I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o‘rni


Download 1.12 Mb.
bet1/5
Sana12.03.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1264489
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fan dasturi Tex. ijod






I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o‘rni
“Texnik ijodkorlik asoslari” fani “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”, Мaterialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi”, Energiya Mashinasozligi (Tarmoqlar o‘yicha) va Avtomobil servisi yo‘nalishlariga tanlov fan sifatida o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (fizika, kimyo), umumkasbiy (konstruksion materiallar texnologiyasi, materialshunoslik) fanlaridan talabalardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.
Ushbu dastur ”Texnik ijodkorlik asoslari” ijodkorlikning tarixi va rivojining tendentsiyasi, g‘oya topish jarayonlarining ro‘y berish qonuniyatlari, g‘oya topish usullarining tasniflari va ularning umumiy, jamoaviy va individual usullari ko‘rsatkichlari, ularning mexanizmlari va ijodkorlik ro‘y berayotgan jarayonlari hamda ularning istiqboliga ta`sir etuvchi masalalarni qamrab olgan.
Respublikamiz mashinasozlik sanoati oldida turgan asosiy vazifalardan biri ishlab chiqarishni jadal sur`atlar bilan rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish, ilmiy texnika taraqqiyoti natijalarini ishlab chiqarishga joriy etib, yuqori sifatli mahsulotlar bilan xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini to‘la qondirishdir, shuning uchun “Texnik ijodkorlik asoslari” fanining o‘rni beqiyosdir.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad- talabalarda Texnik ijodkorlik asoslari bo‘yicha chuqur bilim olish va uning asosida ijodkorlik xususiyatlarni bilgan holda avtomobilsozlik ishini optimal tashkil etish usullarini tanlash.
Fanning vazifalari- talabalarga ijodkorlikka asoslangan zamonaviy fan-texnika va texnologiyaga asoslangan xolda ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonlarini va bu bilan bog‘liq zarur xisoblarni o‘rgatishdan iborat.
Elektron vositalaridan foydalangan xolda ijodkorlikning texnik- ijtimoiy ko‘rsatgichlarini va tavsiflarini yaxshilaydigan zamonaviy usullarini o‘rganish hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
“Texnik ijodkorlik asoslari” fani talabalarni ijodkorlik bo‘icha nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va ularni turli jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- talaba bilimlarning bir butun tizimi bilan o‘zaro bog‘liqlikda ushbu fanning asosiy muammolari; traktor va avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilishni ilmiy asoslarini, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilishni; ishlab chiqarish yordamchi xo‘jaliklarini tashkil qilishni; mehnatni texnik normalash va boshqarishni tashkil qilish haqida tushuncha va ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak.
- traktor va avtomobillarni ishlab chiqarishni ilmiy asoslarini avtomobillarning ekspluatatsion xususiyatlari ko‘rsatkichlarini aniqlash; avtomobillarning loyixasi xisobini bajarish; aniq bеrilgan ekspluatatsion sharoit uchun avtomobilni tanlash; avtomobil loyixalarini taxlil qilish va baxolash bilishi va ulardan foydalana olish lozim.
- talaba ushbu fanni o‘zlashtirish uchun qo‘yilgan vazifalarni va talablarni yaxshi bilishlari kеrak. Аvtomobilsozlik va trakrorsoslik mutaxasisligini bitirib chiqqan talabalar mamlakatimiz iqtisodiyotining turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda ishlaydilar shuning uchun ular turli mulkchilik sharoitlarida transport vositalarini ishlab chiqarishni ilmiy asoslarini asoslarini bilishlari shart.
-ijodkorlikning rivojlanish tendentsiya va yo‘nalishlari;
-ijodkorlik ishini optimal tashkil etish usullari;
-tekshiruv-konstgruktiv hisoblar;
-texnik yechimlarni sinashni tashkil etish va o‘tkazish usullarini
-zaharli komponentlar chiqish mikdorini hisoblash usullarini bilish va ulardan foydalana olishi;
-ijodkorlik ishi ko‘rsatkichlarini taxminiy hisoblash;
-ijodkorliklar tavsifi va asosiy ish ko‘rsatkichlarini transport ishlarining bajarilish sharoitlarini hisobga olgan xolda aniqlash;
-ijodkorlik bo‘yicha texnik, iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlarni optimallashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling