I-mavzu: Korxonalarning tashkiliy huquqiy asoslari Reja
Qaysi tarmoqqa qarashliligiga kо‘ra
Download 23.32 Kb.
|
1-Mavzu Korxonalarning tashkiliy huquqiy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyor mahsulotning maqsadlariga kо‘ra
- Hajmiga kо‘ra
Qaysi tarmoqqa qarashliligiga kо‘ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, kо‘mir qazib chiqarish, sug‘urta va hokazo) sohalariga mansub bо‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va kо‘rinishiga kо‘ra, korxonalar sanoat, qishloq xо‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bо‘linadi. Texnologik umumiyligiga kо‘ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida yurituvchilarga bо‘linadi. Tayyor mahsulotning maqsadlariga kо‘ra, barcha korxonalar ikkita katta guruhga bо‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar. Foydalaniluvchi xom ashyo turiga kо‘ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi. Yil davomida ishlash muddatiga kо‘ra, korxonalar mavsumiy va yil bо‘yi faoliyat yurituvchilarga bо‘linadi. Hajmiga kо‘ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi «О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va о‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi Farmoniga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish haqida»gi Farmoniga asosan ishlab chiqarish tarmog‘ining о‘rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bо‘lgan hamda xizmat kо‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi о‘rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bо‘lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi. Kichik korxona hisoblanadi: yengil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, qishloq xо‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan; fan, ilmiy xizmat kо‘rsatish, transport, aloqa, xizmat kо‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish xamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar. Ixtisoslashuv darajasiga kо‘ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bо‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar о‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi. Download 23.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling