I. Nazariy qism 3
Azot kislotasi haqida ma’lumot
Download 276.16 Kb.
|
Abduaziz work
1.2. Azot kislotasi haqida ma’lumotNitrat kislota, HNO3 - kuchli bir asosli kislota. Suvsizi beqaror suyuklik. Mol.miqdori-63,016. Suvsiz Nitrat kislotaning suyuqlanish temperaturasi - 41,59 °C, qaynash temperaturasi 84 °C, zichligi- 1,513 g/sm3. Nitrat kislota suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Suvsiz Nitrat kislota (98—100%li) xona haroratida tutab parchalanadi, bunda hosil boʻlgan NO2 dan havo sariq tusga kiradi. Nitrat kislota qaynatilganida ham parchalanadi. [3] 4HNO3 = 2H2O+4NO2T+O2T. (1) Amalda zichligi 1,44 g/sm³ boʻlgan 63— 65% li konsentrlangan kislota ishlatiladi. Nitrat kislota — kuchli oksidlovchi. Shu sababli metallarga taʼsir ettirilganda vodorod ajralib chiqmaydi. Konsentrlangan nitrat kislota qaytarilish mahsuloti har xil bo’lishi mumkin. Unga odatdagi sharoitda Fe, Al, Cr, Au va Pt ta’sir etmaydi. Cu, Ag, va Ag ni eritib, o’zi NO2 ga qadar qaytariladi. Sn, As, P, B kislotalarigacha oksidlanadi: Sn + 4HNO3 = H2SnO3 + 4NO2 + H2O (2) Suyultirilgan nitrat kislotaning oksidlovchilik xossasi juda kuchli, o’zi esa NO, NH4NO3 va boshqa mahsulotlargacha qaytariladi: 3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O (3) 4Mg + 10HNO3 = 4Mg(NO3)2 + NH4NO3 + 5H2O (4) PbS + 8HNO3 = 3PbSO4 + 4H2O + 8NO (5) 3HCl + HNO3 = 2H2O + 2Cl2 + NOCl (6) Platina ham zar suvida (3HCl*HNO3) eriydi. 3Pt + 4HNO3 + 12HCl= 3PtCl4 + 4NO + 8H2O (7) Eng muhimi nitrat kislotaning metallar bilan reaksiyasida vodorod ajralmaydi. Agar nitrat kislotaga metallmaslar ta’sir ettirilsa metallmaslar kislotalargacha oksidlanadi: S+6HNO3(kons)=H2SO4+6NO2+2H2O (8) Suyultirilgan nitrat kislota fosforni ortofosfat kislotagacha oksidlaydi: 3P+5HNO3+2H2O=3H3PO4+5NO (9) Uglerod nitrat kislota ta’sirida CO2 gacha oksidlanadi: 3C+4HNO3=3CO2+2H2O+4NO (10) Nitrat kislota tuzlari suvda yaxshi eriydigan oq qattiq moddalar. Ular selitralar deyiladi. NaNO3-natriyli selitra, KNO3- kaliyli, Ca(NO3)2-kalsiyli, NH4NO3- ammoniyli selitradir. Tuzlarining parchalanishi 3 xil: Eng aktiv metallarning (magniydan chapda turgan) nitratlari parchalansa nitritlar va kislorod hosil bo’ladi: 2KNO3 = 2KNO2 + O2 (11) Agar metallning aktivligi kamroq va metall Mg va Cu orasida joylashgan bo’lsa bu metallarning nitratlari parchalanishida metal oksidi, NO2 va kislorod hosil bo’ladi. 2Zn(NO3)2= 2ZnO + 4NO2 + O2 (11) Agar metallar aktivligi kam bo’lsa, nitratlarning parchalanishida metallning o’zi, NO2 va kislorod hosil qiladi: 2AgNO3= Ag + 2NO2 + O2 Hg(NO3)2= Hg + 2NO2 + O2 (12) Konsentrlangan nitrat kislota (HNO3) bilan xlorid kislota (NCl) aralashmasi, 1 hajm nitrat kislotaga 3 hajm xlorid kislota qoʻshilsa, "zar suvi" deb ataladigan kuchli oksidlovchi hosil bo'ladi: HNO3 + 3HCl=Cl2 + NOCl + 2H2O (13) Bu aralashma oltin va platinani hamda kislotalarda erimaydigan baʼzi metallarni eritadi. Labaratoriyada nitrat kislotaning tuzlariga yuqori konsentrasiyali sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi: 2NaNO3 + H2SO4=Na2SO4 + 2HNO3 (14) Nitrat kislota Sanoat miqyosida nitrat kislota olish uchun asosiy xom ashyo ammiak va havo hisoblanadi: 4NH3+5O2=4NO+6H2O 2NO+O2=2NO2 (15) Oksidlanish jarayoni 900 da katalizator ishtirokida olib boriladi. Boshqacha usulda azot va kisloroddan azot(II) oksidi, so’ngra uni NO2 gacha oksidlanishi ham mumkin. Hosil bo’lgan azot(IV) oksidi kislorod ishtirokida suvda eritiladi: 4NO2+O2+2H2O = 4HNO3 (16) O’g’itlar sifatida kalsiy nitrat – Ca(NO3)2 ishlatiladi. Ohakni nitrat kislota bilan neytrallash natijasida olinadi. Natriy nitrat – NaNO3 selitra sifatida ishlatiladi. Tabiiy holda faqat juda katta zahira holda uchraydi. Kaliyli selitra -KNO3 selitraning bir turi hisoblanadi. Suniy ravishda kaliy xlorid va natriy nitrat ta’siridan olinadi. Ammoniyli selitra - NH4NO3 ham ko’p ishlatiladi. Konsentrlangan nitrat kislota portlovchi moddalar, sulfat va fosfat kislotalar, aromatik nitrobirikmalar, boʻyagichlar olishda ishlatiladi. Nitrat kislota bugʻi nafasga tegsa zaharlaydi, terini kuydiradi. Konsentrlangan nitrat kislota organik moddalarga tekkanda portlaydi va yongʻin chiqadi. Download 276.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling