I-mavzu: O‘rta asrlar tarixi kursining predmeti, manbalari va uni o‘rganishning ahamiyati


Download 470.5 Kb.
Sana19.09.2023
Hajmi470.5 Kb.
#1681229
Bog'liq
Jaxon tarixi 2 kurs 1-mavzu

  • Reja:
  • 1
  • O‘rta asrlar tarixi kursining predmeti, maqsadi va vazifasi.
  • 2
  • 3
  • O‘rta asrlar kursining manbalari va tarixshunosligi.
  • O‘rta asrlar tarixini davrlashtirish muammolari.
  • O‘rta asrlar tarixi odatda uchta katta bo‘limga bolinadi:
  • Ilk o‘rta asrlar - V asrdan boshlab taxminan XI asr oxirlarigacha bo‘lgan davrmi o‘z ichiga oladi. Bu davr feodal tuzumining tashkil topishi, feodal jamiyatining asosiy iqtisodiy hujayrasi bo‘lgan feodal pomestyesining vujudga kelishi, feodallar tabaqalarining va feodal iyerarxiyasi deb atalgan iyerarxiyaning tashkil topishi, o‘rta asr feodal Yevropasida asosiy mafkuraviy kuch bo‘lgan katolik cherkovi ta’sirining butun G ‘arbiy Yevropaga yoyilishi davridir.
  • O‘rta asrlarning ravnaqi - XI-XV asr o‘rtalarini o‘z ichiga oladi.
  • Bu davrda feodal ishlab chiqarish usuli qishloqda to‘la rivojlanibgina qolmay, balki sex hunarmandchiligiga va o‘ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo‘lgan o‘rta asr shaharlari ham rivojlanib, muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu tuzumning xususiyati shaharlarning feodallar hukmronligidan ilk xalos bo‘lishi, erkin shahar deb atalgan shaharlarning yoki respublika-shaharlarining vujudga kelishi bilan belgilanadi. O‘rta asrlarning birinchi davridagi siyosiy tarqoqlikka qarama-qarshi o‘laroq, ikkinchi davida markazlashgan yirik davlatlar tashkil topdi, shu bilan birga qirol hokimiyatining obro‘-e’tibori oshdi, tabaqalar vakilligi muassasalari vujudga keldi, tabaqali monarxiya deb atalgan monarxiyalar tashkil topdi. Dehqonlarning feodalizm chiriy boshlaganligi oqibatida ko‘tarilayotgan kuchli qo‘zg‘olonlari XIV va XV asrlardagi G ‘arbiy Yevropa jamiyatini larzaga keltirdi, bu qo‘zg‘olonlar ko‘pincha shaharlardagi pastki tabaqa elementlar - plebeylar harakati bilan qo‘shilib ketgan edi.
  • Keyingi o‘rta asrlar - XVI asrni va XVII asr birinchi yarmini o‘z ichiga olib, bu davr feodalizmning barxam topishi va feodalizm ichida kapitalizm elementlarinmg yetilishi davridir. Asosan mustaqil ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish vositalaridan mahrum qilishdan, ya’ni mehnatkashlarning ishlab chiqarish vositalarini ekspropriatsiya qilishdan iborat bo‘lgan dastlabki jamg‘arish davri, Yevropa reformatsiyasi deb atalgan davrdir, dehqonlarning XIV va XV asrlardagiga qaraganda yanada kuchliroq qo‘zg‘olonlari (dehqon urushlari) va ilk burjua inqiloblari davridir. Bu davrda Yevropada davlatning asosiy siyosiy formasi absolutizm bo‘lib, bu absolutizm xalq ommasining; kurashini bostirish uchun markazlashgan hokimiyatning kuchayishidan manfaatdor bo‘lgan dvoryanlarga tayanar hamda hokimiyatni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z qo‘liga olish uchun xalq yetarli darajada kuchli bo‘lmagan burjuaziya bilan ham ittifoqda edi.

Download 470.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling