I-ma’ruza. Neft emulsiyalarini hosil bo‘lishi va ularni tasniflari. Reja


Download 257.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi257.6 Kb.
#1367029
  1   2   3   4
Bog'liq
1-МАЬРУЗА



I-MA’RUZA. 
Neft emulsiyalarini hosil bo‘lishi va ularni tasniflari.
REJA: 
1.1.Umumiy tushunchalar.
1.2.Neft va gazning hosil bо‘lishi tо‘g‘risidagi gipotezalar.
1.3.Neft va gaz hosil bо‘lishining noorganik nazariyasi 
1.4. Neft va gaz hosil bo‘lishining organik nazariyasi 
1.5. Neft emulsiyalari. Emul’siyalarni hosil bо‘lishi va ularni tasniflari. 
 
1.1. Umumiy tushunchalar 
Neft va gaz sanoati xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning 
rivojlanishi davlatimizning iqtisodiy salohiyatini belgilaydigan sohalardan biridir. 
Keyingi yillarda Respublikamizning neft va gaz sanoati juda tez sur'atlar bilan 
rivojlanib bormoqda, neft va gazni qazib chiqarish miqdori ancha o‘sdi hamda neft 
mustaqilligiga erishildi. Respublika hududidagi konlardan qazib chiqarilayotgan 
tabiiy gaz barcha turdagi ishlab chiqarish korxonalari va aholining gazga bo‘lgan 
talablarini qondirish bilan bir qatorda xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda. 
Neft va gaz qazib chiqarishning o‘sishi yangi neft va gaz uyumlari va konlarini 
ochish va konlarni ishlatish samaradorligini oshirish hamda zaxiralardan 
foydalanish darajasini ko‘paytirishning yangi usullarini qo‘llash kabilar evaziga 
erishilmoqda. Bunday murakkab masalalarni yechishda neft va gaz geologiyasi va 
qidiriv ishlari muhim o‘rin tutmoqda. 
Neft va gaz uyumlarini geologik tadqiq qilish usullari so‘nggi yillarda jadal 
mukammallashdi. Neft va gaz konlarini loyihalash va ishlatishni tahlil qilish hozirgi 
kunda to‘liq kon geologiyasi ma'lumotlari asosida amalga oshiriladi. Keyingi 
yillarda yangi neft va gaz konlarini aniqlashda quduqlar kesimini mufassal 
taqqoslash yo‘li bilan yer osti qatlamlarini xaritalash ishlari kon geologiyasi 
tadqiqotlaridan foydalanilgan holda olib borilmoqda.
Geologiya - bu litosferaning tarkibi va tuzilishi, ichki va va tashqi yuzalarida 
sodir bo‘ladigan jarayonlar, bu jarayonlarning sabablari, sodir bo‘lish qonuniyatlari 
va rivojlanish bosqichlari hamda yerning tarkibi, tuzilishi va rivojlanish 
qonuniyatlarini o‘rganadigan sohadir. Geologiya yer bag‘ridagi barcha turdagi 
foydali qazilmalarning konlarini, shu jumladan neft va gaz konlarini, izlash va 
qidirish hamda ularni ishlatish uchun nazariy asos hisoblanadi. 

Download 257.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling