I. O’quv materiallari
Jarayonlar bog’langanligi. Onzager aloqadorligi
Download 119.55 Kb.
|
BIOfizika 1-ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Onzager aloqadorligi.
4. Jarayonlar bog’langanligi. Onzager aloqadorligi.
Jarayonlar bog’langanligi. O’zligidan kechuvchi har qanday jarayon, erkin energiyaning kamayishi yo’nalishida amalga oshadi. Masalan, ATF, ADF gacha gidrolizlanganda ("makroerg bog’" uzilishi evaziga) G ancha kamayadi. Hujayrada kechadigan reaksiyalarning ko’pchiligi (biosintez moddalarning aktiv tashilishi va h.k.) erkin energiyasining (G >0) oshishi bilan kechadi. Ular o’zligidan emas, balki G < 0 tip boshqa kimyoviy reaksiyalar bilan bog’lanish hisobiga amalga oshadi. Jarayonlarning bog’lanishida, energiyani qayta o’zgartuvchi qurilma sifatida, ATFaza komplekslari ishlaydi. Modullar va elektr zaryadlarining bog’langan oqimlari biologik sistemalarda amalga oshib turadigan eng muhim oqimlardan hisoblanadi. 5. Onzager aloqadorligi. Har qanday jarayonni umumlashgan kuch X (sabab) bilan umumlashgan oqim I (jarayon tezligi)ning ko’paytmasi tarzida xarakterlash mumkin. Shu asosda, jarayon entropiyasining o’zgarishi mazkur xarakterlar ko’paytmasi IX (quvvat) ko’rinishida ifodalanadi. Jarayon xarakteriga bog’liq holda, umumlashgan kuch X turli tabiatga ega bo’lishi mumkin: kimyoviy reaksiyalarda u kimyoviy yaqinlik (A), mexanikaviy jarayonlarda kuch (F), elektr hodisalarda potensiallar farqi (), issiqlik o’tkazuvchanlikda u harorat gradiyenti (T) dir. Agarda muvozanat yaqin sistemada harakatlantiruvchi kuch va u tufayli yuzaga keladigan oqim kuchsiz bo’lsa, ulararo bog’liqlik proporsional xarakterga ega bo’ladi, ya’ni Iq L X, bu yerda L- proporsionallik koeffisiyenti. Faraz qilaylik, sistemada bir vaqtning o’zida ikki oqim, issiqlik oqimi - I1 va moddalarning diffuzion oqimi - I2 hamda umumlashgan kuchlar, haroratlar farqi - X1 va konsentratsiyalar farqi - X2 mavjud bo’lsin. N.Ongazerga binoan, muvozanatga yaqin ochiq sistemada, har bir oqim faqat o’z harakatlantiruvchi kuchigina emas, boshqa oqimni harakatlantiruvchi kuchiga ham bog’liq bo’lib, bunday aloqadorlik diagonal koeffisiyentlar tengligi bilan xarakterlanib, oqimlar bir -birini qo`llab turadi. I1 = L11 X1 + L12 X2 I2 = L21 X1 + L22 X2 bu yerda Lij -proporsionallik koeffisiyentlari. Muvozanat yaqinida X2-ning I1-ga ko’rsatadigan ta’siri, X1 -ning I2 -ga ko’rsatadigan ta’siriga teng. Demak, ikki oqim muvozanat nuqtasida o’zaro bog’liq. Erkin energiyaning oshishi bilan kechadigan, oqim o’zligicha mumkin bo’lmay, u faqat ochiq sistemada kechadigan boshqa jarayon hisobiga amalga oshishi mumkin. Bunday hodisalarga glyukoza yoki aminokislotalarning konsentratsiya gradiyentiga qarshi, Na+ gradiyenti evaziga tashilishini misol qilish mumkin. Oqimlar bog’langanligining mezoni sifatida dissipativ funksiya-ning ijobiy kattaligi ish beradi: Jarayon bog’langanligining mezoni bo’lmish ana shu dissipativ funksiya energiyaning issiqlikka aylanib sochilishini ifodalaydi. Download 119.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling