Hisoblashga doir masalalar yechish
Azotli organik birikmalar mavzusiga doir nazariy va murakkab hisoblashga doir masalalar yechish. Laboratoriya tajribalari
Anilinning bromli suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvi.
Oqsillarning rangli reaksiyalari.
Amaliy mashg‘ulot
Azotli organik birikmalar mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish.
Mavzu bo‘yicha test savollari yechish.
V. Geterotsiklik birikmalar (3 soat)
Geterotsiklik birikmalar haqida tushuncha. Furan. Pirrol.
Purin va pirimidin.
Nuklein kislotalar, tarkibi va xossalari. RNK va DNK. Nukleotidlar. Nuklein kislotalarning kimyoviy va biologik ahamiyati
VI. Elementorganik birikmalar (1 soat)
Metallorganik birikmalar. Kremniy organik birikmalar. O‘zbekistonlik olimlarning elementorganik kimyo soxasidagi ishlari.
VII. Yuqori molekulyar birikmalar va ular asosidagi polimer materiallar (5 soat)
Yuqori molekulyar birikmalar haqida umumiy tushunchalar: monomer, polimer, polimerlanish darajasi, o‘rtacha molekulyar massa.
Yuqori molekulyar moddalarni sintez qilishning asosiy usullari-polimerlash, polikondensatlash, sopolimerlash, siklni ochish orqali polimerlash. Polimerlarning chiziqli, tarmoqlangan va fazoviy tuzilishi.
Plastmassalar sinflanishi. Тermoplastik va termoreaktiv polimerlar: polietilen, polipropilen, polivinilxlorid, polistirol, polimetilmetakrilat, fenolformaldegid smolalar; ularning tuzilishi, xossalari va ishlatilishi. Тo‘ldiruvchi plastmassalar.
Sintetik kauchuklarning turli-tuman xillari, ularning o‘ziga xos xossalari va ishlatilishi. Stereoregulyar kauchuklar. Sopolimer kauchuklar, ularning xossalari va ishlatilishi. Rezina.
Sintetik tola. Poliefirli, poliamidli va poliakrilonitrilli tola, ularning tuzilishi, xossalari, ishlatilishi, sanoatda olinishi.
Polimer materiallar ishlab chiqarishning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.
Mavzu bo‘yicha test savollari yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |