I. O’quv materiallari
Download 119.55 Kb.
|
BIOfizika 1-ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
I. O’QUV MATERIALLARI 1.1. MA’RUZA MATERIALLARI 1 – mavzu. BIOFIZIKA FANIGA MUQADDIMA. BIOLOGIK.JARAYONLAR TERMODINAMIKASI. OCHIQ SISTEMANING ENTROPIYASI. BIOLOGIK JARAYONLAR KINETIKASI REJA:
Biofizika predmetining mazmuni, tadqiqot obyektlari. Biofizikaning asosiy bo’limlari, uning shakllanishida boshqa fanlarning roli, ular bilan aloqasi. O’zbekistonda biofizikaning rivojlanishi. Termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonuni. Entropiyaning ehtimolli xarakteri. Biologik jarayonlar kinetikasining nazariy asoslari. Gunberg-Vaage qoidasi. Kinetikada birinchi, ikkinchi, uchinchi va nolinchi tartibli reaksiyalar. Reaksiyalar tezligiga temperaturaning ta’siri Tayanch iboralar: Biofizika, biologik tizimlar, fizikaviy va fizik kimyoviy jarayonlar, elektrol mikroskop, spektroskop, elektrometrik o’lchash asboblari, EHM, rentgeno struktur analiz, ultrasentrifuga, matematika, fizika, elektrofiziologiya, meditsina biofizikasi. Biofizika predmetining mazmuni, tadqiqot obyektlari. Biofizika umuman biologiya sohasining biologik sistemalarda kechadigan va ular faoliyati asosida yurituvchi fizikaviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni tekshiruvchi fundamental fanlarning biridir. Biofizikaning asosiy prinsiplaridan biri - biologik qonunlarning fizik-kimyoviy, ayniqsa fizikaviy kimyoning umumiy qonuniyatlariga asoslanib, ularning o’ziga xos rivojlanishidan iborat ekanligini ta’kidlashdir. Biofizika uzoq vaqtlar davomida, unga murakkab va yuqori sezgirlikka ega uskunalar, uslubiy yondashuvlar, bir qator hollarda esa fundamental nazariyalar taqdim etgan aniq fanlarning "iste’molchisi" bo’lib keldi. Yuqori darajada farqlay olish xossasiga ega elektron mikroskop, spektroskopik va elektrometrik o’lchash asboblari, hisoblash texnikasining qudratli vositalari va boshqalar shular jumlasidandir. Biofizikaviy tadqiqotlarning rivojlanishi sanab o’tilgan o’sha metodlar texnikaviy imkoniyatlarning takomillashtirilishi hamda ularning biologik obyektlar xosliklariga moslashtirilishini talab etdi. Download 119.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling