I. O’quv materiallari


BIOLOGIK JARAYONLAR KINETIKASI


Download 119.55 Kb.
bet14/21
Sana13.04.2023
Hajmi119.55 Kb.
#1352034
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
BIOfizika 1-ish

BIOLOGIK JARAYONLAR KINETIKASI
Tayanch iboralar: Reaksiya tezligi, faol massa, Gunberg-Vaage qoidasi, tezlik konstantasi, konsentratsiya darajalarining yig’indisi, birinchi, ikkinchi, uchinchi va nolinchi tartibli reaksiyalar, reaksiya tezligining temperatura koeffitsiyenti, effektiv to’qnashuvlar soni, aktivlanish energiyasi, absolyut temperatura, gaz doimiysi.


1. Biologik jarayonlar kinetikasining nazariy asoslari. Gunberg-Vaage qoidasi
Kimyoviy kinetika nazariyasi asosida kimyoviy reaksiyalar tezligi reaksiya kirishuvchi reagentlarning faol massasiga proporsionaldir, deb ta’kidlovchi Gunberg-Vaage fundamental qoidasi yotadi. Bu qoidani reaksiyaning umumiy tezligini tasvirlovchi ifodaga qo`llash har bir faol massa yoki faollikni (misolimizda konsentratsiyani) re­aksiyaning stexnometrik tenglamasidagi koeffisiyentiga mos keladi­gan darajaga ko’tarishga olib keladi. Eng oddiy misol sifatida quyidagi reaksiyani olamiz:
( mahsulot) .
A moddalarning parchalanish tezligi uning konsentratsiyasiga [A] ga mutanosibdir, ya’ni : v = d[B]/dt = k1[A].
Bordi-yu, ko’rinishidagi reaksiya olinsa, uning tezligi [A]m va [B]n ko’paytirmasiga proporsional bo’ladi, ya’ni
-dP/dt = k2 [A]m [B]n
tenglamalardagi propor­sionallik koeffisiyenti bo’lmish k2 - reaksiyaning tezlik konstantasini ifodalab, u olingan reagentlar konsentratsiyasi birga teng bo’lgan shartidagi reaksiyaning tezligini aks ettiradi. Tenglamani oldiga qo’yilgan " -" belgi, reaksiya tezligining vaqt e’tibori bilan ka­maya borishini ifodalaydi. To’g’ri va teskari yo’nalishdagi reaksiyalar tezlik konstantalarining nisbati kmuv = k +1/k -1 muvozanat konstantasi deb atalib, k+1 > k-1 sharoitda, u to’g’ri reaksiyaning teskari reaksiyadan ustun­lik olishini bildiradi.

Download 119.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling