I-kurs 1-mavzu: turkistonda


I. A. Karimov. „Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus


Download 0.79 Mb.
bet72/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

I. A. Karimov. „Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus temiryoii bunyodkorlariga" tabrigidan.
O’zbekistonda yagona temiryoi tizimini barpo etishda yana bir muhim ahamiyatga ega boigan Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on temiryoii jadallik bilan qurilmoqda. 2003-yilda uning 57 km lik Toshguzar-Dehqonobod uchastkasi qulilib, ishchi poyezdlar qatnovi boshlandi. Termiz shahrida yangi vokzal, Toshkentda vagonlarni ta'mirlash zavodi qurilib ishga tushirildi. Amudaryo uzra681 metrlik avtomobil-temiryoi ko’prigi barpo etildi.
Mustaqillik yillarida Toshkent metrosi qurilishi ham jadal sur'atda o’sdi. Toshkent metrosi 30 yillik tarixga ega. 1971—1977-yillarda Toshkent metrosining Chilonzor yo’nalishi, 1984—1991- yillarda O’zbekiston yo’nalishi qurilib ishga tushirilgan edi. „Toshmetroloyiha" instituti 1992- yilda Toshkent metrosining 9 ta bekatdan iborat Yunusobod yo’nalishini qurishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqdi va qurilish ishlari olib borildi. 2001- yil avgustda Yunusobod yo’nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi — „Mingo’rik", „Yunus Rajabiy", „AbdulIa Qodiriy" „Minor", „Bodomzor" va „Habib Abdullayev" bekatlari foydalanishga topshirilib, yo’lovchi tashish yo’lga qo’yildi. Ularni barpo etjsh uchun 38 mlrd so’m xarajat qilindi
O’zbekiston Buyuk ipak yo’lini tiklash maqsadida Yev-ropa—Kavkaz—Osiyo transport yo’lagi (TRASEKA)ni barpo etishda faol qatnashmoqda. Uzunligi 2294 km. dan iborat bo’lgan „Andijon—Toshkent—Nukus—Qo’ng’irot" avtomag-istrali TRASEKAning bir qismi bo’lib, jadallik bilan qurilmoq-da. Mazkur avtomagistralning eng murakkab qismi hisoblangan 100 km lik tog’lik qismi Angren—Xonobod shaharlari o’rtasidagi avtoyo’l, Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil qatnovi uchun tunnellar qurilib foydalanishga topshirildi. Bu magis-tralning qurib bitkazilishi O’zbekiston uchun muhim ahami-yatga ega bo’Iib, respublikamizning Sharq arb mamlakatlari bilan savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlan-tirishga qulay imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda havo transportini rivojlantirish maqsadida 1992-yil 28-yanvarda „O’zbekiston havo yo’llari" Milliy avia-kompaniyasi tashkil etildi. Kompaniya O’zbekistonni dunyoning yirik shaharlari bilan havo yo’llari orqali bog’lash, aviamaydonini „A-310", „Boing-757", „Boing-767", „RJ-85" kabi o’ta zamonaviy havo kemalari bilan to’ldirish tadbirlarini amalga oshirdi. Toshkent aeroporti kutish zali, Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari, uchish-qo’nish yo’laklari xalqaro stan-dartlar darajasida qayta ta'mirlandi.
„O’zbekiston havo yo’llari" Milliy aviakompaniyasi o’zining 10 yillik qizg’in faoliyati davomida Yer kurrasining rivojlangan 20 mamlakati bilan havo aloqalarini o’rnatdi, turli mamlakat-larda 40 ta vakolatxonasi faoliyat ko’rsatmoqda. Kompaniya 20 milliondan ortiq yo’lovchiga xizmat qildi. „O’zbekiston havo yo’llari" milliy aviokompaniyasi parvozlar xavfsizligini ta'min-lashda dunyoga tanildi.
Mamlakatimizda pochta, telefon, telegraf, radio, televide-niye hozirgi zamon talablari darajasida rivoj topdi. Keyingi 10 yilda respublikada o’matilgan telefonlar soni 10 martadan ziyod ko’paydi. Toshkent shaharlararo telefon stansiyasi dunyodagi barcha mamlakatlar bilan telefon aloqasini ta'minlamoqda.
Mustaqillik yillarida kommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish maqsadida o’nlab xorijiy firma va kompaniyalar bilan hamkorlik o’rnatildi.

15-Mavzu: Aholini ijtimoiy himoyalash va millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi


O’zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonlarga munosib turmush va ish sharo-itlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilandi. Buning sababi shundaki, odamlarning ijtimoiy muammolariga e'tibor ber-maslik barqarorlikka va milliy xavfsizlikka katta xavf tug’diradi. Bozor munosabatlariga o’tishning hamma bosqichlarida aholini oldindan ijtimoiy himoyalash davlat siyosatida ustuvor yo’na-lish mavqeyini egalladi.


O’zbekistonning o’z yangilanish va taraqqiyot yo’liga asos bo’lgan eng niuhim qoidalaridan biri bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o’tkazishdir".

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling