’ozlar bozorining faoliyat ko’rsatish mexanizmi to’g’risida" gi qonunlari mulkchilikning aksiyadorlik shaklini yanada rivoj-lanishiga yangi turtki bo’ldi. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish, qayta tuzish, tugatish yo’llari, aksiya egalarining dividend (foyda) olish huquqlari aniq belgilab berildi, Yirik korxonalar aksiyalar to’plami (paketi) davlat nazoratida bo’lgan aksiyadorlik jamiyat-lariga aylantirildi.
Davlat mulkini sotish bo’yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2000—2005 yillarda jami 4660 ta davlat korxona va ob'ekti xususiy mulkdorlarga sotildi.Korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoniga aholi va chet ellik investorlar keng jalb qilindi. 2004- yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari qimmatli qog’ozlar bozoriga chiqarildi. Mehnat jamoalari uchun aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyatlari yaratildi. Aksiyalarni fuqarolarga erkin sotishni kengaytirish maqsadida Xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) tuzildi.
Islohot yillarida respublikamizda 2004- yil I - yanvar holatiga ko’ra 1 milliondan ortiq jismoniy shaxs aksiyadorlik jamiyatlar-ining Respublika fond birjasi va XIF lar tomonidan qimmatli qog’ozlar bozoriga chiqarilgan aksiyalarni sotib olib aksiyador bo’ldilar va ulardan daromad oltnoqdalar. Shu tariqa aholining bo’sh turgan sarmoyalari — mablag’lari iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasiga jalb qilindi. Eng muhimi aholida qimmatli qog’ozlarga qiziqish, ular bilan muomala qilish ko’nikmalari va madaniyati paydo bo’ldi Chinakam mulkdorlar tabaqasi, bir
tomondan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, ikkinchi tomondan, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish yo’li bilan shakllantiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo’tadil-lashtirishga yordam beradigan o 'rta tadbirkorlar tabaqasini pay-do bo’lishi demakdir. Kichik biznes, tadbirkorlik bozorni zarur iste 'mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishga hamda daromad vafoyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Bu — yangi ish o’rinlarini yaratish, aholini ish bilan bandligini to’minlash, aholi daromad-larining asosiy manbayidir.
Jahon iqtisodiyotida yetakchi mavqega erishgan mamlakatlar tajribasi ko’rsatadiki, ular kichik biznesni, xususiy tadbir-korlikni rivojlantirish orqali yuksalgan, aholi turmush dara-jasini ko’targan. Masalan, Yevropa Ittifoqiga a'zo bo’lgan mam-lakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida kichik va o’rta biz-nesning ulushi 67 foiz, Germaniyada—65 foiz, AQSHda — 52 foizni tashkil etadi. Yaponiyada ish bilan band bo’lgan aholining 80 foizi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida — 70 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmoqlarida ishlaydi.
Tadbirkorlik shakllari:

  • xususiy (shaxsiy) tadbirkorlik;

  • yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiriladigan tad-birkorlik;

  • bir necha fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qo’shma tadbirkorlik.

Respublikada ko’chmas mulk bozori tashkil etilib, kimoshdi savdolari va tanlovlar asosida kichik korxonalar fuqarolarga sotildi.
1995- yil 5- yanvarda e'lon qilingan „Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatish va uni rag’batlantirish to’g’risida"gi Prezi-dent farmoni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy-lashtirishga, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga yangi turtki berdi. Farmonga binoan davlat mulkini xususiylashtirishdan tushayotgan mablag’larning 50 foizi kichik biznesni rivojlan-tirishga yo’naltirildi.
1995- yil 21- dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respubli-kasining „Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to’g’-risida" gi qonuni iqtisodiyotning mazkur sektoriga davlat va mintaqaviy darajada rag’batlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi. Davlat darajasida xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy-normativ asoslar, zarur infratuzilma va shart-sharoitlar yaratildi. Mintaqaviy (viloyat, shahar, tuman) dara-jada esa tadbirkorlarga mahalliy soliq va yig’imlar solishda yengilliklar berildi, bu sektorni rivojlantirish uchun hududiy dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirish tadbirlari ko’rildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2001-yil 22-avgustda „Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida" qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivoj-lantirishni rag’batlantirish bo’yicha respublika muvofiqlash-tiruvchi kengash tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarini bir joyda davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga olishning soddalashtirilgan yangi tartibi joriy etildi. Shahar va tumanlarda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha bo’limlar tashkil etildi, ular alohida binolar, kerakli jihozlar bilan ta'minlandi. Tijorat banklari o’z mablag’lari hisobiga faqat 2001-yilda kichik va o’rta biznes subyektlariga 144,3 mlrd. so’m kredit berdilar. Ularga Respublika tovar-xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, „o’zulgurjisavdo" orqali 106 mlrd. so’mlik moddiy-texni-ka resurslari sotildi. Tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaat-larini himoya qilish maqsadida xo’jalik subyektlarida „Tekshirish-larni ro’yxatga olish daftari" joriy etildi. Kichik va o’rta biznes subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi, ular o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni naqd xorijiy valutaga eksport qilishga ruxsat berildi. 2001 —2002- yillarda kichik va o’rta biznes subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish hollarini bartaraf etish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor shaxs-larni sud javobgarligiga tortish choralarini qo’llash mexanizmi yaratildi. Tadbirkorlarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararlar aybdor bo’lgan mansabdor shaxslarning cho’ntagidan undirilib berilmoqda. Respublika Adliya vazirligi, uning joylardagi adliya idoralari tomonidan 2002- yilda kiritilgan 8 mingdan ortiq da'vo arizalariga muvofiq sudlar tomonidan tadbirkorlarga 9 milliard so’m undirib berildi. 2300 mansabdor shaxsga nisbatan inti-zomiy chora ko’rildi, ulardan 290 nafari egallab turgan lavo-zimidan bo’shatildi. Natijada xo’jalik yurituvchi subyektlarni noqonuniy tekshirishlar va aralashishlar soni keskin kamaydi. Agar 2001-yilda noqonuniy tekshirishlar bo’yicha 1450 ta holat aniqlangan bo’lsa, 2002- yilda ularning soni 157 tani tashkil etdi yoki 10 barobar kamaydi. Bu tadbirlar kichik va o’rta biznesning rivojiga yangi turtki bo’ldi. 2001 -yilda 34200 ta kichik va o’rta biznes subyektlari ro’yxatga olindi, bular hisobiga 372 mingta yangi ish o’rinlari tashkil etildi. 2001-yilda kichik va o’rta biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan 65,5 milliard so’mlik mahsulot sotildi. 2002- yilda 38 mingga yaqin mikrofirma, kichik va o’rta biznes korxonalari tashkil etildi.
Agrar islohotlar ^rar islohotlarga ustuvorlik berildi.
Negaki, respubhka ahohsming 62 fo-izi qishloqda yashaydi, mamlakat yalpi ichki mahsulotning 30 foizi, valuta tushumlarining 55 foizi qishloq xo’jaligida shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida davlat tasarrufidagi qishloq xo’jalik mulklari xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo’jaligida no-davlat sektorining ulushi 99 foizni tashkil qilmoqda.
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo’shimcha ravishda 550 ming gektar sug’oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq qishloq aholisi ana shu yer hosilidan foy-dalanmoqda.
1992—1995- yillarda davlat tasarrufidagi qishloq xo’jalik kor-xonalari va tashkilotlarini xususiylashtirish, asosan, tugallandi. 1150 ta sovxoz va 1200 ta fermalar xususiylashtirildi.
Qishloqda xo’jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e'tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo’jaliklariga aylantirilgan edi. Ammoxo’jalik yuritishda o’zlarini to’la-to’kis oqlamaganliklari tufayli ularni qayta tuzish zaruriyati vujudga keldi. 1998-yil aprelda ,Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat) to’g’risida" qonun qabul qilindi. Qonunda shirkat xo’jaligini tuzish va uning faoliyat yuri-tish tartiblari, shirkatga a'zolik, yer uchastkalari ajratish va boshqarish masalalarining huquqiy asoslari belgilab berildi. Shirkatning iqtisodiy asosini ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga jamoa kooperativ mulkchilik tashkil etadi. Shirkatning har bir a'zosiga mulk va yer paylari shaklida hissa ajratiladi.
Jamoa xo’jaliklari 1998-yildan boshlab yer va mulk paylari asosida qishloq xo’jalik shirkatlariga aylantirila boshlandi. 1999-yilda 898 ta, 2000- yilda 856 ta, 2001 - yilda 112 ta qishloq xo’jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Shirkatlarning umumiy soni 2002- yilning 1- yanvarigacha respublika bo’yicha 1900 taga yetdi. Shu tariqa agrar munosabatlar tizimida oila pudratiga keng o’rin berildi, har bir a'zo o’z payiga ega bo’ldi. Mahsulot yetishtiruv-chi shirkat a'zosi bilan shirkat xo’jaligi o’rtasida pudrat shartnoma munosabatlari joriy etildi. Har bir oila pudratiga 5 gektar ekin maydonlari, bog’lar, uzumzorlar birkitilgan, shartnomalar tuz-ilgan, o’zaro hisob-kitob yurituvchi chek daftarchalari bilan ta'minlangan. 2000-yilning 1-iyul holatiga ko’ra, respublikamiz-dagi qishloq xo’jalik shirkatlari tarkibida 598,5 mingta oilaviy pu-drat faoliyat ko’rsatdi. 2002-yiI boshlariga kelib 1 mln. 400 ming kishi shirkat a'zosi sifatida mehnat qildi.
Fermer va dehqon xo’jaliklarini shakllantirishga alohida e'tibor berildi. 2002- yil o’rtalarida respublikamizda 55,4 mln fermer xo’jaligi, 1,5 mln dan ortiq dehqon xo’jaligi tadbirkorlik bilan shug’ullandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003- yil 24-martdagi „Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida"gi farmonida agrar islohot-larning yangi yo’nalishlari belgilab berildi. Ayrim shirkat xo’ja-liklari tugatilib, ularning negizida fermer xo’jaliklari tashkil etil-di. Respublikamizning 11 ta tumanida shirkat xo’jaliklari to’liq tugatildi. 2004- yil 1- yanvar xolatiga ko’ra fermer xo’jaliklari soni 87500 taga yetdi.
Qishloqda shaxsiy yordamchi xo’jaliklar dehqon xo’jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo’jaligi — bu oilaviy mayda tovar xo’jaligi bo’lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig’iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a'zolarining shax-siy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004- yil boshlariga

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling