I. ORGANIK KIMYO FANI (1,2,3,4,5-darslar)
1-DARS. Organik va noorganik moddalar. Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratilish tarixi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga barcha moddalar organik va noorganik moddalarga bo‘linishini hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirishdan iborat. Organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratilishi zaruriyat ekanligi, hamda ushbu nazariyani yaratilish tarixi haqida ilmiy tushunchalar beriladi.
Dars rejasi:
O‘quvchilardagi mavzuga doir mavjud bilimlarni munozara asosida aniqlash va umumlashtirish.
Noorganik va organik birikmalar. Organik birikmalarni xilma-xilligi.
Тabiatda organik birikmalar va ularning hosil bo‘lishi. Organik kimyoning vujudga kelishi.
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi:
a) Тarixi
b) Organik birikmalar tuzilish nazariyasining asosiy holatlari
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasini ahamiyati va rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.
O‘quvchilar 9-sinf kimyo kursida quyidagi tushunchalarni o‘rgangan.
Organik moddalar.
Vitalizm.
Vitalizmga berilgan dastlabki zarbalar.
1854 yil nemis olimi Vyoler mochevinani sintez qildi.
1845 yil nemis kimyogari Kolbe sirka kislotani sintez qildi.
1854 yil fransuz kimyogari Bertlo yog‘larni sintez qildi.
1861 yil rus kimyogari A.M.Butlerov qandsimon moddalarni sintez qildi.
«Organik moddalar» va «organik kimyo» tushunchalarini 1807 yilda shved kimyogari Berselius taklif etgan.
Butlerovning tuzilish nazariyasini yaratilishida asos bo‘lgan tushunchalar.
Ye.Frankland, A.K.Kekule, A.Kuper ishlari.
A.M.Butlerovning organik birikmalarni kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy tushunchalari.
Bu kabi o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan tushunchalarni munozara asosida umumlashtirib olinadi.
Darsning davomida radikallar va tiplar nazariyasidan boshlab organik birikmalarni kimyoviy tuzilish nazariyasini asosiy mohiyati va nazariyani rivojlanishi, ahamiyatini tushuntirib beriladi.
Darsni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga quyidagi savollarga mustaqil javob topishlari taklif etiladi.
Vitalistik qarashning noto‘g‘ri ekanligini qanday kashfiyotlar asoslab beradi?
CH4, C2H6, C3H8, CH2O, HCOOH tarkibli birikmalarda uglerod valentligi qanday va buni organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |