I-ma’ruza. Neft emulsiyalarini hosil bo‘lishi va ularni tasniflari. Reja


 Neft va gaz hosil bo‘lishi to‘g‘risida gipotezalar


Download 257.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.04.2023
Hajmi257.6 Kb.
#1367029
1   2   3   4
Bog'liq
1-МАЬРУЗА

 
1.2. Neft va gaz hosil bo‘lishi to‘g‘risida gipotezalar 
Neft va gazning kelib chiqishini uyg‘unlashtirish muhim nazariy va amaliy 
ahamiyatga ega. Neft geologiyasining asoschisi M.M. Gubkin o‘zining «Uchenie o 
nefti» kitobida neftning hosil bo‘lishi muammolarining amaliy ahamiyatiga shunday 
baho beradi: «Tabiatda neftning hosil bo‘lishini to‘g‘ri topish biz uchun faqatgina 
ilmiy-nazariy qiziqish bo‘lib qolmay, balki birinchi darajali amaliy ahamiyatga ega. 
Qachonki, biz natijada neft hosil bo‘ladigan jarayonlarni to‘g‘ri tasavvur qila olsak, 
shundagina yer qobig‘ida uning uyumlari qanday hosil bo‘lishini bilamiz, neft 
to‘planishi uchun qulay qatlamlarning barcha tuzilma shakllari va litologik 


xususiyatlari bilan tanishamiz hamda shu ma'lumotlar majmuasida neftni qanday 
joylarda izlash va uni qay yo‘sinda maqsadga muvofiq qidirishni 
tashkillashtirishimiz hakida ko‘rsatmalarga ega bo‘lamiz». 
Neft va gazning kelib chiqishi haqiqatdan ham ularni izlov-qidiruv ishlarini 
amalga oshirishning ilmiy asosi hisoblanadi. 
Bu muammolarni yechishga XX asrning 90 yillarigacha ikkita prinsipial 
yo‘nalishda yondoshish mavjud bo‘lgan. Birinchi yo‘nalish uglevodorodlar 
uyumlarining hosil bo‘lishi uchun boshlang‘ich material biosferaning organik 
moddalari xizmat qiladi deb hisoblansa, ikkinchi yo‘nalish noorganik yo‘l bilan 
hosil bo‘lishini ta'kidlaydi. Neft va gazning genezisi to‘g‘risidagi ko‘p savollarga 
hozirgacha to‘liq javob berilmagan. 
1.3. Neft va gaz hosil bo‘lishining noorganik nazariyasi 
1877 yilda D.I. Mendelev uglevodorodlarning noorganik yo‘l bilan hosil 
bo‘lishi birinchi gipotezasi - karbid gipotezasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra 
uglevodorodlar quyidagicha hosil bo‘ladi: planetamizning metall yadrosiga 
darzliklar bo‘ylab suv sizib o‘tadi va u yerda metall karbidlari bilan reaksiyaga 
kirishib ularning oksidlarini hamda uglevodorodlarni hosil qiladi, masalan: 
 (1.1) 
Uglevodorodlar gaz holatda yerning yuqori sovuq qismlariga ko‘tariladi va 
darzliklar, bo‘shliqlar va g‘ovaklarda to‘planib uyumlarni hosil qiladi. 
Neftning noorganik yo‘l bilan hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi boshqa bir gipoteza - 
kosmik gipoteza 1892 yilda V.D.Sokolov tomonidan oldinga surildi. Bu gipoteza 
bo‘yicha uglevodorodlar o‘tmishda yer yonuvchan –suyuq holatda bo‘lgan paytda 
uning gaz qobig‘ida mavjud bo‘lgan. Ular yerning qotish jarayonida qotuvchi 
substraklarga yutilgan va yer qobig‘ining yuqoridagi (ko‘proq) yaxshiroq qotgan 
qatlamlarida joylashgan. 
Bu ikkita asosiy gipoteza asosan XIX asrning oxirida tuzilgan bo‘lib, keyingi 
yillarda ular rus geologlari N.A.Kudryavsev, P.A.Kropotkin, V.B.Porfireva va 
boshqalar tomonidan qayta o‘zgartirildi va ahamiyatga molik darajada yangilandi. 
N.A.Kudryavsev kiritgan taklif bo‘yicha (1966-1967 y), protoplaneta 
materiallari bilan birga qotuvchi barcha organik birikmalar magmada uglerod va 
vodorodga aylanadi, keyinchalik SN, SN
2
, SN
3
radikallarni hosil qiladi va yer 
qobig‘ida (magmadan chiqib) polimerlanish va sintez jarayonlari ta'sirida 
uglevodorodlarning neftli qatorini hosil qiladi. 
P.N.Kropotkinning fikricha, (1955, 1976 y.) uglevodorodlar azon va geliy 
singari yer qobig‘ining chuqur zonalarida bo‘lib o‘tadigan differensiatsiyalarning 
yuqori zonalariga ko‘tarilib neft hosil bo‘ladi. 
Neftning noorganik yo‘l bilan hosil bo‘lish gipotezalarida qotayotgan 
magmada metanning mavjud bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi holatgina diqqatga 
sazovor xolos, lekin metanga nisbatan uglevodorodlarni yonuvchan–suyuq 
moddaning termodinamik sharoitlarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Shuni 
ta'kidlash kerakki, har qanday noorganik gipotezalar tomonidan nima uchun har xil 
8m
3n
4
3
2
m
n
m
H
C
+
O
mFå
O
H
4
+
C

3



uyumlardagi neft to‘plamlari bir-biridan kimyoviy tarkibi bilan farq qilishi, bir 
stratigrafik komplekslardagi har xil konlardan olinganlari esa o‘zaro to‘g‘ri kelishini 
tushuntirib bo‘lmaydi. Bu faktlarni faqat neft hosil bo‘lishining organik gipotezasi 
bilangina tushuntirish mumkin. 

Download 257.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling