I. Nazariy savollar: Aloqa quduqlarida qanday gazlar bo‘lishi mumkin


Download 44.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.06.2023
Hajmi44.42 Kb.
#1463059
  1   2   3   4
Bog'liq
2-topshiriq



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” 
Fanidan 
AMALIYOT 
TOPSHIRIQ №2 
___ELY002-2__guruh 
Bajardi: Jumayev Bekzod 
Qabul qildi: Saidova Gulchexra 
Toshkent 2023 


4-variant 
 
I. Nazariy savollar:
 
Aloqa quduqlarida qanday gazlar bo‘lishi mumkin? 
Gazlar — modda holatlaridan biri. Har bir modda 
harorat 
va 
bosim 
oʻzgarishiga 
qarab qattiq, suyuq va gaz holatda boʻladi. Masalan, suv qattiq (
muz
), suyuq (
suv

yoki gaz holatda boʻlishi mumkin. Gazlar 
molekulalari 
siqiluvchan, harakatchan, 
zichligi juda kichik, birbiri bilan tez aralashadi. Gazlar tashqi taʼsir boʻlmaganda 
idish hajmining hammasini egallaydi. Gazlar molekulalari orasidagi tortishish 
kuchi qattiq va suyuq jism molekulalarinikidan ancha kichikdir. Normal sharoit 
(273, 15K temperatura va 101 105 Pa bosim)da gazlar zichligi suyukliklar 
zichligiga nisbatan 1000 baravar kam yoki gaz molekulalari orasidagi masofa 
suyuqliklarnikiga nisbatan 10 baravar katta boʻladi. Shunday boʻlsa ham normal 
sharoitda 1 sm3 gazda 310" dona molekula bor. Gazlar uchta kattalik: bosim hajm 
(V) va temperatura (T) bilan ifodalanadi. Bu kattaliklar maʼlum boʻlsa, gaz holatini 
aniqlash mumkin. r, V va T kattaliklarning oʻzgarishi bir-biriga bogʻliq. Holatining 
oʻzgarishiga qarab, gazlar har xil xususiyatli boʻladi. Mas, kuchli siqilgan gazning 
fizik xususiyatlari normal bosimdagi gaznikidan farq qiladi. Normal bosim va 
temperaturadagi gazlar holati Klapeyron tenglamasi ifodalanadi Bu tenglamada 
molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchi va xususiy hajmi hisobga olinmagan, shuning 
uchun bu qonunga boʻysunuvchan gazlar ideal gazlar deyiladi. Tabiatda ideal 
gazlar yoʻq, lekin normal sharoitdagi va yana ham yuqori temperatura va past 
bosimdagi gazlarga Klapeyron tenglamasini tatbiq qilish mumkin. Bosim juda 
yuqori va temperatura juda past boʻlgan sharoitda Van-der-Vaals tenglamasi R + -
jkW ʻ b) = f RT tatbiq qilinadi. Bunda Pi = -^g — molekulalarning oʻzaro 
taʼsiridan paydo boʻlgan ichki bosim, — molekulalarning xususiy hajmi; a — 
berilgan gazlar uchun oʻzgarmas kattalik. Van-der-Vaals tenglamasiga 
boʻysunuvchi gazlar real gazlar deyiladi. Normal sharoitda gazlarda issiqlik 
oʻtkazuvchanlik, diffuziya hodisalari va boshqa ichki hodisalar kuzatiladi. Bu 
hodisalar molekulalarning doimo tartibsiz harakati va bir-biri bilan toʻqnashuvi 
natijasidir Normal sharoitda gazlar oʻzidan elektr toki oʻtkazmaydi, lekin bosim va 
temperaturaning oʻzgarishi bilan gazlarning bu xususiyati oʻzgaradi. Har qaysi real 
gaz oʻziga xos kritik temperatura (Tk) gacha sovitilganda suyuqlikka aylanadi. 
Mas, suv uchun Tk=374,2°K, shunda suv bugʻ holatida, kislorod uchun 
TK=91,14°K, shunda u gaz holatida boʻladi va h.k. 
Gazlarning barcha turlari moddiy dunyoning ham energetik boshqaruvchisidir, 
chunki kislorod-azot gazlar aralashmasi yoqilgʻilarni (ichki energiyasi moʻl 


moddalar majmuasi) turli sohalarda yoki umuman tabiatda yonishi (vulkanlar 
harakati, katta oʻrmon hududlarining oʻt olishi va boshqalar) maʼlum darajada 
planetamizning hozirgi energetik holatini ham boshqarib turadi. Gazlarning noyob 
oksidlanish va oksidlash, yoqish va yondirish, portlash va portlatish xossalaridan 
hayotimizda, xalq xoʻjaligida, texnikada va ulkan hajmdagi loyihalarni amalga 
oshirishda foydalaniladi. Gazlar chiroklari, lampalari, alangalatkichlari, oʻchoqlari, 
kavsharlagichlari, yoritkichlari, turbinalari, isitkichlari, dvigatellari, 
kondensatorlar, sovitgichlar, ochgichlar, turbinali elektr stansiyalar, turbinali 
avtomobillar, lokomativ turbovozlari, lazerlari va boshqa taraqqiyotning asosiy 
mohiyatini belgilaydi. Bunda yuqorida keltirilgan aynan gazlardan tashqari neftni 
qayta ishlash, yoʻlakay, tabiiy yonuvchan (metan, etan, propan, butan) gazlardan 
amalda keng foydalaniladi Neftni qayta ishlash gazlari neftning termokrekingi yoki 
haydash mahsulotlarining katalitik krekingi, pirolizi hamda katalitik 
gidrogenlashdan hosil boʻladi. Neftning tezlik krekingidan hosil boʻladigan gazlar 
tarkibi aynan olingan neft turiga, chuqur kimyoviy qayta ishlanganda esa 
jarayonlar olib borish usullari va sharoitlariga bogʻliq boʻladi Neftni chuqur 
kimyoviy qayta ishlash jarayonida gazlar tarkibida toʻyinmagan gazlar ham hosil 
boʻladi. Bu gazlar sanoatda organik va neft-kimyoviy sintezlarda yarim mahsulot 
yoki monomerlar sifatida koʻp qoʻllaniladi. Respublikamizda Koʻkdumaloq „neft-
gazokondensat-gaz“ konida yoʻlakay gazlardan foydalanish tajribadan oʻtmoqda. 
Bu gazlar tarkibida metan — 89%, etan — 0,3%, propan — 0,2%, butanlar — 
0,6%, gazlar kondensati — 6—7% va boshqa gazlar (N2, CO2, H2S) — 1,2% 
boʻladi. Gazlar sanoatda keng ishlatiladi. 
Konlarda neft va gazni yig'ish va tayyorlash tizimi quduqdan to neft yoki gazni 
tayyorlash qurilmalarigacha bo'lgan quvurlar, o'lchov asboblari, yig'ish punktlari, 
tayyorlash qurilmalarini o'z ichiga oladi. Gaz tarkibidagi suv bug'lari va tomchi 
ko'rinishidagi suvlar uni tashish va tayyorlash jarayonida murakkabliklar 
tug'diradi. Gazgidratlar hosil qilib tashish va tayyorlash jarayonida mushkilotlar 
tug'diradi. Shuning uchun tabiiy va yo ldosh gazlardan zararli qo'shimchalarni 
ajratish ko'zda tutiladi. Gaz konlarini ishlatish amaliyotida gazni yig'ishning 
quyidagi asosiy tizimlari qo'llaniladi: chiziqli; nurli; xalqali. Chiziqli yig'ish 
tizimida asosiy gazni yig'ish kollektorlari, ya'ni quduqdan gazni yig'ish 
punktigacha bo'lgan yo'lni tashkil etuvchi quvurlar to'g'ri chiziq shaklida bo'ladi. 
Bu tizim kon kichik va quduqlar soni oz bo'lganda qo'llaniladi. 

Download 44.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling