Yo'lining o'rtasiga yetgandi. Akrom nechanchi qavatda istiqomat qiladi?
Download 10.18 Kb.
|
sardor aka test 4
1. Abdullo va Akrom bitta ko'p qavatli binoda yashashadi. Akrom Abdullodan 12 qavat tepada yashaydi. Bir kuni Abdullo Akromning qavatiga chiqmoqchi bo'ldi va 8-qavatga kelganida yo'lining o'rtasiga yetgandi. Akrom nechanchi qavatda istiqomat qiladi? (A) 12 (B) 14 (C) 16 (D) 20 (E) 24 2. Kema bir sayohatda yo 10 ta yengil avtomobil yo 6 ta yuk mashinasi tashiydi. Kecha kemada 5 marta sayohat qildi va har safar to'la yuklangan edi. Umumiy tashilgan transportlar soni 42 ta bo'ldi. Nechta yengil avtomobil tashilgan? (A) 10 (B) 12 (C) 20 (D) 22 (E) 30 3. 2 yil oldin Temur va Shahzod 15 yosh edi. Hozir Shahzod 13 yoshda. Necha yildan keyin Temur 9 yoshga kiradi? (A) 1 (B) 2 (C) 3 (D) 4 (E) 5 4. Katta kub 64 ta kichik kubdan tashkil topgan. 5 ta ko'rinib turuvchi tomoni yashil rangga, tagi qizil rangga bo'yalgan. Nechta kichik kubda uchta yashil tomon bor? (A) 4 (B) 8 (C) 16 (D) 20 (E) 24 5. Restoranda birinchi taom 4 so'm, ikkinchi taom 9 so'm va desert 5 so'm turadi. Agar uchala yeguliklarni baravar buyurtirilsa, 15 so'm to'lanadi. Har bir ovqatni alohida buyurgandan ko'ra, bittada buyurilsa, necha so'mga arzonga tushadi? (A)3 (B)4 (C) 5 (D) 6 (E) 7 6. 40 daqiqa davom etadigan dars 11:50 da boshlandi. Darsning qoq o'rtasida sinfga qush uchub kirdi. Bu vaqt necha edi? (A) 11:30 (B) 12:00 (C) 12:10 (D) 12:20 (E) 12:30 7.3 ta olmaxonda (Anni, Asia va Elli) 10 ta yong'oq bor. Har bir olmaxonda kamida 2 ta yong'oq bor va uchalasidagi yong'oqlar soni turlicha. Annidagi yong'oqlar soni eng kam, Asiada esa eng ko'p yong'oqlar bor. Ellidagi yong'oqlar soni nechaga teng? (A) 1 (B)2(C)3 (D) 4 (E) 5 8. 2, 0, 1 va 8 raqamlari yordamida 2 xonali son tuzilmoqda. Bu son 10 dan katta ammo 25 dan kichik bo'lishi kerak. Har bir son 2 ta turli raqamdan tuziladi. Necha xil usulda shunday sonlarni tuzish mumkin? (A) 4 (B) 5 (C)6 (D) 7 (E) 8 9. Zulfiyaning uyidan Akbarning uyigacha bo'lgan masofa 16 km. Akbarning uyidan Lobarning uyigacha bo'lgan masofa 20 km. Yo'lning kesishgan qismidan Akbarning uyigacha bo'lgan masofa 9 km. Zulfiyaning uyidan Lobarning uyigacha bo'lgan masofa necha km? (A) 7 km (B) 9 km (C) 11 km (D) 16 km (E) 18 km 11. To'liq stakan suv 400 gramm. Bo'sh shisha og'irligi 100 gramm. Yarim to'la stakan suvning og'irligi qancha? (A) 150 g (B) 200 g (C) 225 g (D) 250 g (E) 300 g 12. Azizada 16 ta ko'k koptokcha bor. U quyidagi amallarni bajara oladi: 3 ta ko'k koptokcha uchun bitta qizil koptokcha oladi; 2 ta qizil koptokcha uchun 5 ta yashil koptokcha oladi. Aziza olishi mumkin bo'lgan yashil koptokchalarning maksimal qiymatini toping. (A) 5 (B) 10 (C) 13 (D) 15 (E) 20 13. Sanjarning onasi tug'ilgan kun uchun tayyorlagan tortni teng ikkiga bo'ladi. Va yarmini yana ikkiga bo'ladi. Hosil bo'lgan ikki bo'lakdan birini yana teng ikkiga bo'ladi. Shu ishni yana bir marotaba bajargandagi eng kichik tort bo' lagining og'irligi 100 g bo'lsa, butun tort necha g? (A) 600 g (B) 800 g (C) 1200 g (D) 1600 g (E) 2000 g 14. Munisa devorga 3 ta rasmni qoqishda 8 ta mix ishlatdi. Komil ham shu tarzda 7 ta rasmni xuddi shu usulda devorga qoqmoqchi. Bunda unga nechta mix kerak bo'ladi? (A) 14 (B) 16 (C) 18 (D) 22 (E) 26 15. Kecha Yakshanba edi. Ertaga qaysi kun? (A) Shanba (B) Payshanba (C) Chorshanba (D) Seshanba (E) Dushanba 16. Fermada 15 ta hayvon yashaydi: sigirlar, mushuklar va kengurular. 10 ta hayvon sigir emas va 8 ta hayvon mushuk emas. Fermadagi kengurular sonini toping. (A) 2 (B) 3 (C) 4 (D) 10 (E) 18 17. 5 ta boladan biri bildirmasdan keksni yeb qo'ydi: Aziz, Bahrom, Samandar, Diyor, Elbek. Aziz: "Men keksni yemadim" Bahrom: "Men keksni yeb qo'ydim" Samandar: "Elbek keksni yemadi" Diyor: "Men keksni yemadim" Elbek: "Aziz keksni yegan" Faqatgina bir bola aldadi. Kim keksni yegan? (A) Aziz (B) Bahrom (C) Samandar (D) Diyor (E) Elbek 18. Gulruh 6 yoshda. Uning singlisi Mukambar undan 2 yosh kichkina, Uning akasi Nurmuhammad 2 yosh katta. Uchovining yoshlari yig'indisini toping (A) 15 (B) 16 (C) 17 (D) 18 (E) 19 19. Quyonchada 20 ta sabzi bor. U har kuni 2 tadan sabzi yeydi. U 12-sabzini chorshanba kuni iste'mol qildi. U qaysi kuni sabzilarni yeyishni boshlagan? (A) Dushanda (B) Seshanba (C) Chorshanba (D) Payshanba (E) Juma 20. 13 ta bola musobaqaga registratsiyadan o'tdi. So'ngra yana 19 ta bola bu musobaqaga qo'shildi. Musobaqada qatnashish uchun 6 ta teng sonli qatnashchilardan tuzilgan jamoalar kerak. Yana nechta bola musobaqaga qo'shilishi kerak? (A) I (B) 2 (C) 3 (D) 4 (E) 5 Har bir masala 5 ball bilan baholanadi 21. Quyidagi ketma-ketlikdagi qonuniyatni aniqlab, keying hadini toping? 1, 1, 2, 6, 24, 120, ... (A) 720 (B) 840 (C) 60 (D) 148 (E) 160 22. 8 ta disk uchun Abdurahmon 60 dollar to' ladi. Barcha disklar teng narxda edi, ammo u ikki diskni 25 foizga arzonga oldi. Standard disk necha dollar turadi? (A) 4 (B) 6 (C) 8 (D) 10 (E) 9 23. Imtihon 3 soat-u 40 daqiqa davom etdi. Agar imtihon 14:11 da boshlangan bo'lsa, soat nechada imtihon tugagan? (A) 17:41 (B) 17:51 (C) 18:51 (D) 19:11 (E) 10:51 24. Qutichadagi ruchkalarning 1/5 qismi maktablar uchun, 1/6 qismi ofislarga berildi. Agar qutichada 240 ta ruchka bo'lgan bo'lsa, umuman, nechta ruchka ishlatish uchun berilgan? (A) 78 (B) 80 (C) 84 (D) 88 (E) 96 25. 6583 soniga qanday eng kichik musbat sonni qo'shsak, u 7 ga qoldiqsiz bo'linadi? (A) 2 (B) 3 (C) 4 (D) 5 (E) 6 Download 10.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling