I. Mavzu rejasi: Elеktrоmаgnit induktsiya qоnuni
Download 438.61 Kb.
|
2-маьруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Elektrodinamik kuch (EDK)larni hisoblash usullari
2.2. Apparatlarning elektrodinamik chidamliligi deb, ularni qisqa tutashuv vaqtida hosil bo’ladigan kuchlarga qarshi tura olish qobiliyatiga aytiladi. Elektrodinamik chidamlilik - tokning amplituda qiymati idin bilan ifodalanadiki, buqiy manbada hosil bo’lgan kuch ta’sirida apparat detallaridagi mexanik kuchlanganlik yo’l qo’yish mumkin bo’lmagan qiymatlardan oshib ketmaydi. Shu tokning nominal tok amplitudasiga nisbati bilan ham ifodalanishi mumkin:
kdin= (2.9) 2.3. Elektrodinamik kuch (EDK)larni hisoblash usullari EDK ni hisoblashning ikki usulidan foydalaniladi. Birinchi holatda kuch tokli o’tkazgich va magnit maydonning o’zarota’sirlashuvi natijasi deb qaraladi. Agar i, A, tokli elementar o’tkazgich uzunligi dl, m, bo’lgan boshqa o’tkazgich tomonidan hosil qilinayotgan vaqtda T, sek, induksiyali magnit maydonida turgan bo’lsa, unga d , H, kuch ta’sir etadi. Uning qiymati: (2.10) bu yerda – uzunligi dl bo’lgan o’tkazgichdagi i – tok va magnit induksiyasi B vektorlari orasidagi burchak. dl vektorning yo’nalishi I tok yo’nalishi bilan mos tanlanadi. Boshqa o’tkazgich tomonidan hosilqilingan B magnit induksiya vektorining yo’nalishi parma qoidasi bilan aniqlanadi, dF kuchning yo’nalishi esa – chap qo’l qoidasiga ko’ra. 1.2-rasm. Tokli elementga ta’sir etuvchi EDK yo’nalishi L uzunlikdagi o’tkazgichga ta’sir etayotgan kuchni aniqlash uchun uning barcha elementlariga ta’sir etayotgan kuchlarni jamlash kerak bo’ladi: = (2.11) Agar o’tkazgichlar bir tekislikda yotgan bo’lsa, u holda va ifoda soddalashadi: = (1.12) Tavsiflangan usuldan foydalanish o’tkazgichning ixtiyoriy nuqtasidagi induksiyani analitik aniqlay olish imkoniyati bo’lgan vaziyatda qulay. Induksiyaning qiymati Bio-Savar-Laplas qoidasi bilan aniqlanadi. Ikkinchi usul tokli o’tkazgichlar tizimi orasidagi energetik balansdan foydalanishga qaratilgan. Agar tizim elektrostatik energiyasini hisobga olmasa va tok o’tkazgich konturlar deformatsiyasi yoki ularning EDK ta’sirida siljishidan keyin ham konturlardagi toklar o’zgarmay qoladi deb hisoblansa, u holda kuchni quyidagi ifoda yordamida aniqlash mumkin: = (1.13) bu yerda W – elektromagnit energiya; x – kuch ta’siridagi siljish; Tizim elektromagnit energiyasi har bir izolyatsiyalangan kontur magnit maydoni va konturlar orasidagi magnitli bog’lanish bilan ifodalanadi. Ikki o’zaro ta’sirlashuvchi kontur uchun: W= (1.14) bu yerda L1va L2 – konturlar induktivliklari; i1 va i2– ulardan oqib o’tuvchi toklar; M – o’zaro induktivlik. Tenglamaning birinchi va ikkinchi xadlari konturlarning energiyalarini, uchinchi xad esa ularning magnit bog’liqligi energiyasini ifodalaydi. (2.14) ifoda kontur ichidagi ta’sirlashuv kuchini, shuningdek konturning boshqa kontur bilan ta’sirlashuvi kuchini ham hisoblash imkonini beradi. Download 438.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling