soat davom etadi va shu sababdan respondentlaiga suhbatdan so’ng sovg’a topshirish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Guruh ishtirokidagi intervyu esa bir necha (odatda 4-12 kishidan iborat guruh)
shaxslar ishtirokida, ular fikrini aniqlash, umumlashtirish, yagona maslakni
ta’minlash maqsadida uyushtiriladi. Guruh ishtirokidagi intervyu olib boruvchi
muloqatga usta, notiq va fikrlami mantiqan umumlashtirishda yuksak qobiliyat
sohibi bo’lishi nazarda tutiladi. Bunday suhbat videolentaga yozilishi va keyinchalik
to’g’ridan-to’g’ri rahbariyatga taqdim etilishi ham mumkin. Bunda so’ralayotgan
obyektning o’zi, o’z fikrlarining asoslashlari yaqqol ko’rinib turadi. Masalan,
yangi avtomobilning ichki jihozlari, uning qulay dizaynda yasalishi bo’yicha ko’p
yillik haydovchilar bilan gurnhli intervyu o’tkazish.
Marketing tadqiqotlarida so’roq uslubi ko’p jihatdan anketa (so’rov
varaqasi) vositasida ko’p tashkil etiladi. Anketa o’z ichiga tayinli tizimga solingan,
mantiqan bog’langan savollar ko’lamini olib, asosan ikki shaklda axborotlar
to’plashga xizmat qiladi. Birinchi shakl axborot olish davrida respondent
javoblarini maxsus mutaxassis og’zaki so’rab, belgilab, umumlashtirib borishga
asoslanadi. Ikkinchi yozma shaklida esa, taqdim etilgan anketa savollariga bevosita
respondentning o’zi, guruhlarga ajratilgan muqobil javoblami belgilaydi.
Ko’pgina yirik firmalar va marketing tadqiqotlari bo’yicha ixtisoslashgan
tashkilotlar anketa vositasida quyidagi yo’nalishdagi muammolar bo’yicha
tadqiqotlami tashkil etadilar:
-xaridorlaming yangi tovarlarga nisbatan munosabati, qanoatlanish darajasiga
oid izlanishlar;
-xaridorlaming muayyan tovar assortimenti turi bo’yicha ta’minlanishi,
ulardan foydalanish muddatlarini aniqlashga yo’naltirilgan izlanishlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |