9. Real gazlar. Van – der – Vaals tenglamasi.
Ma’lumki, ideal gazning holat tenglamasi gaz molekulalarining xususiy hajmini hamda ular orasidagi o’zaro ta’sir kuchlarini e’tiborga olmaydi. Lekin past temperatura va yuqori bosmlarda Mendeleyev – Klapeyron tenglamasidan foydalanib bo’lmaydi. 1873 yilda golland fizigi Van – der – Vaals Mendeleyev – Klapeyron tenglamasiga tuzatmalar kiritib, real gazning holat tenglamasini chiqardi.
Miqdori 1 mol bo’lgan ideal gaz uchun Mendeleyev – Klapeyron tenglamasi
(1)
bu yerda - gazning hajmi yoki molekulalar erkin harakat qilishi mumkin bo’lgan idishning hajmi. Real gazda bu hajmning b qismini molekulalarning o’zlari egallaydi. Shuning uchun real gaz molekulalari harakatlanishi uchun amaldagi bo’sh hajm dan kichik bo’lib, u - b ga teng bo’lib qoladi. Buni e’tiborga olsak
(2)
Lekin b ning o’zi molekulalarning xususiy hajmlari yig’indisidan katta. Chunki, har qanday zich joylashtirilganda ham molekulalar orasida bo’sh hajm qoladi. Bundan tashqari molekulalarni juda zich joylashtirib bo’lmaydi. Chunki, ular bir – biriga juda yaqinlashtirilganda o’zaro itarish kuchi paydo bo’ladi.
Real gaz molekulalari orasida o’zaro ta’sir kuchi mavjud bo’lgani uchun tashqi p bosimga yana qo’shimcha ravishda p1 bosim paydo bo’ladi. Shuning uchun quyidagini yozamiz
(3)
hisoblashlar ko’rsatadiki
(4)
(3) va (4) dan
(5)
bu miqdori 1 mol bo’lgan real gazning holatini ifodalaydi va unga Van – der – Vaals tenglamasi deyiladi.
Ixtiyoriy m massali gaz uchun bu tenglama quyidagicha yoziladi
(6)
bu ifodalardagi a va b sonlari har bir gaz uchun alohida qiymatlarga ega bo’lib, ularga Van – der – Vaals doimiylari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |