I-kurs 1-mavzu: turkistonda
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish
- Alisher Navoiy
- Ahmad al-Farg’oniy
- Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuyi.
- „Xotira maydoni"
I. A. Karimov. „Donishmand xalqimizning mustahkam irodasi-ga ishonaman". „Fidokor" gazetasi. 2000-yil 8-iyun Shunday qilib, Islom Karimov O’zbekistonning milliy is-tiqlol g’oyasini yaratish tashabbuskori va ijodkori bo’ldi. Ma'no-mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millat-Iararo totuvlik va dinlararo bag’ri kenglikni ta'minlash kabi in-sonparvar tamoyillarni o’zida uyg’unlashtirgan milliy istiqlol g’oyasi shakllandi.
Mamlakatimizda milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillari ta'lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, adabiyot va san'at, mahallalar va mehnat jamoalari tomonidan odamlar ongi va qalbiga singdirilmoqda. Barcha ta'lim muassasalaridagi o’quv jarayoniga „Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" fanini o’qitish joriy etildi. Respublika shahar va qishloqlarida faoliyat yuritayotgan kutub-xona va klub muassasalari aholi orasida madaniy-ma'rifiy ishlar bi-lan shug’ullanmoqda. Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi 7000 kutubxona, 2.500 dan ortiq madaniyat saroy-lari, klub muassasalari va ular qoshidagi badiiy havaskorlik jamo-alari aholiga ma'naviy-ma'rifiy xizmat ko’rsatmoqda. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma'naviyatining yulduzlari bo’lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi: . 1991-yil — Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 1992-yil — Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1993-yil — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi; . 1994-yil — Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi; • 1996-yil — Amir Temur tavalludining 660 yilligi; . 1997-yil — Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon taval-ludining 100 yilligi; 1998-yil - Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999-yil — „Alpomish" dostonining 1000 yilligi; 2000-yil — Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi; 2000-yil — Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 2001-yil — „Avesto" yaratilganligining 2700 yilligi. Jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilishning milliy-axloqiy qadriyat hamda an’analarning, muqaddas dinimizning o’rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o’z tarixini bilmay,asrlar osha yaratilgan ma'naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o’z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu boisdan mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o’quv maskanlarida Vatan tarixini o’qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi 1997- yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguber-di tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi. 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi 2003-yilda Shaxrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi. Vatanimiz ozodligi yoiida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Choipon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari nashr etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining Bo’zsuv kanali bo’yida qatag’on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida „Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi „Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuyi. 2000- yil 12- may kuni boiib o’tdi. Mazkur majmua qoshida „Qatag’on qurbonlari xotirasi" muzeyi qurilib, 2002-yil 27-avgust kuni foydalanishga topshirildi. „Qatag’on qurbonlari xotirasi" muzeyining mustam-lakachilik davrining ayanchli sahifalari aks ettirilgan lav-halar bilan tanishib, „quloqlashtirish" oqibatida 60 ming-dan ziyod hamyurtimiz Ukraina, Shimoliy Kavkaz va olis Sibirga surgun qilinganini, XX asr boshidan 40- yil-larigacha 450 ming vatandoshimizga nisbatan ,jinoiy ish" ochilganini, „paxta ishi" davrida esa 25 ming kishi hibsga olinib, 4,5 mingi javobgarlikka tortilganini bilib olish mumkin. „Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasi, „Qatag’on qur-bonlari xotirasi" muzeyining tarixiy, siyosiy ahamiyati shun-daki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xal-qimiz qanday ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqil-lik tufayli yurtimizda adolat, shahid ketganlarning xotirasi tik-langanligi to’g’risida tarixiy xotira, saboq boiib xizmat qiladi. 1999- yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida „Xotira maydoni" majmuasi barpo etildi va shu yili 9- May kuni uning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Respublika „Nuroniy" jamg’armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo’lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 34 jildlik „Xotira" kitobi tayyor-landi va nashr etildi. Har yili 9 May kuni „Xotira va qadrlash kuni" sifatida nishonlanmoqda. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bu tadbirlar xalqimizning o’zligini anglashiga, tar-ixiy xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag’ishlab barpo etilgan yo-dgorlik majmualari jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g’ururni ko’tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g’oyalarini shakllantirishga ko’maklashmoqda. O’zbek xalqining o’ziga xos milliy qadriyatlari bor. Milliy qadriyat deganda millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan xususiyatlari, an'analari, marosimlarini tushunamiz. o’zbek xalqining shakllanishi qancha uzoq tarixiy jarayonda sodir bo’Igan bo’Isa, uning milliy qadriyatlari ham shuncha uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan. Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya'ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg’ona va hokazo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar tarzida shakllanadi. So’ngra ularning eng yaxshilari asrlar davomida saralanibo’z milliy qadriyatlarini, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham qarzdir. o’zbek xalqiga xos quyidagi jihatlar uning milliy qadriyatlari sifatida boshqa xalqlar tomonidan e'tirof etilgan: tug’ilgan makon va ona yurtiga ehtirom; avlodlar xotirasiga sadoqat; kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; mehmondo’stlik; bolajonlik; ma'naviyat-axloq-odob-ma'rifat; muomalada mulozamat, hayo, andishalilik; og’ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo. Qadim zamonlardayoq yurtimizda din erkinligi mavjud bo’lgan. Zardush tiylar, buddiylar, moniylar, musulmonlar va boshqa diniy e'tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, erkinlik g’oyalariga amal qilingan. Xalqimiz ma'naviy jihatdan ko’pgina afzalliklarga ega bo’Igan islom dinini qadrlaydi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy islom dini ta'limotida Qur'oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanuvchi „Al-Jomi' as-Sahih" nomli asar yaratib, Moturidiy, shayxulislom Burhoniddin al-Marg’inoniy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Xo’ja Ahmad Yassa- viylar insonni ma'naviy yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlarning ijodkoridirlar. Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqil-lik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug’ nomi o’z o’rniga qo’yildi. 1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari bo’lib o’tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog’liq bo’lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag’ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo’yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog’ida Imom al-Buxo-riy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning 4 jildlik „A1-Jomi' as-Sahih" kitobining ko’p ming nusxadagi nashri o’zbek kitobxonlariga taqdim etildi. 2000-yil 16—17-noyabr kunlari Marg’ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Mo-turidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag’ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg’inoniyning islom huquqiga bag’ishlangan „Hidoya" kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Abduholiq ijduvoniyning 900 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahrori Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko’lamda nishonlandi. O’zbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi farmoni bilan Ro’za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e'lon qilindi. Respublika musulmonlarini istak va xohishlariga ko’ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. O’zbekiston Prezidentining 1990- yil 2- iyundagi „MusuImonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to’g’risi-da"gi farmoniga binoan O’zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Mustaqillik yillarida 32 ming O’zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo’ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. „IsIom nuri" gazetasi chiqmoqda. Qur'oni Karim sakkiz marta 1 mln nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va udumlarining, qadriyatlarining tikla-nishi, ajdodlar ruhining qayta uyg’onishidi Mamlakatimizda o’zbek tiiining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o rni qayta tiklandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IVsessiyasi 1995-yiI 21-dekabrda yangi tahrirda „Davlat tili to’g’risida" gi qonunni qabul qildi.Qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining ma'naviy mulki ekanligi,uning ravnaqi, qo’Ilanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta'minlanishi belgilab qo’yilgan. O’zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o’zbek tilida yuritilmoqda. Jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa, deb ta'kidlaydi Prezident Islom Karimov,milliy istiqlol g’oyasini shakllantirish va odamlar ongiga sing- dirishdan iboratdir. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatimizning milliy g’oyasini yaratish dolzarb vazifa bo’lib qoldi. 1993- yil 23-aprel kuni Prezident Islom Karimov bir gu-ruh adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. Prezident I. A. Karimov suhbatda ,)i.o’sh, milliy g’oya, miliiy mafkura nimalarni o’zida mujassamlashtirishi va qanday talab-largajavob berishi kerak?" degan savolni qo’yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik fikr-mulo-hazalarni, vazifalarni ilgari suradi: milliy mafkura, avvalambor, o’zligimizni, muqaddas ao’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart; Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling