I otlarda kelishik karegoriyalari


Download 41.64 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi41.64 Kb.
#1519945
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jahon va o\'zbek tilshunosligida lingvistik

XULOSA

Men bu kurs ishini bajarish davomida Rus va O’zbek tilidagi otlarning yasalishi bir –biridan farqi va qiyosiy tipologiyasini o’rgandim va shunga amin bo’ldimki, Rus tilida nafaqat chet elliklar, balki ushbu mamlakatda tug'ilgan odamlar uchun ham tushunarsiz bo'lgan juda ko'p qoidalar mavjud.


Yuqoridagilarga asoslanib, umumiy xulosalar chiqaradigan bo’lsak, rus tilidagi kelishiklarning muhim atributlaridan biri bu predlog bo’lib, roditelniy, datelniy, vinitelniy padejlarda otlar predlogli ham, predlogsiz ham, predlojniy padejda esa hamisha predlog bilan qo‘llanadi. Faqat imeniteniy padejdagi otlar bundan mustasno.
Ko‘rib o‘tganimizdek, ot so'z turkumi grammatik tuzumi jihatidan ham, boshqa xususiyatlariga ko‘ra ham o’zbek va rus tillarida anchagina farqlarga ega, shuning uchun bu grammatik kategoriyani ikki til doirasida qiyosiy tahlil qilish uchun tilshunos bu tillarni yaxshi o‘zlashtirishi lozim.
Morfologik hodisa sifatida otlarning turlanishi, ya‘ni kelishiklar bo‘yicha o’zgarishi ham o’zbek va rus tillarida turlichadir. O‘zbek tilida ot yoki otlashgan so’zlar birlikda ham, ko’plikda ham ma‘lum kelishiklar bo‘yicha aniq va barqaror qo’shimchalar yordamida turlanadi.
Sintaktik vazifasiga ko‘ra ham o’zbek va rus tillaridagi otlar ma‘lum o‘xshashlik va farqlarga ega. Masalan, har ikkala tilda otlar ega, kesim, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi hamda hol vazifalarida kela oladi. Bundan tashqari, o’zbek tilida otlar hech qanday grammatik vositani olmagan holda sifatlovchi­aniqlovchi vazifasida ham kela oladi.
Demak, o’zbek tilidagi bosh, qaratqich, tushum va jo‘nalish kelishiklari rus tilidagi imenitelniy, roditelniy, vinitelniy va datelniy kelishiklariga mos keladi. Biroq rus tilida qaer srog’iga javob bo’luvchi otlar o’zbek tilidagi kabi kelishiklar bo‘yicha turlanmaydi. Rus tilidagi tvoritelniy hamda predlojniy padejlari o’zbek tilida, o’zbek tilidagi o‘rin­payt va chiqish kelishiklari rus tilida mavjud emas.
Ayrim manbalarda rus tilidagi so’zlar lug’aviy­semantik xususiyatlari, morfologik belgilari va sintaktik vazifalariga ko‘ra turkumlarga ajratilsa, o’zbekcha so’zlarni turkumlarga ajratishda, asosan, ularning semantik va sintaktik belgilari ko‘zda tutiladi, degan fikrlarni uchratish mumkin. Biroq o’zbek tilida yasama so’zlarni tasniflashda ularning nafaqat semantik, balki morfologik belgilari ham muhimdir. Masalan, -chi, -kash, -dosh, -zor kabi qo’shimchalarni olgan so’zlarni ot turkumiga, -li, -siz qo’shimchali so’zlarni sifat turkumiga yoki tarkibida –la qo’shimchasi bor bo’lgan so’zlarni fe‘l turkumiga kiritishda ana shu qo’shimchalarning mavjudligi ham e‘tibordan chetda qolmaydi.
O‘zbek tilida otlar ma‘lum grammatik vositalarni olmasdan ham gapda biror sintaktik vazifa bajara oladi Masalan: Tosh betondan qattiq (ega); Rustam Anvarga tosh otdi (to‘ldiruvchi); Arava tosh ko‘chadan shaqirlab borardi (aniqlovchi). Rus tilida bosh kelishikdagi, ya‘ni har qanday grammatik vositadan holi bo’lgan otlar gapda ega, sifat morfologik ko‘rsatkichiga ega bo’lgan so’zlar aniqlovchi, ravish ko‘rsatkichli so’zlar hol, ma‘lum shakl hosil qilgan fe‘llar kesim (infinitivlar bundan mustasno) bo’lib kelishi aniq. Demak, sintaktik vazifa nuqtai nazaridan o’zbekcha so’zlar mustaqil va yordamchi so’zlarga ajraladi holos.



Download 41.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling