I oraliq nazorat savollari


Download 17.63 Kb.
Sana05.11.2020
Hajmi17.63 Kb.
#141322
Bog'liq
2 5262768464539420948


II kurslar uchun Adabiyot fanidan

I ORALIQ NAZORAT SAVOLLARI



1. “Abulfayzxon” dramasida “... podsholik qon bilan sug‘orilaturg‘on bir og‘ochdir”, deya kimning tilidan aytilgan?

a) Davlat b) Ulfat c) Hakimbiy d) Nodirshoh


2. 1924-1926 yillarda Moskvada tashkil etilgan o’zbek dramaturgiyasida tarjimon, adabiy emakdosh va dramaturg sifatida faoliyat ko’rsatgan, "Xasis" (Molyer), "Bosmachilar" (Shiller) kabi o’nlab asarlarni tarjima qilgan adib nomi qaysi qatorda berilgan? A) Abdulla Qahhor B) Behbudiy S) Cho’lpon D)Oybek
3. “…. yoshligida bo’shanggina bir bola edi. O’z tengi bolalar bilan bir oz aloqa qilar, ularga kam aralashar va ortiqcha o’ynab kulmas, hamisha uning ko’zida mung yotar edi”. Ushbu matnda qaysi asar qahramoni tavsiflangan? A) A.Qodiriy, “Mehrobdan chayon”, Nasim B) A.Qodiriy, “O`tgan kunlar”, Komilbek C) A.Qodiriy, “Mehrobdan chayon”, Anvar D) A.Qodiriy, “Obid ketmon”, Obid
4. G’.G’ulom “Sen yetim emassan” she’rida “Farzandning qadrini qayerdan bilsin? Bir qo’ng’iz mo’ylovli, baroq soch mal’un, jigarrang bir mundir” deb kimni aytadi?

a) Stalinni b) Gitlerni c) Yetimxona qorovulini d) Yetimxona mudirini


5. G’.G’ulom “Sog’inish” she’rida kimning she’rlarini o’qiganda “Loyqa xayolotlar chashmaday tindi” deydi? a) Navoiyning b) Bedilning c) Cho’lponning d) Balzakning
6. “Kecha va kunduz” romanida ko’cha kuydagi odamlar kimga yo’liqqanda “Podamizni yetim qilib qo’yding-da” deb boshlarini afsus bilan chayqab o’tishardi?

a) O’lmasga b) Miryoqubga


c) Akbaraliga d) Xolmatga
7. “Kecha va kunduz” romanida Saltanatning otasi nima ish bilan shug’ullanar edi?

a) Hammollik b) Aravakashlik


c) Ayronchi d) Etikdo’zlik
8. “Kecha va kunduz” romanida Enaxon va uning oilasidagi ayollarning yo’qchilik tufayli qiyin vaziyatdan chiqishga chora izlashlab, majlis qilishiga nima sabab edi?

a) Akbaralining yerlarini sug’orish uchun suv bermay qo’yishi

b) Xolmatning ish topolmay yurishi

c) Shahardan uylariga bir arava mehmon kelayotgani

d) Enaxonga sovchilar kelayotgani
9. G’.G’ulom “Sog’inish” she’rida ota o’g’lini qaysi paytda urushdan kutib oladi?

a) anjir tugab, qovun pishganda

b) Shaftoli pishganda

c) O’rik gullab, novda yozganda

d) avji saratonda
10. “Dahshat” hikoyasida Unsinning kelin bo’ganligiga qancha vaqt bo’lgan edi? A) yetti oy B) besh oy C) to`rt oy D) uch oy
11. “Yetti osilganlar qissasi” asarining muallifi kim?

a) Cho’lpon b) Leonid Andreyev c) Qodiriy d) Pushkin


12.G’.G’ulom nima haqida gapirib “bahosin o’lchamoq uchun oltindan tarozi, olmosdan tosh oz” deydi? a) Muhabbat b) Iste’dod c) Hayot d) Vaqt
13. “O’tgan kunlar”da Otabyekning uylanganini ota-onasi kimdan eshitadi? A) Otabekning maktubidan B)Hasanalidan C) Qutidorning maktubidan D) Akrom hojidan
14. 1917-1918 yillarda “Hurriyat” gazyetasiga bosh muxarrir bo’lgan adib nomi qaysi javobda ko’rsatilgan? A) Cho`lpon B)Fitrat C) A.Qodiriy D) Behbudiy
15. “Padarkush” dramasida “… ikki sinf ulamo kerakdur: biri – olimi diniy; ikkinchisi – olimi zamoniy” deya kimning tilidan aytilgan? A) domla B) ziyoli C) boy D)davlat
16. “…belida kumush kamari, yonida kumush sopli qilichi, ustida zarbof choponi bo’lmasa, hech kim uni amaldor demaydi”. “Kecha va kunduz” romanidagi ushbu fikrlar kim haqida?

a) Miryoqub b) Akbarali c) Noyib to’ra d) Hakimjon


17. “Kecha va kunduz” romanida jinqarchaday hamma vaqt va har qayda ko’rinib qoladigan “asl mingboshi” kim edi?

a) Miryoqub b) Akbarali c) Noyib to’ra d) Hakimjon


18. “O‘tgan kunlar” romanida Hasanalini Otabekning bobosi necha tilloga sotib olgan edi? A) 13 tillo B) 12 tillo C) 15 tillo D) 10 tillo

19. G’.G’ulom “Sog’inish” she’rida quyosh otaning qaysi holatidan kuladi?

a) Mehribonligidan b) Vasvasasidan c) Jonsarakligidan d) Xayolparastligidan
20. F.Fulomning "Shum bola" qissasida Ko’kterak bozorida pulini o’g’irlatgan "jabrdiyda" Sulton aslida kim edi?

A) Muallim B)chorvador boy

C)domla imom D)o’g’ri-tovlamachi
21. Quyidagi parcha qaysi asardan olingan?

"Kofir bilan itning farqi yo’q. Itdan qochmaysizmi? Shunday bo’lsa, kofirdan ham qochmasangiz bo’ladi".

A) "Sarob" dan

B)"O’tkan kunlar" dan

C)"Qutlug’ qon" dan

D)"Kecha va kunduz" dan


22. “O‘tgan kunlar” romanida “cho‘loq” so‘zi kimga nisbatan ishlatilgan?
A) Normuhammadga B) Musulmonqulga C) Rahmatga D) Ziyo shohichiga

23. M.Behbudiy qanday gazeta chiqargan? A) “Tong” B) “Samarqand”


C) “Shuhrat” D) Osiyo
24. "Shum bola" asarining qaysi o’rnida

F.Fulomning Sharq xalqlari og’zaki

ijodidan ijodiy foydalanganligi

ko’rinadi?

A)Shum bolaning qushlarga qatiq, suzma

berib o’ldirib qo’yishi syujetida

B)Shum bolaning Sariboy bilan bo’lgan

suhbatida

C)Shum bolaning o’sal bo’lib qolgan ho’kiz o’rniga soppa-sog’ eshakni so’yib qo’yishi

epizodida

D)Sulton o’g’ri va kissavurlar bilan

bo’lgan uchrashuvida


25. Mahmudxo'ja Behbudiyning asarlari berilgan qatorni belgilang.

A) “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Tarix”

B) “Advakatlik osonmi ?”, “Ikki muhabbat”, “To'y”

C)“Turkiston idorasi”,“Turkistonda maktab jarida”, “Ehtiyoji millat” D) “Ikki muhabbat”, “To'y”


26. Behbudiyning "Padarkush" pyesasida sandiqdan pul

o’g’irlash taklifi kimdan chiqadi?

A)Nordan

B)Tangriquldan

C)Toshmuroddan

D)Davlatdan


27. Jadidchilik namoyondalaridan qaysi biri 1917 yilning 27-noyabrida Qo’qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilinishini xursandchilik bilan kutib olgan va o’sha kechani “Milliy laylatulqadrimiz” deb baholagan?

A) Hamza B) Behbudiy S) Fitrat D) Cho’lpon Ye) Munavvar qori


28. 1918 yilda Fitrat tomonidan Toshkentda tuzilgan va “O’zbekiston xududida tuzilgan dastlabki ilmiy muassasa hamda o’ziga xos yozuvchilar uyushmasi” sifatida baholangan ilmiy-adabiy-madaniy tashkilotni aniqlang.

A) “Tarbiyati atfol” xayriya jamiyati

B) “Buxoro tamimi maorif jamiyati”

S) “Chig’atoy gurungi”

D) “Yosh buxoroliklar” partiyasining “o’ng qanoti”

Ye) “Yosh buxoroliklar” partiyasining “chap qanoti”


29. Jadid ma’rifatparvarlardan kim o’zbek olimlari ichida birinchi marta “professor” ilmiy unvonini olishga sazovor bo’lgan?

A) Abdulla Avloniy

B) Abdurauf Fitrat

S) Cho’lpon



D) G’afur G’ulom
30.Otabekka maktub yozgan Kumushbibi uni qanday ataydi? A) qo’rqoq B) botir D) tulki E) qochqoq


Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling