I. Ma’ruza materiallar 1-mavzu. Tabiat bilan tanishtirish metodikasining fan sifatida shakllanishi


Download 24.92 Kb.
bet4/4
Sana11.05.2023
Hajmi24.92 Kb.
#1455103
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Abu Ali ibn Sino (980-1037) yirik qomusiy olim sifatida tanilgan. Uning 450 ta asari mavjud bo'lib, bizgacha 240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» shox asari tibbiyot ilmining qomusi bo'lib, o'rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho'qqisi bo'lib hisoblanadi.
Ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur «Kitobashshifo», ya'ni «Davolash kitobi» asarida bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, ekologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Ibn Sinoning tog'larning vujudga kelishi, yer yuzining davrlar o'tishi bilan o'zgarib borishi, zilzilaning bo'lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta hissa qo'shdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530). Bobur nafaqat shoir balki podsho, ovchi, tarixchi, bog'bon va tabiatshunos bo'lgan. «Boburnoma» asarida Bobur o'zi ko'rgankechirganlari, yurgan joylari tabiati, boyligi, urfodati, hayvonoti, o'simliklarini tasvirlagan. Asarda yer, suv, havoga tegishli xalq so'zlari ko'plab uchraydi.
Bobur o'z asarida joyning geografik o'rni, qaysi iqlimga mansubligi, o'simliklari, hayvonlari haqida bayon etgan va O'rta Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug'doy, o'rik, nok va mevalarning bir necha navlari borligi haqida ta'kidlagan.
Asarda Bobur borgan joylarining tabiati va o'ziga xos xususiyatlarini Andijon bilan taqqoslagan, hamda O'rta Osiyo, Afg'oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonot dunyosi haqida batafsil bayon etib bergan.


Nazorat savollari.

1. Tabiat haqida tushuncha bering.


2. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining tabiat bilan tanishtirish haqidagi ta’limotlarini yoritib bering?
3. Z.M.Bobur tabiat haqida nima degan?
4. Abu Ali ibn Sino tabiat haqida nima degan?
5. Abu Rayhon Beruniy tabiat haqida nima degan?


Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Djanpeisova G.E., Rasulxo’jaeva M.A. Tabiat bilan tanishtirish. T.: Innovasiya Ziyo, 2020.-320 b.
2. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo’stoni 2013.
3. Z. N.Kayumova. Maktabgacha pedagogja. T.: TDPU 2013.
4. Yusupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: O’qituvchi. 1995.
5. Rasulxo’jaeva M. A. Bolalarni xayvonot olami bilan tanishtirish orkali axloliy sifatlarini shakllantirish texnologiyasi. T.: “Ilm-Ziyo-Zakovat”, 2020 y.
6. L. Ch Rajabova, M. A. Muxtorova Buxdu, SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601
Download 24.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling