Hisoblashga doir masalalar
Miqdoriy analiz natijalari asosida moddalarni formulalarini aniqlash
Laboratoriya tajribalari
Uglevodorodlar molekulasi modellarini tayyorlash
Atsetilenni olish va xossalarini o‘rganish.
Neftni qayta ishlash va toshko‘mirni kokslash mahsulotlari namunalarini ko‘zdan kechirish
Amaliy mashg‘ulotlar
Organik moddalar tarkibida vodorod, uglerod, galogen borligini aniqlash
Nitrobenzol sintez qilish. Reaksiya mahsulotini tozalash, amaliy unumini aniqlash.
Uglevodorodlar mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish
Mavzu bo‘yicha test savollari yechish
.
III. Kislorodli organik birikmalar (21 soat)
Тo‘yingan bir atomli spirtlar (3 soat)
Bir atomli to‘yingan spirtlarning tuzilishi. Funksional guruh, uning elektron tuzilishi. Vodorod bog‘lanishning spirtlar fizik xossalariga ta’siri. Uglerod skeletining izomeriyasi va funksional guruhning holati. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar. Spirtlar nomenklaturasi. Spirtlarning kimyoviy xossalari: yonishi, ishqoriy metallar va vodorodgalogenidlar bilan o‘zaro ta’siri, degidratlanish reaksiyalari. Nukleofil o‘rin olish reaksiyalari. Metil va etil spirtlarning ishlatilishi. Spirtlarning zaharliligi, ularning inson organizmiga zaharlovchi ta’siri. Sanoatda etanol va metanol ishlab chiqarish. Uglevodorodlar va spirtlar orasidagi genetik bog‘liqlik.
Ko‘p atomli spirtlar (1 soat)
Ko‘p atomli spirtlar, ularning tuzilishi va xossalari. Etilenglikol va glitserin.
Fenollar (2 soat)
Fenollar. Fenollarning tuzilishi. Fenolning fizik xossalari. Kimyoviy xossalari; natriy, ishqor eritmasi, bromli suv bilan o‘zaro ta’siri, oksidlanishi, fenol molekulasidagi atomlarning o‘zaro ta’siri. Gidroksid guruhdagi orto-, para-oriyentirlovchi ta’sirlar. Fenollarni nitrolash. Kumol usulida fenolning olinishi. Fenolning ishlatilishi. Atrof-muhitni tarkibida fenol bor sanoat chiqindilaridan muhofaza qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |