I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


Download 0.6 Mb.
bet11/61
Sana25.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1719637
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
10metqul

Uyga vazifa: Darslikdan 5-8 betlar, §1


2-DARS. Organik birikmalarda izomeriya va nomenklatura


Darsning maqsadi: O‘quvchilarga organik moddalarning hosilalari modda tarkibiga kirgan atomlarni bir-biri bilan birikish tartibiga ham bog‘liq ekanligini tushuntirish, ya’ni, izomeriya to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berishda izomeriyaning turlari (uglerod zanjirining tarmoqlanishi, molekula tarkibidagi qo‘shbog‘larning yoki funksional guruhlarning joylashishiga bog‘liq bo‘lgan izomeriyalar) hamda organik moddalarning nomenklaturasi (tarixiy, ratsional va xalqaro) haqida o‘quvchilar tomonidan 9-sinfda o‘zlashtirgan bilimlarni rivojlantirib borishdan iborat.


Dars rejasi:
A.M.Butlerovning organik birikmalarni kimyoviy tuzilish nazariyasidagi «Moddalarning xossalari molekula tarkibiga qanday atomlar va qancha atomlar kirishigagina bog‘liq bo‘lmay, balki molekulada bu atomlarning qanday tartibda birikkanligiga, ularning o‘zaro ta’siriga ham bog‘liq bo‘ladi» degan tushuncha asosida izomeriya hodisasini tushuntirishdan boshlash maqsadga muvofiq.

  1. Izomeriya haqida tushuncha.

  2. Izomeriyaning turlari
  1. Zanjirning tarmoqlanishi


  2. Holat izomeriyasi

  3. Fazoviy izomeriya

  4. Optik izomeriya

  1. Organik birikmalarning nomenklaturasi

  1. Тarixiy (travial) nomenklatura

  2. Ratsional nomenklatura

  3. Sistematik nomenklatura

Organik birikmalar son jihatidan juda ko‘p bo‘lishiga sabab, ulardagi izomeriya hodisasidir. Izomeriya (grekcha –isos-teng va meros-qism) terminini fanga shved kimyogari A.Bersellius tomonidan kiritilgan.





Uglerod molekulasidagi uglerod atomlari soni

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling