I otlarda kelishik karegoriyalari


O‘zbek va rus tillaridagi Kelishiklarning ma’nolari


Download 41.64 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi41.64 Kb.
#1519945
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jahon va o\'zbek tilshunosligida lingvistik

2.2. O‘zbek va rus tillaridagi Kelishiklarning ma’nolari


O‘zbek va rus tillaridagi to‘rt kelishik so‘roqlariga ko‘ra o‘xshash hisoblansa­da, ma‘noviy jihatdan o’zaro farqlanadi. O‘zbek tilidagi bosh kelishikdagi so’zlar rus tiliga ma‘nosiga ko‘ra ayrim hollarda imenitelny padej shaklida, ba‘zan esa roditelny padej shaklida beriladi. Masalan: Mening do‘stim bor. – У меня есть друг; Mening do‘stim yo‘q. – У меня нет друга.


Bosh kelishikdagi so’zlar har ikkala tilda ham ega hamda kesim vazifalarida kelishi mumkin. Masalan: Navoiy – buyuk shoir. Навои – великий поэт6.
O‘zbek tiligagina xos bo’lgan o‘rin­payt va chiqish kelishiklaridagi otlar rus tilida turli grammatik vositalar bilan beriladi. Masalan: Men universitetda o‘qiyman. – Я учусь в университете (bunda в predlogi bilan otning predlojny padejdagi shakli berilgan); Bahorda yurtimizda Navro‘z bayrami nishonlanadi. – Весной в нашей стране отмечается праздник Навруз. (bunda ot tvoritelniy padej shaklini hosil qilgan); Do‘stimda yurtimiz tarixiga oid kitobo’lar ko’p.-У моего друга много книг об истории нашей страны. (bunda ot u predlogi bilan roditelniy padejda qo‘llangan); Kecha akam Toshkentdan keldi. – Вчера мой брат приехал из ташкента. (chiqish kelishigidagi so’z predlogli qaratqich kelishigi bilan ifodalangan); Sayohatchilar tog’ yo‘lidan borishar edi. – Туристы шли по горной дорожке. (chiqish kelishigidagi so’z predlojniy padejda berilgan); O‘qituvchilar Rustamdan mamnun edilar. – Преподаватели были довольны Рустамом. (bunda ot tvoritelniy padej shaklini olgan).
Rus tilidagi tvoritelny kelishigi o’zbek tilida quyidagicha ifodalanadi:
1) Rus tilida чем? с кем? so‘roqlariga javob bo’luvchi otlar rnida o’zbek tilida bosh kelishikdagi ot va bilan ko‘makchisi qo‘llanadi: Я рисую карандашом (чем?). – Men qalam bilan chizaman. В библиотеку я ходил с другом (с кем?). – Kutubxonaga men do‘stim bilan bordim;
2) Rus tilida кем? so‘rog’iga javob bo’ladigan ot o’zbek tilida bo’lib, qilib so’zlari bilan birikib kelgan bosh kelishikdagi ot bilan beriladi: Моя мама работает учительницей (кем?). – Onam qituvchi bo’lib ishlaydi. Рустама выбрали старостой группы (кем?). – Rustamni guruh sardori qilib sayladilar;
3) Rus tilida кем? so‘rog’iga javob bo’luvchi ot быть fe‘li bilan birikma holida qo‘llansa, o’zbek tilida bu so’z bo’lmoq, edi so’zlari bilan birga keladi: Амир Тимур был великим полководцем (кем?). – Amir Temur buyuk sarkarda bo’lgan; Бабур был ипоэтом, и правителем (кем?). – Bobur ham shoir, ham shoh edi.
4) Agar кем? so‘rog’iga javob bo’ladigan so’z harakat bajaruvchisini ifodalasa, u holda o’zbek tilida bosh kelishikdagi ot tomonidan so’zi bilan birga qo‘llanadi: Эта обсерватория была создана Улугбеком (кем?). – Bu rasadxona Ulug’bek tomonidan barpo etilgan. Первая «Хамса» (Пятерица) на узбекском языке была написана великим поэтом Алишером Навои (кем?). – «Hamsa» ilk bor o’zbek tilida buyuk shoir Alisher Navoiy tomonidan yozilgan.
Rus tilidagi predlojny kelishigi ham o’zbek tiliga turlicha tarjima qilinadi. Masalan:
1) Rus tilida o (ob) predlogli otlar o’zbek tilida haqida, to‘g’risida ko‘makchilarini olgan otlar bilan beriladi: Наше правительство заботится о мире и спокойствии. – Hukumatimiz tinchlik va osoyishtalik haqida qayg’uradi.
2) в, на predlogli otlar o’zbek tilida rin­payt kelishigidagi otlar bilan ifodalanadi: В нашем городе много исторических достопримечательностей. – Shahrimizda tarixiy obidalar ko’p.
3) при predlogli otlar o‘rnida o’zbek tilida qoshida ko‘makchisini olgan bosh kelishikdagi otlar qo‘llanadi: При нашем университете имеется Центр молодёжи – Universitetimiz qoshida Yoshlar markazi bor.



Download 41.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling