I. Q. Musabayev kasalliklarni, S. Shamsiyev kasalliklarini, N. Majidov kasalliklarini, Z. Umidova kasalliklarni o'rganish va davolashga doir ilmiy ishlar olib borgan


Download 103.84 Kb.
bet3/5
Sana12.10.2023
Hajmi103.84 Kb.
#1699872
1   2   3   4   5
Bog'liq
Odam-1

Qon aylanish sistemasi


1.Qon aylanish sistemasi organlariga ... kiradi. 1)yurak 2)jigar 3)taloq 4)arteriya 5)kapillarlar 6)vena 7)albeolalar 8)limfa tomirlari
A)1,4,5,6,8 B)1,3,4,5,6 C)2,3,6,7,8 D)barchasi
2.Yurakning vazni erkaklarda ..., ayollarda esa ... gacha bo'ladi.
A)220-300 g; 180-220 g B)150-200 g; 120-150 g C)320-350 g; 220-300 g D)250-275 g; 200-230 g
3.Yurak ... suyagining orqasida, ... ning o'rtasida joylashgan.
A)o'mrov; ikkita o'pka B)to'sh; chap o'pka C)to'sh; jigar D)to'sh; ikkita o'pka
4.Yurak devori uch qavatdan: ichki epiteliy qavati - ..., o'rta-muskul, ya'ni ..., va tashqi - ... dan iborat.
A)endokard; miokard; perikard B)endokard; miokard; epikard C)epikard; perikard; miokard
D)miokard; endokard; perikard
5.... ikki qavat bo'lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi, u ... deb ataladi.
A)epikard; perikard B)miokard; epikard C)perikard; epikard D)endokard; perikard
6.Yurakning qisqarishi natijasida ishqalanishni kamaytiruvchi suyuqlik qayerda joylashgan?
A)perikardning ikki qavati orasidagi bo'shliqda B)miokardning ikki qavati orasidagi bo'shliqda
C)endokard bilan miokard orasida D)miokard va perikard orasida
7.Yurak devorining ichki qavati qanday to'qmadan tuzilgan?
A)epiteliy B)qoplovchi C)muskul D)nerv
8.Odam yuragi qanday kameralardan iborat?
A)endokard, miokard, perikard, epikard B)o'ng va chap bo'lmalar, o'ng va chap qorinchalar
C)ikki tavaqali, uch tavaqali, yarim oysimon D)kameralarga ajralmagan
9.Qaysi kameraning devori qalin bo'ladi?
A)chap qorincha B)chap bo'lma C)o'ng qorincha D)o'ng bo'lma
20
10.Yurakning qaysi kamerasi qonni katta bosimda katta qon aylanish doirasiga haydaydi?
A)chap qorincha B)chap bo'lma C)o'ng qorincha D)o'ng bo'lma
11.Yurakda klapinlar quyidagicha joylashgan: ikki tavaqali klapan ..., uch tavaqali klapan ..., yarimoysimon klapan ... 1)chap bo'lma bilan chap qorincha o'rtasida; o'ng bo'lma bilan o'ng qorincha o'rtasida; chap qorincha bilan aorta orasida hamda o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi o'rtasida 2)o'ng bo'lma bilan o'ng qorincha o'rtasida; chap bo'lma bilan chap qorincha o'rtasida; chap qorincha bilan aorta orasida hamda o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi o'rtasida 3)chap bo'lma bilan chap qorincha o'rtasida; chap qorincha bilan aorta orasida hamda o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi o'rtasida; o'ng bo'lma bilan o'ng qorincha o'rtasida; 4)chap qorincha bilan aorta orasida hamda o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi o'rtasida; chap bo'lma bilan chap qorincha o'rtasida; o'ng bo'lma bilan o'ng qorincha o'rtasida;
A)1 B)2 C)3 D)4
12.Yurak klapanlari qonni ... tomonga oqishini ta'minlaydi.
A)bo'lmalardan qorinchalarga, qorinchalardan aorta va o'pka arteriyasi
B)qorinchalardan bo'lmalarga, bo'lmalardan venalar
C)bo'lmalardan qorinchalarga, qorinchalardan kovak vena va o'pka venasi D)bosh miya
13.Yurak nasos singari ... qon tomirlardagi qonni so'rib, ... qon tomirlariga chiqarib beradi.
A)arteriya; vena B)vena; arteriya C)kapillyar; arteriya D)kapilyar; aorta
14.Yurak bo'lmalari va qorinchalarining qisqarishi - ..., kengayishi - ... deyiladi.
A)sistola; diastola B)diastola; sistola C)qisqarish kuchi; yurak hajmi D)yurak sikli; ish hajmi
15.Yurak orqali bir minutda ... qon oqib o'tadi.
A)5 litr B)5 ml C)65-70 ml D)10 l
16.Yurak muskullari ... orqali qon bilan ta'minlanadi.
A)qorinchadagi qon B)ikkita tojsimon arteriya C)bo'lmadagi qon D)kichik qon aylanish doirasidagi qon
17.Tinch holatida katta odam yuragi bir minutda ... marta qisqaradi.
A)70-72 B)65-70 C)16-18 D)82-85
18.Yurak sikli o'rtacha ... sek davom etadi.
A)0,8 B)0,4 C)0,3 D)0,7
19.Yurak qorinchalari bir marta qisqarganida ... qonni aortaga chiqaradi.
A)5 ml B)5 l C)65-70 ml D)70-72 ml
20.Sistolik hajm nima?
A)qorinchalar bir marta qisqarganda aortaga chiqadigan qonning hajmi
B)bo'lma qisqarganda qoringa chiqadigan qon hajmi
C)bir minutda chap qorinchadan o'tadigan qon hajmi
D)bir minutda o'ng qorinchadan o'tadigan qon hajmi
21.Yurak qorinchasining minutlik sistolik hajmi ...
A)4,9 l B)65-70 ml C)70 ml D)10 t
22.Bir kecha kunduzda yurak ... marta qisqarib, ... tonnaga yaqin qonni qon tomirlariga chiqarib beradi.
A)10;100000 B)7000; 8 C)490000; 72 D)100000; 10
23.Yurak avtomatiyasi nima?
A)o'z muskullarida paydo bo'lib turadigan qo'zg'alishlarta'sirida bir me'yorda qisqarib turishi
B)yurakning ixtiyorga bo'ysinmasligi C)yurakni to'xtovsiz dam olmay ishlashi
D)bo'lmalarining navbat bilan ishlashi
24.Bioelektrik tok ... o'rtasidada hosil bo'ladi.
A)yurak bo'lmasi bilan qorinchalari B)hujayra sitoplazmasi bilan tashqi muhit
C)chap va o'ng qorinchalar D)hujayra membranasi bilan yadro
25.Elektrokardiogramma yordamida nima tekshiriladi?
A)yurak muskullarining holati B)odam biotoklarining kuchi C)skelet muskullarining ishi
D)energiya almashinuvi
26.Arteriyalar ...
A)yurak chap qorinchasidan chiqib, tananing hamma qisimlariga qon olib boruvchi qon tomirlari.
B)devorlari bir qavat hujayralardan iborat. C)qonni yurak bo'lmalariga olib keladiga qon tomiri
D)kislorodga to'yingan qon oquvchi qon tomiri
21
27.Kapillarlarga tegishli xususiyatlar ... 1)devori bir qavat hujayralardan iborat 2)qalin devorli 3)odam sochidan 50 marta ingichka 4)devori uch qavatdan iborat 5)barcha to'qimalar orqali o'tadi 6)klapanlari mavjud
A)2,4,6 B)1,4,6 C)1,3,5 D)2,3,5
28.Venalarga tegishli xususiyatlar ... 1)devori bir qavat hujayralardan iborat 2)qalin devorli 3)odam sochidan 50 marta ingichka 4)devori uch qavatdan iborat 5)barcha to'qimalar orqali o'tadi 6)klapanlari mavjud 7)qonni yurak bo'lmalariga olib keladi 8)yupqa devorli
A)4,6,7,8 B)1,2,3,5 C)2,4,5,6 D)1,5,6,8
29.Arteriyalar orgalar va to'qimalarda ingichkalashib ... hosil qiladi.
A)kapillyarlar B)arteriolalar va kapillarlar C)venalar va kapillyarlar D)arteriolalar
30.Arteriya qon tomirlari devori qanday tuzilgan? 1)tashqi tig'iz biriktiruvchi to'qma qavat 2)tashqi epiteliy to'qma qavat 3)silliq muskulli qalin o'rta qavat 4)silliq muskulli yupqa o'rta qavat 5)elastik tolalar 6)bir qavat hujayralardan iborat ichki qavat 7)klapanlar
A)2,3,5,6 B)1,4,5,7 C)1,3,5,6 D)2,3,6,7
31.Vena qon tomirlari devori qanday tuzilgan? 1)tashqi tig'iz biriktiruvchi to'qma qavat 2)tashqi epiteliy to'qma qavat 3)silliq muskulli qalin o'rta qavat 4)silliq muskulli yupqa o'rta qavat 5)elastik tolalar 6)bir qavat hujayralardan iborat ichki qavat 7)klapanlar
A)4,5,6,7 B)1,3,5,7 C)2,4,6,7 D)1,4,5,6
32.Yirik venalarda joylashgan klapanlarning vazifasi nima? 1)yurakdan qonni qaytib chiqishiga imkon bermaydi 2)qonni faqat yurak tomonga oqishiga imkon beradi 3)qonni yurak qorinchalariga qaytib kirishiga imkon bermaydi 4)bosim hosil qilib qon aylanishini ta'minlaydi
A)1 B)2 C)3 D)4
33.Arteriya qon tomiri nima? 1)kislorodga to'yingan qon oquvchi tomir 2)yurakdan boshlanuvchi qon tomir 3)karbonat angidridga to'yingan qon oquvchi tomir 4)yirik qon tomirlar 5)yurakka quyiluvchi qon tomirlar
A)1,4 B)5 C)2 D)3,4
34.Vena qon tomiri nima? 1)kislorodga to'yingan qon oquvchi tomir 2)yurakdan boshlanuvchi qon tomir 3)karbonat angidridga to'yingan qon oquvchi tomir 4)yirik qon tomirlar 5)yurakka quyiluvchi qon tomirlar
A)1,4 B)2 C)3 D)5
35.Katta qon aylanish doirasi ... boshlanib, ... bilan tugaydi, kichik qon aylanish doirasi ... bilan boshlanib, ... bilan tugaydi. 1)chap qorinch; o'ng bo'lma; o'ng qorincha; chap bo'lma 2)o'ng qorincha; o'ng bo'lma; chap qorinch; chap bo'lma 3)o'ng bo'lmad; chap qorincha; chap bo'lma; o'ng qorincha 4)chap bo'lma; o'ng qorincha; o'ng bo'lma; chap qorincha
A)1 B)2 C)3 D)4
36.Katta qon aylanish doirasi ketma ketligini ko'rsating. 1)chap qorincha 2)o'ng qorincha 3)yirik arteriyalar 4)aorta 5)o'rta arteriyalar 6)to'qma va organlar 7)mayda arteriyalar 8)4 ta o'pka venalari 9)chap bo'lma 10)o'ng bo'lma 11)o'pka arteriyasi 12)o'ng va chap o'pka arteriyalari 13)kapillarlar 14)o'pka alveolalari 15)yuqorgi va pastki kovak venalar
A)1,4,3,5,7,6,8,10 B)1,4,3,5,7,6,15,10 C)2,11,12,13,14,8,9 D)1,4,3,12,13,6,8,10
37.Kichik qon aylanish doirasi ketma ketligini ko'rsating. 1)chap qorincha 2)o'ng qorincha 3)yirik arteriyalar 4)aorta 5)o'rta arteriyalar 6)to'qma va organlar 7)mayda arteriyalar 8)4 ta o'pka venalari 9)chap bo'lma 10)o'ng bo'lma 11)o'pka arteriyasi 12)o'ng va chap o'pka arteriyalari 13)kapillarlar 14)o'pka alveolalari 15)yuqorgi va pastki kovak venalar.
A)1,4,3,5,7,6,15,10 B)2,11,12,13,14,15,9 C)2,12,14,12,15,8,9 D)2,11,12,13,14,8,9
38.Limfa sistemasi ... dan iborat. 1)limfa kapilyarllari 2)venalar 3)mayda, o'rtacha, yirik limfa tomirlari 4)limfa tugunlari 5)taloq 6)yurak
A)1,3,4 B)3,4,5 C)1,2,6 D)1,4,5
39.Limfa aylanishining qon aylanishidan nima farqi bor? 1)limfa tomirlari organ va to'qmalardan boshlanmay, balki ularga keladi 2)imfa tomirlari organ va to'qmalarga kelmay, balki ulardan boshlanadi 3)o'ng qorinchadan boshlan chap bo'lmaga quyiladi 4)ularda bosim yuqori bo'ladi
A)1 B)2 C)3 D)4
40.Odam tanasida ... taga yaqin limfa tugunlari bor.
22
A)206 B)600 C)460 D)750 mln
41.Tanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo'lib o'rtacha ... limfa suyuqligi bo'ladi.
A)0,5 litr B)460 ml C)1-2 litr D)1200-1500 ml
42.Bir kecha kunduzda 1200-1500 ml limfa suyuqligi limfa tomirlaridan ... ga quyiladi.
A)arteriya qon tomirlariga B)chap bo'lmaga C)vena qon tomirlariga D)to'qmalarga
43.Vena qon tomilariga quyilgan limfa suyuqligi o'rniga ... dan limfa hosil bo'ladi.
A)qon plazmasi B)chap bo'lmachadan chiqqan qon C)ichaklarda so'rilgan oziqa
D)to'qmalardagi suyuqlik
44.Taloq qayerda joylashgan? 1)ko'krak qafasi chap tomonining yuqori qismida, qovurg'alar ostida 2)qorin bo'shlig'i chap tomonining yuqori qismida, chap qovurg'alar ostida 3)qorin bo'shlig'i o'ng tomonining yuqori qismi, o'ng qovurg'alar yoyi ostida 4)qorin bo'shlig'ining bel qismida, birinchi va ikkinchi bel umurtqasi yonida
A)1 B)2 C)3 D)4
45.Limfa tugunlari ... da ayniqsa ko'p joylashgan. 1)yuz 2)tirsak bo'g'imi atrofi 3)kaft 4)qo'ltiq 5)tovon 6)son-qovuq sohasi 7)bo'yinning old qismi
A)1,3,5 B)1,2,4,6 C)2,3,5,7 D)2,4,6,7
46.Limfotsitlar ...da hosil bo'ladi va limfa tomirlariga chiqarib turiladi.
A)to'qmalardagi suyuqlik B)jigar C)taloq D)ko'mik
47.Limfotsitlarning vazifasi nima? 1)yuqumli kasalliklardan himoya qilish (immunitet) 2)yot moddalarni parchalash (fagotsitoz) 3)qon deposi 4)oziqa yetkazib berish 5)kislorod tashish
A)1 B)2 C)3 D)barchasi
48.Taloqning vazifasi nima? 1)yuqumli kasalliklardan himoya qilish (immunitet) 2)yot moddalarni parchalash (fagotsitoz) 3)qon deposi 4)oziqa yetkazib berish 5)kislorod tashish 6)eritrotsitlarni parchalash 7)leykotsitlarni parchalash 8)trombotsitlarni parchalash 9)trombotsitlarni hosil qilish
A)1,3,6,7,9 B)1,2,3,6,7,8 C)2,4,5,6,9 D)barchasi
49.Gemodinamika qonunuiga muvofiq, qon aylanish sistemasining yuqori qismida, ya'ni yurakka yaqin tomonida bosim ... va qonningoqish tezligi arteriya qon tomirlarida ... bo'ladi. Quyi qismida esa bosim ... va qonning oqish tezligi ham ... bo'ladi.
A)baland; past; yuqori; past B)past; past; yuqori; yuqori C)baland; yuqori; past; past
D)past; baland; past; baland
50.Qon oqishining o'rtacha chiziqli tezligi aortada ... sm/sek, arteriyalarda ... sm/sek, arteriolalarda ... sm/sek, kapillarlarda ... sm/sek, venalarda ... sm/sek gacha seinlashadi.
A)40-10; 40; 10-0,1; 0,3-0,5; 0,1 B)10-0,1; 40; 40-10; 0,3-0,5; 0,1
C)40; 40-10; 10-0,1; 0,1; 0,3-0,5 D)40; 10-0,1; 40-10; 0,3-0,5; 0,1
51.Tinch holatda katta odam tanasi bo'ylab qon bir marta aylanib chiqishi uchun ... vaqt ketadi.
A)25-30 sek B)40 sek C)0,8 sek D)35-40 sek
52.Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda ... 1)yurakning qisqarishlar soni ko'payadi 2)yurakning qisqarishlar soni kamayadi 3)qon oqishi tezlashadi 4)qon oqishi sekinlashadi 5)qonning aylanib chiqishga ketadigan vaqt kamayadi 6)qonning aylanib chiqishga ketadigan vaqt ko'payadi
A)2,4,6 B)1,3,5 C)1,4,6 D)2,3,5
53.Puls bu ... 1)nafas olish natijasida tomirlarning tebranishi 2)yurakning qisqarishi 3)yurak qorinchasining qisqarishi 4)qon tomirlari devorining ritmik ravishda to'lqinlanib turishi
A)1 B)2 C)3 D)4
54.Arterial puls ... 1)yurakning o'ng qorinchasi qisqarishi natijasida chiqqan qonning tomirlar devorini tebratishi 2)kislorodga to'yingan qonning tomirlar devorini tebratishi 3)yurakning chap qorinchasi qisqarganda undagi qonning aortaga va undan esa o'rta va mayda arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqishi natijasida tomir devorining tebranishi 4)yurakdan chiqqan qon tomirlarining tebranishi
A)1 B)2 C)3 D)4
55.Odatda, puls bilakning pastki qismidagi ... tomirida, ya'ni kaftust sohasidagi tomirda sanaladi.
A)arteriya B)vena C)kapilliar D)nerv
56.Pulsni tananing qaysi qismlarida sanash mumkin? 1)yuzaroq joylashgan arterial qon tomirlarda 2)ichkariroq joylashgan qon tomirlarda 3)bilakda 4)sonning ichki qismida 5)sonning tashqi qismida 6)chakkada 7)elkaning pastki qismida 8)to'piqning ostida
23
A)2,3,5,6,7,8 B)1,2,3,4,5,6 C)3,4,5,6,7,8 D)1,3,4,6,7,8
57.Qon bosimi qonning ... dan yuzaga keladi.
A)miqdori ortib ketishi B)tomirlar devoriga ko'rsatgan bosim kuchi
C)harakati sekinlashishi D)hajmi ortishi
58.Qon bosimi ikki xil bo'ladi: ...
A)maksimal va minimal B)bo'lma va qorincha C)arterial va vena D)katta va kichik
59.Yurak-qon tomir sistemasining faoliyati, asosan, ... bosimini o'lchash yo'li bilan baholanadi.
A)arterial B)vena C)kapilliar D)aorta
60.Arterial bosim ikki xil: ... bo'ladi.
A)katta va kichik B)maksimal va minimal C)arterioid va venoz D)qorincha va bo'lma
61.Maksimal bosim ... dan hosil bo'ladi.
A)o'ng qorinchaning qisqarishi B)chap bo'lmachaning qisqarishi
C)chap qorinchaning bo'shashishi D)chap qorinchaning qisqarishi
62.Minimal bosim ... hosil bo'ladi.
A)yurakning chap bo'lmasi kengayganda B)yurakning chap qorinchasi kengayganda
C)yurakning o'ng qorinchasi kengayganda D)yurakning chap qorinchasi qisqarganda
63.Diastolik bosim - ....
A)minimal bosim B)maksimal bosim C)arterial bosim D)vena bosim
64.Maksimal bosim ... dan ko'tarilsa va minimal bosim ... dan oshsa gipertoniya deb ataladi.
A)110 mm; 70 mm B)135-140 mm; 80 mm C)125-130 mm; 85 mm D)70 mm; 110 mm
65.Maksimal bosim ... dan va minimal bosim ... dan pasaysa gipotoniya deb ataladi.
A)125-130 mm; 85 mm B)110 mm; 70 mm C)120 mm; 80 mm D)80 mm; 120 mm
66.Yurak va qon tomirlar faoliyati ... yo'l bilan boshqariladi.
A)nerv sitemasi B)nerv, gumoral C)gumoral D)avtomatiya
67.... nerv yurak faoliyatini tezlashtiradi, ... nerv, aksincha yurak faoliyatini sekinlashtiradi.
A)parasimpatik; simpatik B)somatik; vegetativ C)simpatik; parasimpatik D)markaziy; periferik
68.Buyrak usti bezining miya qismida ishlab chiqariladigan ... gormoni, xuddi ... nervga o'xshab, yurak ishini tezlashtiradi va arterial bosimni oshiradi.
A)adrenalin; simpatik B)adrenalin; parasimpatik C)vazopressin; simpatik D)androgen; simpatik
69.Gipofiz bezining orqa bo'lagidan ishlanib chiqadigan ... gormoni qon tomirlarini taoraytirib, bosimni ...
A)somatotrop; oshiradi B)adrenalin; pasaytiradi C)vazopressin; pasaytiradi D)vazopressin; oshiradi
70.Ob-havoning noqulay o'zgarishlari, ayniqsa, ... kasalliklari bilan og'rigan odamlarga ko'proq ta'sir etadi.
A)asab sistemasi B)tayanch harakatlanish sistemasi
C)yurak va qon tomir sistemasi D)nafas olish sistemasi
71.Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va odam tanasining barcha bo'shliqlaridagi bosim o'rtasida farq paydo bo'lib, ayniqsa, ... kasalliklari bilan og'rigan odamlarda bosh og'rig'i, bo'g'inlarda, yurakda og'riq seziladi.
A)gastrit, zotiljam, yurak kasalliklari B)gipertoniya, revmatizm, yurak kasalliklari
C)gepatit, bronxit, nafas yo'llari D)tonzillit, radikulit, tayanch harakatlanish sistemasi
72.Ayniqsa, qon bosimi ko'tarilgan keksa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyilishi, natijada ... mumkin. 1)qo'l-oyoq shol bo'lishi, gapirish qobilyatini yo'qotishi 2)ko'p qon yo'qotishi 3)hotirani yo'qotishi, qo'l-oyoq qaltirashi 4)miya ish faoliyati buzilishi, modda almashinuvining buzilishi
A)1 B)2 C)3 D)4
73.Balandlikka ko'tarilganda havo bosimi pasayib, odam gavdasining ichki bo'shlig'idagi gazlar kengayishi natijasida ... yuzaga keladi.
A)miyaga qon quyilish B)adisson C)tog' kasalligi D)ateroskleroz
74.Issiq vaqtda tanadagi qon tomirlari ... natijada qon tananing yuza qismidagi tomirlarda va to'qimalarda to'planib, organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi ... .
A)torayadi; kamayadi B)kengayadi; kamayadi C)torayadi; ko'payadi D)kengayadi; ko'payadi
75.Issiqlikning nurlanishi ter bezlaridan ajralgan suyuqlikning ... orqali amalga oshadi.
A)kondensatlanishi B)bug'lanishi C)fermentativ ta'siri D)sovitishi
24
76.Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari ... va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi ... .
A)taorayadi; kamayadi B)torayadi; ko'payadi C)torayadi; torayadi; D)kengayadi; kamayadi
77.Ateroskleroz - ... 1)qon tomirlari ichki yuzasida yog' va tuz moddalari to'planishi 2) tomirlar qattiqlashib, mo'rtlashib qolishi 3)xotira pasayib ketishi 4)bosh miyaga qon quyilishi
A)1,3 B)3,4 C)1,2 D)2,4
78.Gipertoniya - ...
A)tomirlarning mo'rtlashishi B)miyaga qon quyilish C)yurak to'qmasining yemirilishi
D)arterial qon bosimning ko'tarilishi
79.Yurakning ishemik kasalligi - ... 1)qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining ma'lum qismi yemirilishi 2)yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi 3)qon quyilishi
A)2 B)1 C)3 D)barchasi
80.Miokard infarkti - ... 1)qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining ma'lum qismi yemirilishi 2)yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi 3)bosh miyaga qon quyilishi
A)1 B)2 C)3 D)barchasi
81.Insult - ... 1)qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining ma'lum qismi yemirilishi 2)yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi 3)bosh miyaga qon quyilishi
A)1 B)2 C)3 D)barchasi
82.Yurak va qon tomir kasalliklarini ko'rsating: 1)qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining ma'lum qismi yemirilishi 2)yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi 3)bosh miyaga qon quyilishi
A)1 B)2 C)1,2 D)barchasi
83.Ko'p uchraydigan ... oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig'lanish kasalliklari tufayli odam yoshlik chog'idanoq ish qobilyatini yo'qotishi mumkin.
A)angina B)surunkali tonzillit C)bodomcha bezlarining yallig'lanishi D)barchasi
84.Chekish va spirtli ichimliklar istemol qilish ... kabi og'ir xastaliklarni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. 1)ateroskleroz 2)gipertoniya 3)kesson 4)gipotireoz 5)yurak infarkti
A)1,2,3 B)1,2,5 C)2,4,5 D)barchasi
85.Tamaki tutunida ... ko'proq zaharli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan.
A)2,5 mln B)5 ming C)3 ming D)1,5 ming
86.Tamaki tutuni tarkibida ... kabi yurak-qon tomir sistemasiga zaharli ta'sir ko'rsatuvchi moddalar mavjud. 1)nikotin 2)radioktiv poloniy 3)kadmiy 4)uran 5)kobalt 6)qo'rg'oshin 7)seziy 8)margimush
A)1,2,3,5,6,8 B)1,2,3,6,7,8 C)1,3,4,5,7,8 D)barchasi
87.Odam tomirlari bo'ylab ... ga yaqin qon oqib turadi.
A)1-2 litr B)500 ml C)7-8 litr D)5 litr
88.Odam ... litrdan ko'proq qon yo'qotsa halok bo'ladi.
A)2-2,5 B)4-5 C)1,5-2 D)3
89.Kapillarlar jarohatlanganda qanday yordam ko'rsatiladi. 1)yod eritmasi bilan zararsizlantirib,bog'lab qo'yiladi. 2)sovuq suvda ho'llangan sochiq qo'yiladi 3)tomir siqib bog'lab qo'yiladi 4)tomir jarohatlangan joydan yuqoriroqqa qovuzloq qo'yib bog'lanadi.
A)1 B)2,3 C)3 D)4
90.Venalar jarohatlanganda qanday yordam ko'rsatiladi. 1)yod eritmasi bilan zararsizlantirib,bog'lab qo'yiladi. 2)sovuq suvda ho'llangan sochiq qo'yiladi 3)tomir siqib bog'lab qo'yiladi 4)tomir jarohatlangan joydan yuqoriroqqa qovuzloq qo'yib bog'lanadi.
A)1 B)3,4 C)2 D)barchasi
91.Arterialar jarohatlanganda qanday yordam ko'rsatiladi. 1)yod eritmasi bilan zararsizlantirib,bog'lab qo'yiladi. 2)sovuq suvda ho'llangan sochiq qo'yiladi 3)tomir siqib bog'lab qo'yiladi 4)tomir jarohatlangan joydan yuqoriroqqa qovuzloq qo'yib bog'lanadi.
A)1 B)2 C)3 D)4
92.Burun devoridagi kapillarlar shikastlanganda qanday yordam ko'rsatiladi. 1)yod eritmasi bilan zararsizlantirib,bog'lab qo'yiladi. 2)ustiga sovuq suvda ho'llangan sochiq qo'yiladi 3)tomir siqib bog'lab qo'yiladi 4)tomir jarohatlangan joydan yuqoriroqqa qovuzloq qo'yib bog'lanadi 5)sovuq suvda bir necha marta chayiladi 6)barmoq bilan qisiladi
A)1,2,4 B)3,5,6 C)2,5,6 D)barchasi
25
93.Qovuzloq ... soatdan ortiq turmasligi lozim.
A)2,5-3 B)1,5-2 C)0,5-1 D)3
94.Qovuzloq 1,5-2 soatdan ortiq tursa ... 1)qon qotib qoladi 2)qon tomiri devorlariga yopishib yana jarohatlashi mumkin 3)qo'l yoki oyoqning pastki qismi qonsizlanib, ishdan chiqishi mumkin 4)shuncha vaqt ichida qon to'xtaydi
A)1 B)2 C)3 D)4
95.Ichki qon ketishda qanday birinchi yordam ko'rsatiladi? 1)tomir siqib bog'lanadi 2)tinch qoldiriladi 3)qovuzloq qo'yiladi 4)qon ketish gumon qilingan joy ustiga muz, qor yoki sivuq suv solingan polietilen xalta qo'yiladi 5)tez tibbiy yordam chaqirish
A)2,4,5 B)1,3,5 C)3,4,5 D)1,2,4



Download 103.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling