I kurs talabalari uchn tibbiyot kimyosi fanidan og’zaki savollar javobi


Download 78.42 Kb.
bet1/4
Sana03.12.2020
Hajmi78.42 Kb.
#158358
  1   2   3   4
Bog'liq
Kimyo oģzaki


I kurs talabalari uchn tibbiyot kimyosi fanidan og’zaki savollar javobi

Barchangizga omad eng muhimi o’zingizga ishoning bilim tuganmas boylik, boyikka ega bo’ling!!!! Forzaaaa!!!!!!!

1 bianorganik kimyo fani va uningf tibbiyotdagi ahamyati. Bioanorganik kimyo- tirik organizmlarning hayotiy faoliyati uchun axamiyatli bo’lgan anorganik moddalarning tarkibi tuzilishi xossalari va organizmda bajaradigan funksiyalarini organadigan fandir. Tibbiyotda CH3COOK 15li eritmasi gipokaliemiyalarda va siydik xaydovchi sifatida qollaniladi NaHCO3 4li eritmasi qonning kislotali muxiti ortib ketganda qon tomiriga tomchlatib yuboriladi masalan CH3COOH bilan kuchli zaxarlanganda foydalaniladi.

2.eritmalar. organizmdagi va tibbiyotdagi ahamyati Eritmalar deb, 2 va undan ortiq tarkibiy qismlardan (komponentlardan) va ularning ozaro tasir maxsulotidan tarkib topgan bir jinsli(gomogen) sistemalarga aytiladi. Eritmada erigan modda va erituvchi zarralari bir tekis tarqalgan bolib, ularni mikroskop yordamida ham korib bolmaydi. Har qanday eritma erituvchi va erigan moddadan iborat. Agrégat holatini saqlab qolib eritmaga o ‘tkazadigan hamdako‘proq miqdorda olingan komponent erituvchi deyiladi. Masalan:sulfat kislotaning 1 0 % li eritmasida suv erituvchi, sulfat kislota esa erigan moddadir. Suyuq eritmalar, aw a lo suvli eritmalarning tabiatda ahamiyati katta. Ular tirik organism uchun, ayniqsa hayotiy zarur jarayonlar, birinchi navbatda moddalar almashinuvi uchun zarur omil hisoblanadi. Biologik suyuqliklar: qonplazmasi, limfa, me’da shirasi, siydik va boshqalar oqsil, uglevod,yog‘ hamda tuzlarning suvda erigan murakkab aralashmalaridir.Dorivor moddalarni ishlatishda ularning suvda eruvchanligi hisobgaolinadi. Dorivor modda eritmalari tibbiyotda ishlatilganda uni qabul qilish miqdori aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun shifokor eritma konsentratsiyasini ifodalovchi birliklarni bilishi kerak.

4dispers sistemalar Dispers sistema deb maydalangan holatdagi bir moddaning ikkinchi moddaning muhitida barobar taqsimlanishiga aytiladi. Bunday sistemalarda maydalangan modda dispers faza, ana shu faza taqsimlangan muhit esa dispersion muhit deb yuritiladi. Dispers fazadagi moddaning maydalanish darajasi disperslanish darajasi deyiladi. Uning qiymati zarrachalar kattaligining teskari qiymatiga teng. Barcha dispers sistemalar disperslanish darajasi bo'yicha shartli tarzda uch guruhga bo'linadi.0 ‘z tarkibida muallaq holatdagi mayda zarrachalari bo‘lgan sistemalar dispers sistamalar deyiladi. Undagi mayda zarrachalar dispers faza, shu zarrachalar tarqalgan muhit esa dispers muhit deb ataladi. Dispers faza zarrachalarining o ‘lchamlariga qarab dispers sistemalar

3 ga bo‘linadi: 1) dag ‘al dispers sistemalar — zarrachalarning o ‘lchamlari 0,1 mk va undan katta (10 4—10-7 m) (suspenziyalar, emulsiyalar, kukunlar va h.k.);

2) k o llo id sis tem a la r (zollar) - za rrach alarin in g o ic h am i0,1 mk dan 1 mmk ( IO 7—10~9 m) gacha boiadi;3) ion yo k i molekular dispers sistemalar zarrachalarningoMchamlari 1 mmk dan kichik (10-9 m gacha).Tibbiyotda kolloid eritmalar katta ahamiyatga ega. Qon, plazma,limfa, orqa miya suyuqligi va shu kabi biologik suyuqliklar kolloidsistemaga misoldir. Ularda oqsil, xolesterin, glikogen va boshqamoddalar kolloid holda bo‘ladi.Dispers sistema muhitlarini agregat holatiga ko‘ra zollar quyidagiturlarga b o iin ad i.1) liozollar— dispers muhiti suyuq agregat holatida bo‘lgan zollar;2) aerozollar — dispers muhiti gaz agregat holatida bolgan zollar;3) dispers muhit qattiq agregat holatda b o ‘lgan zollar.

5.gazlarning eruvchanligiga bosimning tasiri Gazlaming eritmalari. Erigan modda va erituvchi ham gaz bo‘lgan aralashma sifatida havoni olish mumkin. Havo tarkibida hajm jihatidan 78% azot, 20—21% kislorod, qolgan qo‘shimchalar uglerod (IV) oksidi, suv bug‘i va boshqalar bo‘lishi mumkin. Gazlar aralashmasining umumiy bosimi ularning parsiai bosimi deyiladi. Umumiy parsiai bosim tashkil etuvchilaming parsiai bosimlari yig‘indisiga teng bo‘ladi. Harorat ko‘tarilshi bilan gazlaming eruvchanligi kamayadi, chunki gazlraning erish jarayoni ekzotermik jarayondir. Gazlar eruvchanligining bosimga bog‘liqligi Genri qonuni bilan ifodalanadi. 0 ‘zgarmas haroratda gazlaming eruvchanligi uning bosimiga to‘g‘ri proporsional: C = k- p bunda: C — gazning eruvchanligi; k —Genri doimiysi; p — gazning bosimi. Genri—Dalton qonuni. Agar biror suyuqlikda gazlarning aralashmasi erisa, har bir alohida gazning eruvchanligi shu gazning parsial bosimiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Genri qonuni uncha yuqori bo‘lmagan bosimda va konsentratsiyada

o'rinli bo‘Iib, erituvchi va erigan moddaning orasida o ‘zaro ta’sir ro‘y bermaydi deb hisoblanadi. 1. Genri qonuni gazlar absorbsiyasini bosimga bog'liqligini ko‘rsatadi;2. Genri qonuniga binoan bosim ortishi bilan absorbsiya koeffitsiyenti ortadi;3. Genri-Dalton qonuniga binoan gazlar aralashmasidagi berilgan gazning suyuqlikdagi eruvchanligi gazning parsial bosimiga to‘g‘ri proporsional;4. Genri-Dalton qonuni gazlar aralashmasidagi berilgan gazning eruvchanligini bosimga bog'liqligini ifodalaydi



6. Sechenov qonuni kesson kassaligi. Sechenov qonuniga ko’ra qonda kislorod va karbonat angidrid erishiga nafaqat elektrolitlar, balki oqsillar , lipidlar va boshqa moddalar xam kuchli tasir etish mumkin. Dengiz satxidan 40 metr pastda umumiy bosim odatdagidan 4 marta ortiq, qondagi bosim xam shuncha marta ko’payadi. Agar g’ovvoz tepaga tez ko’tarilsa, uning bosimi juda tez pastga tushadi gazlarning eruvchanligi bu xolatda keskin kamayib qonda gazlarning pufakchalari paydo bo’ladi.bu pufakchalar tomirlarning tiqilishi va to’qimalarning zararlanishiga va xatto o’limga olib kelishi mumkin.

7 eritmalarni kolleativ xossalari. Eritmalarda qator xossalar borki, ular erigan modda tabiatiga emas, balki eritmaning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.Bunday xossalar eritmalarning kolligativ xossalari deyiladi.ideal holatga yaqinlashgan, ya’ni o ‘ta suyultirilgan eritmalardakolligativ xossalar deganda eritmalarning osmotik bosimi, e ritm asatliidagi bug‘ bosimining kamayishi, eritma qaynash temperaturasiningortishi, muzlash temperaturasining pasayish holatlari tushuniladi.Eritmalarning kolligativ xossalarini o ‘rganish erigan modda massasini,ularning dissotsiatsiyalanish darajalarini va assotsiatsiya qiymatlarinianiqlash imkoniyatlarini b e ra d I

8.diffuziya va uning biologic jarayonlardagi ahamyati Broun harakati ta’siri ostida eritmada zarrachalarning barobar taqsimlanish jarayoni diffuziya deb ataladi. Diffuziya faqat molekular eritmalardagina emas, balki kolloid-dispers eritmalarda ham bo‘ladi. Kolloid zarrachalar bir qadar osmotik bosimga ham sabab bo'ladi. Zarrachalar katta bo‘lganligi sababli konsentratsiyaning kichik bo'lishi ularning osmotik bosimi juda kam bo'lishiga olib keladi. Chin eritmalarga o'xshab, kolloid eritmalarda ham osmotik bosim erigan moddaning konsentratsiyasiga mutanosibdir.

9.osmos. osmotic bosim. Qonning osmotic bosimi. Osmosni ta’riflovchi 4 ta javob:1. eritma va erituvchi o'rtasida yarim o'tkazgich membrana mavjudligida kuzatiladi;2. idish devorlariga ko'rsatiladigan bosim osmotik bosim deyiladi;3. osmosda eritma hajmi ko'payadi;4. osmos — bu erituvchi molekulalarining eritmadagi bir tomonlama diffuziyasi.Erituvchining (diffuziya hisobiga) yarim o ‘tkazgich membranaorqali erigan modda konsentratsiyasi kam bo‘lgan eritmadan erigan modda konsentratsiyasi k o ‘p b o ‘lgan eritmaga o ‘z -o ‘zidan o ‘tishjarayonini osmos deb ataladi. Osmos holatini to ‘xtatish uchun eritmaga ta ’sir ettirish zarur bo‘lgan bosim qiymatiga osmotik bosim (P) deyiladi. Osmotik bosim osmometr yordamida o ‘lchanadi. Ilk bor o smo - metrni 1877- yilda Pfeifer yasagan. Osmotik bosim quyidagi omillarga bog'liq: - o ‘zgarmas temperaturada o sm o tik bosim erigan m o d d akonsentratsiyasiga (c) to‘g‘ri proporsional ( T = const, P = k - c)\ — konsentartsiya o ‘zgarmas bo ‘lganda osmotik bosim absoluttemperaturaga to ‘g‘ri proporsional (c = const, P = k • 7). Shu ikki holatga (ya’ni Posm temperatura va konsentratsiyagabog‘liqligiga) asoslangan holda Vant-Goff (1887-yil) o ‘z qonunini kashf etdi: eritmaning osmotik bosimi eritmada erigan moddaning g azholatida bo igan va eritma hajmiga teng bo igan hajmni egallagan holatdako ‘rsatadigan bosim qiymatiga teng bo iadi. Osmotik bosim qiymati bog‘liq bo'lgan 3 ta omil: I. eritma hajmiga; 2. haroratga; 3. erigan modda miqdoriga Biologik sistemalarda standart eritma sifatida osmotik bosimi 740-780 kPa (7,6—7,8 atm) b oigan hujayra ichi suyuqligi (qon) qabul qilingan. Organizmdagi biosuyuqliklarning osmotik bosim qiymati ularda erigan quyi molekulyar va kolloid holatdagi yuqori molekular moddalar ( asosan oqsillar) hisobiga keiib chiqadi. Qon va to ‘qimalar orasidagi suv almashinuvi zardob tarkibidagi oqsilmolekulalarining miqdori bilan belgilanadigan onkotik bosim (kolloidosmotik bosim) hisobiga sodirbo‘ladi va u umumiy bosim qiymatining taxminan 0,5% ini tashkil qiladi. Odam qon-tom ir sistemasining onkotik bosimi qiymati taxminan 4 kPa, to ‘qima va limfa suyuqliklarinikiesa 1,33 kPa ni tashkil etadi. 0.86% li NaCl eritmasining osmotik bosimi qonning osmotic bosimiga teng, ya’ni bu eritma izotonik eritma hisoblanadi. Glukozaning 4,5—5% li eritmasi ham izotonik eritmadir. Bu eritmalarniodam organizmiga ko‘plab (litrlab) quyish mumkin. Odam organizmidagi osmotik bosimni doimiy saqlanib turishi

izoosmiya deyiladi

10.plazmoliz va gemoliz hodisalari. Organizmdagi plazmoliz hodisasini aks ettiruvchi 4 ta javob:1. qonga gipertonik eritma quyilganda kuzatiladi;2. hujayra ichidagi osmotik bosim hujayra tashqarisidagidan kichik bo'lib qoladi;3. hujayra burishib qoladi;4. suv molekulalari hujayra devorlari orqali atrofdagi eritmaga qarab yo'naladiOrganizmdagi gemoliz hodisasini aks ettiruvchi 4 ta javob:1. hujayraning yorilishi kuzatiladi; 2. hujayra ichidagi osmotik bosim hujayra tashqarisidagidan yuqoriroq bo'ladi;3. suv molekulalari atrofdagi eritmadan hujayra ichiga qarab yo'naladi;4. qonga gipotonik eritma quyilganda kuzatiladi.

11gipo,giper,izotonik eritmalar . 1.gipotonik eritma — osmotik bosimi standart eritmanikidan pastroq bo'ladi;2. gipertonik eritma — osmotik bosimi standart eritmanikidan yuqoriroq bo'ladi;3. izotonik eritma —osmotik bosimi standart eritmaning osmotik bosimiga teng.Eritmalar osmotik bosim qiymatiga ko‘ra:1) izotonik P, . = P . ' s t a n d osm 2) gipertonik Pshmo < Pmm. 3) gipotonik PsUmd > Posm eritmalar turiga bo‘linadi

12,13 savollar ciqarilgan

14.vodorod k6rsatkich . Toza suv elektr tokini juda oz o ‘tkazadi. Bunga sabab, suv kuchsiz elektrolit bo‘lib, ionlarga ju d a kam dissotsiatsiyalanadi: 2HzO ^ H3 0 + + OH yoki soddalashtirilgan holdaH20 ^ H+ + OH .Suvning dissotsiatsiyalanish konstantasi quyidagiga teng:^ c(H+) c(OH ) ^ _ 1 0 1 fl-i6Kdiss ~ c (H 20 ) ’ diss _ ’ Bu yerda c(H20 ) suvning dissotsiatsiyalanmagan molekulalarikonsentratsiyasi bo‘lib, uning miqdori 1 / suv uchun1000 g = 5. 5. ,.5.5 mol,18 g /m o lga teng.22 °C da suv uchun K = 1,8 1O 16 deb qarab,tenglamani quyidagichayozish mumkin:

K ct(H20 ) = c(H+) • c (O H ') = 1,8 • 10“ 16 • 55,55 = 1(T14.

Bundan À’njQ = c(H +) c(OH) = 1014,KH o — suvning ion k o ‘paytmasi.Shunday qilib, suvda H + va OH ionlari konsentratsiyalariningko‘paytmasi doimiy qiymatga ega. U 22 °C da 10-14 ga teng. Eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasining manfiy ishorabilan olingan o ‘nlik logarifmi vodorod k o ‘rsatkich yoki pH deyiladi:

pH = —lg c(H+).

Masalan, c (H +) = 10~ 3 bo‘lsa, pH = —lg 10~ 3 = 3 lg 10 = 3.metilzarg‘aldog‘i indikatori kislotali muhitda pH < 3,1 bo ‘lgandapushti rangli, pH > 4,4 bo‘lganda sariq rangli bo‘ladi. Fenolftaleinindikatori pH < 8 bo‘lganda rangsiz, pH > 9,8 b o ig an d a to ‘q pushtiranglidir. Lakmus qog‘ozi esa kislotali muhitda pH <5 bo'lgandaqizil, neytral muhitda 5< pH < 8 pushti, ishqoriy muhitda pH > 8ko‘k rangli boladi.

15. buffer eritmalar. Tasir mexanizmi.oz miqdorda kuchli kislota yoki ishqor qo’shilganda xam o’zining pH qiymatini o’zgartirmay saqlab qolishiga buffer eritmalar deyiladi qonda gemoglabin, oksigemogilabin, protein va fosfat buffer eritmalar mavjud fosfatli buffer eritma umumiy qon buffer sig’imining 1 ni tashkil qiladi buffer eritmalar tirik organizmni normal xayot faoliyati uchun juda zarur xisoblanadi. KISLOTA VA ASOS ERITMALARINING PH QIYMATI VAQT O‘TISHI BILAN O'ZGARIB QOLADI. BUNGA ASOSIY SABAB HAVODAGI TURLI GAZLARNING KISLOTA YOKI ASOS ERITMASIGA YUTILISHI YOKI IDISH DEVORLARIDAN BA’ZI MODDALARNING ERIB ERITMAGA O'TISHIDIR. MASALAN, HAVODAGI CO2 NING ERISHI TUFAYLI NAOH PH QIYMATINING O‘ZGARISHIGA ASOSAN QUYIDAGI REAKSIYA SABABCHI BO‘LADI:

NAOH + CO2 = NAHCO3 AMMO SHUNDAY ERITMALAR BORKI, ULAR NAFAQAT HAVODAGI GAZLARNING ERISHI, HATTO OZ MIQDORDA KUCHLI KISLOTA YOKI ASOS QOSHILGANDA HAM O'ZINING PH QIYMATINI O'ZGARTIRMAY SAQLAY OLADI. ERITMANING BUNDAY XOSSASI BUFER TA’SIRLANISH DEB ATALADI. BUFER TA’SIRGA EGA BO'LGAN ERITMALAR BUFER ERITMALAR DEYILADI.

16.bufer sig’imi formulasi ahamyati. Bufer sistemaning reaksiya muhiti o ‘zgarishiga qarshi turishi buffer sig‘im bilan aniqlanadi. Bufersig‘im 1 / bufer eritmaning /?//qiymatinidastlabki ko‘rsatkichiga nisbatan bir birlikka o ‘zgartirish uchun qo‘shiladigankuchli kislota yoki kuchli asosning mol ekvivalent miqdori bilan belgilanadi: B=c/Ph1-ph0, mol/l bu yerda: B — bufer sig‘imi; c — kuchli kislota yoki asos miqdori,mol//; pH0 — kislota yoki asos qo‘shilgunga qadar bo‘lgan eritmaningvodorod ko‘rsatkichi; pH x — kislota yoki asos qo‘shilgandan keyingieritmaning vodorod ko‘rsatkichi.Biifemi tashkil etiivchi kislota (asos) va tuz konsentratsivasimngojfíshOilan-^istemanmg, bufer sig‘imI^rtacR7''Sh"unday qilib, buferaralashmaning pH qiymati faqat komponentlar nísBatT va kuchsizkislota yoki asosning dissotsiatsiya konstantasiga (Km¡s), bufer sig‘imiesa komponentlar nisbati va ularning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.Biologik sistemalardagi bufer eritmalarning pH qiymati quyidagitenglama bilan aniqlanadi:

p H = pK{] + lg ¿(protón akseptori) , mol//.

c(proton donori)

17-18 malumot topolmadim uzr

19asidoz va akaloz . Har xil kasalliklarda pH ning kislotalik tomonga o‘zgarishi — atsidoz, ishqoriy tomonga o'zgarishi — alkaloz deb ataladi. pH ning o‘zgarishi birinchi navbatda fermentlar faolligiga ta’sir ko'rsatadi. Har birfermentning faolligi ma’lum pH ning qiymatiga bog'liq boiadi. Har bir fermentning o‘zi muhit pH iga qarab har xil, bir-biriga qarama-qarshi jarayonlarni tezlashtirishi mumkin. Masalan, to‘qimadagi katepsin pH = 7 bo'lganda oqsil hosil bo‘lish tezligini oshirsa, pH<7 bo‘lganda uning parchalanishini tezlashtiradi.

20biogen elementlar klassifiatsiyasi . Biogen elementlar jonli organizmning tarkibiy qismi boiib uning to'rli funksiyalarini ta’minlovchi birikmalar qurilishida ishtirok etuvchi elementlardir. Jonli tabiatning 99% davriy sistemaning dastlabki 20 elementidan eng ko‘p tarqalgan 12 tasidan tarkib topgan. Ular asosiy yoki «qurilish» elementlari bo'lib, jonli materiyada tarkibida ko‘p miq- dorda uchrashi birinchi navbatda ularning biosferadajuda ko‘p miqdorda uchrashi bilan bog'liq. Bulardan tashqari hamma organizmlar tarkibida anchagina og‘ir elementlar topilgan. Tabiatda uchraydigan 92 elementdan 81 tasi odam organizmida bor. Shulardan 15 tasi (temir, yod, mis, rux, kobalt, xrom, molibden, nikel, vanadiy, selen, marganes, margimush, ftor, kremniy, litiy) essensial, ya’ni hayot uchun zarur elementlar hisoblanadi. Boshqa to‘rttasi (kadmiy, qo‘rg‘oshin, qalay, rubidiy) es- sensiallikka muhim nomzoddir.Inson va hayvon organizmdagi biosistemalar tarkibiga kirib, ularning hayot faoliyatida katta ahamiyat kasb etadigan elementlarga biogen elementlar deyiladi. Shu kungacha ma’lum bo'lgan kimyoviy element- larning 80 dan ortig'i tirik organizm hayotida muhim o‘rin tutadi. Ular shartli ravishda 3 guruhga boiinadi.Birinchi guruh makroelementlar deb ataladi. Ular organizmda 1,0% dan ortiq bo‘Iib, bu guruhga 0, C, H, N, P, Ca (yoki S) elementlari kiradi. Ular yig'indisi hujayralar tarkibining 96,3% ni tashkil qilib, nuklein kislotalar, karbon suvlar, yog‘, oqsil molekulalarining hosil bo'Iishida asosiy vazifani bajaradi.Ikkinchi guruhga odam organizmdagi miqdori 0,01% dan to 1,0% gacha bo'lgan 6 ta element (K, S, Na, Cl, Mg, Fe) kiritilib, ular oligobiogen elementlar deb ataladi.Uchinchi guruh mikrobiogen elementlar deb atalib, bu guruhga organizmdagi miqdori 0,01% dan kam bo‘lgan biogen elementlar kiritilgan (Cu, Mn, Mo, Zn, F, Br, I, Co va boshqalar).

21. Organizmda xlor ionining miqdori ko'p bo'lib, qolgan biogen elementlar B, F, Si, As, Se, Br, I juda oz miqdorda bo'ladi. Shunga qaramay bu elementlar organizm bir me’yorda ishlashida juda muhim hisoblanadi. Ftor, brom, yod. Ftor asosan tog‘ jinslarida, tuproqda, toza ichimlik va dengiz suvlarida, havoda, hayvon to'qimalarida va o‘simliklar organizmida uchraydi.



22. Davriy sistemaning s-elementlar joylashgan 4 ta guruhi:I. I A; 2. II A; 3. VII A; 4. VIII A; s-Elementlarning 4 ta xususiyati:1. ular kimyoviy jihatdan juda aktiv;2. erkin holda uchramasdan, tabiatda ko'p sonli birikmalar tarkibida uchraydi;3. ikkita tashqi elektroni zich ekranlashtirilgan bo'lib atomdan oson ajraladi;4. bir va ikki zaryadli musbat ion hosil qiladi. I A guruhga kiruvchi 5 ta ishqoriy metall:I. Li; 2. Na; 3. K; 4. Rb; 5. Fr. I A guruh elementlarining 5 ta xususiyati:1. elementlarning atomlari bitta valent elektronga ega;2. atom va ionlarining o'lchami kattaroq;3. metallik xossasi kuchliroq namoyon bo'ladi;4. oksidlanish darajasi +1;5. ion bog'lanish ular uchun ko'proq xosdir. II A guruh elementlarining 5 xususiyati:1. ular uchun asosan ionli bog'lanish xosdir;2. ularning birikmalarida kovalent bog'lar miqdori ishqoriy metallar birikmalaridan ko'proq;3. radiusi kichik va zaryadi yuqori bo'lgan ionlar kompleks hosil qilish xususiyatiga ega;4. ularda tabiiy izotoplar soni ko'p;5. havo kislorodi bilan oson oksidlanadi.I A va II A guruh elementlar oksidlari olinishining 3 ta usuli: 1. kislorod tanqisligida; 2. metali va peroksidlarni o'zaro qizdirganda; 3. ularning tuzlarini termik parchalaganda

23 H bog’lanishVodorod bog‘lanish. Biror molekulaning vodorod atomi bilan boshqa molekulaning kuchli elektrmanfiy element (O, F, N) atomi orasida yuzaga chiqadigan bog‘lanish vodorod bog‘lanish deb ataladi.Nima sababdan faqat vodorod atomi ana shunday alohida kimyoviy bog‘lanish hosil qiladi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Buning sababi, vodorod atomining radiusi nihoyatda kichik ekanligida, deb javob bersa bo‘ladi. Undan tashqari, vodorod atomi o‘zigina elektronni siljitsa yoki batamom yo‘qotsa, u nisbatan yuqori musbat zaryadga ega bo‘ladi; biror molekulaning vodorod atomi ana shu musbat zaryad hisobiga, qisman manfiy zaryadga ega bo‘lgan va boshqa molekula (HF, H2O, NH3)lar tarkibiga kirgan elektrmanfiy element atomi bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Ba’zi bir misollarni ko‘zdan kechiramiz. Biz, odatda, suv tarkibini kimyoviy formula H2O bilan tasvirlaymiz. Lekin bunday ifodalashimiz u qadar to‘liq emas. Suvning tarkibini (H2O)n formula bilan ko‘rsatsak, to‘g‘ri ish qilgan bo‘lar edik (bu yerda n =2,3,4 va hokazo). Buning to‘g‘ri ekanligining sababi shundaki, suvda ayrim molekulalar bir-biri bilan vodorod bog‘lanishlar orqali birikkan bo‘ladi. Buni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:Vodorod bog‘lanishni nuqtalar shaklida tasvirlash qabul qilingan. Bu bog‘lanish ion va kovalent bog‘lanishlarga qaraganda anchagina bo‘sh, lekin oddiy molekulalararo o‘zaro ta’sirga qaraganda ancha mustahkam bog‘lanish hisoblanadi.Тemperatura pasayganda suv hajmining kattalashishi vodorod bog‘lanish mavjudligi bilan tushuntiriladi. Buning sababi shundaki, temperatura pasayganda suv molekulalari assotsilanadi. Natijada molekular „uyumlar“ ning zichligi kamayadi.

24 Shifobaxsh mineral uv Ularning tib axamiyatiSuv — erituvchi, uningsiz sanoat jarayonlarini ham tasavvur qilish qiyin. Suv juda ko‘plab kimyoviy reaksiyalar amalga oshishi uchun ajoyib muhit bo‘lib hisoblanadi. Suvsiz terini oshlash va qayta ishlash, gazlamalarni ohorlash va bo‘yash, sovun va boshqalarni ishlab chiqarish mumkin bo‘lmay qolar edi.

Suv tibbiyotda turli dorivor eritmalar tayyorlashda va ulardan turli kasalliklarni davolash-da qo’llaniladi. Oddiy minerallashtirilgan suv har xil dorivor tuzlar eritmasi bo‘lib, bir qancha kasalliklarni davolash, oldini olish uchun iste’mo‘l qilinadi.

Turli moddalarning suvli eritmalari inson hayotini turli qulayliklar bilan ta’minlashda keng ishlatiladi, masalan, kislota va asoslar eritmalari oddiy energetik akkumulyatorlarda qo‘llanilib, harakat vositalari, avtomobillarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.


26.Na va kaliy ionlari Natriy va kaliy I gurahning biogen s- elementlari ho'lih, organizm­ ning normal faoliyati uchun juda muhim hisoblanadi. Ular odamning barcha organlarida mavjud. Bu elementlar makroelementlardir. Natriy ion k o ‘rinis{iid a turli biomolekulalar tarkibiga kiradi. Odam orga-

nizmida unang miqdori 0,25% ni tashkil etadi. Natriyga 1 sutkadaboigan talab 4—7 g dir. Natriyningqondagi miqdori 0,32% ni tashkil qiladi. Uning ionlari organizmda suvni bir me’yorda ushlab turishga yordam beradi. U Mg2+, Ca2+, K+, Cl~, ionlari bilan birga nerv impulslari o‘zlashtirilishida va mushaklarning normal holatini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Kaliy ioni hujayraning ichki suyuqliklari tarkibiga, natriy ioni esa hujayralararo suyuqlik tarkibiga kiradi. Qattiq kuyish oqibatida kelib chiqadigan shok holatlarida K+ ionlarining shu suyuqliklarda etishmasligi kuzatiladi. Kaliy ionlari yurak va miyaning normal hayot faoliyati uchun zarurdir. Na+ ionlari fosfat kislota birikmalari va organik kislotalar o'rtasidagi kislota-asosli muvozanatni saqlaydi. Kaliy ioni piruvatkinaza fermenti bilan birga fosfoenolpiruvatni enolpiruvatga aylantirishda ishtirok etadi. ßu organizm ucun eng muhim bo‘lgan jarayonlardan birini oxirgi reaksiyasi hisoblanadi. Organizmga Na+ va K+ ionlari sabzavot va mevalar bilan kiradi. II guruh biogen 5- elementlari - Mg va Ca makroelementlardir.



Download 78.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling