I-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi


Download 106.08 Kb.
bet11/11
Sana12.02.2023
Hajmi106.08 Kb.
#1191390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1.1. Предмет ва метод c8cef6c9c659254f943809f16162f5d7

Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiyot – cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog’liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi iqtisodiy tizim.
Ehtiyoj - insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyat.
Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to’plangan va mavjud bo’lgan ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar, qo’r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun – qoidalarini o’rganishdan iboratdir.
Iqtisodiy qonunlar - iqtisodiy hayotning turli tomonlarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchalar.
Uslubiyat – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning printsiplari, yo’llari, qonun – qoidalari, aniq hadislari tizimidir.
Ilmiy abstraktsiya – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo’llaniladigan usullardan biri bo’lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea – hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, asosiy o’rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga fikrni qaratishdir.


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:



  1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?

  2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?

  3. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering.

  4. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiylari hisoblanadi?

  5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o’rin tutadi?

  6. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yo’nalishlar vujudga kelgan?

  7. Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo’ladi?

  8. Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon bo’ladi?

  9. Iqtisodiyot nazariyasini o’rganishda qanday usullardan foydalaniladi?

  10. Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o’rtasidagi farq nimadan iborat?

1 А.Раззоқов, Ш.Тошматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 40-бет.

2 А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 42-бет.

3 А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002., 89-90-бет.

4 А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 147-149-бет.



11 Экономическая теория. (Учебник для ВУЗов). Санкт-Петербург, 1997, с.18.

22 Экономическая теория (политэкономия): Учебник/ Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, акад. Г.П.Журавлевой. – 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.31.

33 Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб. и доп. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, с.10.
4 Основы экономической теории. Политэкономия: Учебник /Под ред. д-ра экон. наук, проф. Д.Д.Москвина. Изд. 3-е, исправл. – М.: Едиториал УРСС, 2003, с.24.

5 Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005, с.55.



11 Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш - давр талаби. Т-5. -Т.: «Ўзбекистон», 1997. 179-бет.

22 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт - пировард мақсадимиз. Т.: «Ўзбекистон», 2000. 463-бет.

33 Каримов И.А. «Ўзбекистон буюк келажак сари». Т.: «Ўзбекистон», 1999. 187-бет.

11 Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш - давр талаби. Т-5. -Т.: «Ўзбекистон», 1997. 149-бет.

6 Бу усулнинг назарий ва амалий аҳамияти проф.Ш.Шодмонов, доц. Г.Баубекова томонидан чиқарилган «Инновационные методы в преподавании экономической теории» китобида батафсил баён этилган.

Download 106.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling