I-mavzu: Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida


Download 1.73 Mb.
bet8/34
Sana30.03.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1310244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
ped tex OMK uz

Yo´Nalganlik


Ehtiyojlar, qiziqishlar, ideal, e’tiqod, etakchi motivlar, xulq-atvor va dunyoqarashda namoyon bo´ladi.

Bilim, ko´nikma va malaka

Bilish, o`qish faoliyati natijasida hayot jarayonida orttiriladi

Individual tipologik xususiyatlar

Temperament, xarakter va qobiliyatdan namoyon bo´ladi


Shaxs faoliyati va uning yo’nalishi
Shaxsning faoliyatini yo`naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog`liq bo`lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsning yo`naltirilganligi deb ataladi.
Shaxs yunalganligi – bu barqaror motivlar yig`indisi bo`lib, shaxs faoliyatini belgilaydi. Shaxs yo`nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va idealda xarakterlanadi.
Qiziqish – bilish ehtiyojini namoyon formasi bo`lib, u yangi faktlar bilan tanishishga, hamda borliqni aniq, chuqur va aniq aks etishiga yordam beradi.
Dunyoqarash – insonning qarashlari tizimi bo`lib, unda insonni atrofdagi dunyoga munosabati va bu dunyoda o`zining o`rnini anglash, kishilarga bo`lgan munosabati hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari, e’tiqodlari va printsiplari namoyon bo`ladi.
E’tiqod – insonni anglangan ehtiyoji bo`lib, u faoliyatga undaydi.
Ideal – bu namuna, intilishlarning eng yuqori cho`qqisi.
Intilish – birlamchi qiziqish, ehtiyojni hissiy kechirilishi, ob’ektga intilishidir.
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhit, tabiat, kishilar bilan o`zaro ta’sirga kirishadi. Ularni o`zgaradi, o`z faoliyatini yo`naltiradi. Ijtimoiy qonun-qoidalar, muhit, jamiyat talablariga rioya qilgan tarzda o`z - o`zini yo`altiradi, o`z oldiga maqsad qo`yadi, maqsadga intilish yo`lida uchraydigan qiyinchilik va to`siqlarni engib o`tishga harakat qiladi. Maqsadga yo`naltirilgan ongli faoliyatini amalga oshirishda moddiy, ma’naviy olam bilan faol tarzda muloqotga kirishadi. Ehtiyojlar asosida odamda faoliyatning motivlari, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq ichki turtki kuchlar paydo bo`ladi. Motiv odamni faoliyatiga, faolikka yo`naltiruvchi sababdir. Shaxs inson aniq maqsad sari intiladi, muayyan ishni bajaradi, uni natijasiga ega bo`lishga, uni qo`lga kiritishga o`z-o`zini yo`naltiradi.

SHaхs jamiyat a’zоsidir. U оmmaning sinfning ajralmas kismidir. U оmma bilan хarakatlanib tariхni yaratadi. SHaхs ijtimоiy bоyliklar yaratuvchidir.



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling