I. O’quv materiallari
Download 119.55 Kb.
|
BIOfizika 1-ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvozanatlanmagan termodinamik jarayonlar kechishining xarakteri.
Prigojin teoremasi. Entropiyaning maksimumga intilishi muvozanatni jarayonlar termodinamikasining asosiy kriteriysidir.(Klauzius attraktori). Muvozanatga yaqin ochiq sistemaga xos ana shunday attraktor mavjudmi? Prigojin teoremasiga binoan, tashqi parametrlarning o’zgarmaslik holida, statsionar holatda entropiya hosil qilish tezligi minimal kattalikka intiladi. (Entropiya hosil qilish tezligi doimiy bo’lib, uning kattaligi minimal). Aynan mana shuning o’zi I.Prigojin teoremasidir. Muvozanatga yaqin turgan ochiq sistemada kechadigan Ongazer aloqadorlik prinsipiga bo’ysunadigan qaytmas jarayonlar yo’nalishi kriteriysi aynan mana shundan iborat.
Agarda sistema statsionar holatda bo’lsa, uning dissipativ funksiyasi - minimal bo’lib, g’alayon tufayli sistemaning statsionar nuqtadan har qanday chetlanishi, uning oshishiga sabab bo’ladi. Bunga javoban sistemadagi kuchlar va oqimlar shunday o’zgarishi lozimki, dissipativ funksiya yangidan kamayib, sistema o’z statsionar holatiga qaytadi. Aynan mana shuning o’zi muvozanat yaqinidagi sistema statsionar holatning barqarorlik shartidir. Ta’kidlash muqimki, biologik sistemalar muvozanatdan uzoqdagi sistemalardir. Ular oqimlar bilan kuchlar aro proporsionallik yoki Ongazer aloqadorligi qoidasiga amal qilmaydi. Bunday sistemalarda erkin energiyaning G q 1-2 kkal/mol kattaliklari bilan xarkterlanadigan biokimyoviy jarayonlarga xos o’tishlar sodir bo’ladi. Ongazer aloqadorligi esa faqat energiyaning G 0,2 kkal/mol o’zgarish bilan kechadigan jarayonlarga taaluqlidir. Shu bilan birga muvozanatdan uzoqdagi jarayonlar statsionar holati uchun I.Prigojin teoremasi haq bo’lmay, bunday sistemalarda, chiziqli jarayonlar termodinamikasiga xos bo’lmagan avtotebranishli rejim qaror topadi. Muvozanatlanmagan termodinamik jarayonlar kechishining xarakteri. Kuchli darajada muvozanatlanmagan termodinamik oqimlar bilan kuchlar o’rtasidagi aloqa chiziqli bo’lmaydigan, demak, Ongazer aloqadorligiga bo’ysunmaydigan sistemalar termodinamikasi bir qator tadqiqotchilar, birinchi navbatda I.Prigojin va P.Gnensdorf tomonidan rivojlantirildi. Mazkur yangi, hali ham oxiriga yetkazilmagan nochiziq jarayonlar termodinamikasi deb nom olgan ta’limot turli tabiatga ega, kuchli darajada muvozanatlanmagan ochiq sistemalarda o’zligidan tartiblangan strukturalar paydo bo’ladi, ya’ni ularda o’zligidan tashkillanish ro’y beradi, deb ta’kidlaydi. Nemis olimi G.Xaken, shu xil o’zligidan tashkillanish jarayonlari uchun umumiy bo’lgan, "sinergetika" atamasini taklif etdi (synergeia- yunolcha birgalikdagi yoki kooperativ harakat). Sinergetikaning fizikaviy mohiyati shundan iboratki, muvozanatdan uzoqdagi nochiziq sohada, sistema o’z barqarorligini yo’qotadi, katta bo’lmagan funksiyalar, sistemani ko’p sonni zarrachalarning birgalikdagi harakati orqali yangi rejimga olib chiqadi. Kuchli darajada muvozanatlanmagan sistemalarda bunday o’zligidan tashkillanishning qaror topish hodisasi fizika, kimyo, ayniqsa, biologiyada muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlar va ularning organ sistemalari kuchli darajada muvozanatlanmagan mikrosistemalar bo’lib, ularda har doim turli gradiyentlar konsentratsiya, harorat, elektr va bosim gradiyentlari mavjud. Mazkur xulosa, dunyoqarash nuqtai-nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Sinergetika, tabiat qonunlari asosida betartib sistemalarda qanday qilib muayyan bir tartiblanganlikning paydo bo’lishi va paydo bo’lgan tartiblanganliklarning murakkablasha borib rivojlanishini izohlab beradi. M.Eygen, kuchli darajada muvozanatlanmagan murakkab sistemalarda kodlar tarzida yozilgan informasiya shakllangan strukturalarning o’ziga o’xshaganini yaratish jarayonini boshqarib turiladi, deb ko’rsatdi. Nochiziq termodinamikaning rivojlanishi natijasida, hayotning paydo bo’lishiga doir fizikaviy gipotezani ilgari surishga imkon yaratildi. Nochiziq termodinamika ikkinchi qonunining statusini tubdan o’zgardi. Haqiqatdan ham, bu qonun, ko’rib o’tganimizdek, muvozanatga yaqin qaytmas jarayonlar faqat strukturaning inqirozigina emas, muvozanatdan uzoqdagi qaytmas jarayonlar tufayli ham strukturalar paydo bo’lishini bashorat etadi. Termodinamikaning ikkinchi muqaddimasi barcha o’zida real jarayonlarning qaytmasligini aks ettirish bilan birga materiyaning taraqqiyot qonunini ham ifodalaydi. Ikkinchi muqqadimaning mana shu tarzda tushunilishi, mazkur qonun (berk sistemalarda entropiyaning oshishi, demak, tartiblanmaganlikning oshishi haqidagi qonun) bilan tirik tabiatda, murakkablasha boruvchi va o’z-o’zini hosil qiluvchi strukturalar paydo bo’lishi va ularning rivojlanishi haqidagi Darvin ta’limoti o’rtasidagi juz’iy zidlikka barham berdi. Ta’kidlash lozimki, bu yerda so’z tirik sistemaning ochiq emas, balki uning tashqi muhit bilan birgalikda yopiq sistema hosil qilishi haqida, ya’ni tirik sistema murakkablik darajasining oshishi barobari sistema entropiyasining oshib borishi haqida boryapti. Gnensdorf-Prigojin kriteriysiga binoan, muvozanatdan uzoqdagi ochiq sistemalarda tartiblanganlik qaytmas jarayonlar tufayli, nochiziq sohada, sistema parametrlari ma’lum bir kritik darajadan oshganda paydo bo’ladi. Prigojin bunday tartiblangan strukturani dissipativ struktura deb atadi. Dissipativ strukturalarning fazoviy, zamonaviy va fazo-zamoniy strukturalar deb ataladigan turlari mavjud. Download 119.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling