9. Avtotebranmali jarayonlar
Glikoliz va fotosintez oraliq mahsulotlarining tebranib turishi hamda biologik "soat" asosida yotgan biokimyoviy reaksiyalar davriyligini tekshirish natijasida tebranmali biologik jarayonlarga bo’lgan qiziqish ancha kuchaydi. Tebranmali o’zgarishlarga barcha hollarda ham qandaydir tashqi ta’sir emas, balki sistemaning o’z ichki dinamik xossalari sabab bo’ladi. Bunday sistemalar avtotebranmali sistemalar deb ataladi. Davriy faza tekisligidagi berk egri chiziq mos keladi. Agarda mazkur berk egri chiziq izomerlangan bo’lib, unga tashqari yoki ichkaridan qo’shni trayektoriyalar spiral bo’ylab yaqinlashsa, bunday izomirlangan tarektoriya barqaror cheklovchi sikl hisoblanadi. Sistema uncha katta bo’lmagan g’alayon holatiga keltirilganda, u bari bir cheklovchi sikl trayektoriyasiga qaytadi. Uni umuman, beqaror hisoblanadigan "markaz" alohida nuqta atrofidagi trayektoriyadan farqlantiruvchi muhim o’ziga xoslik ham aynan mana shunda. Cheklovchi siklning trayektoriya bo’ylab harakatlanish davri va tebranish amplitudasi boshlang’ich shartlarga bog’liq bo’lmaydi.
Sinov savollari.
Do'stlaringiz bilan baham: |