I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


Download 0.6 Mb.
bet1/61
Sana25.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1719637
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
10metqul


10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun metodik qollanma

I.R.ASQAROV, N.Х.ТO‘ХТABOYEV, K.G‘.G‘OPIROV


Umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun


MEТODIK QO‘LLANMA
ТOSHKENТ
2003
Kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator I.R.Asqarovning umumiy taxriri ostida


Тaqrizchilar: Andijon Davlat universiteti Kimyo fakulteti jamoasi, Andijon viloyati pedagogik xodimlar malakasini oshirish instituti kimyo bo‘limi jamoasi, oliy toifali kimyo fani o‘qituvchilari M.Rahimov, Sh.G‘ofurov, Z.Akbarov, Тoshkent shahar 34-maktab kimyo o‘qituvchisi O.G‘oyipova.


Ibroximjon Asqarov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator, kimyo fanlari doktori, professor
Nozimjon Тo‘xtaboyev
Тexnika fanlari nomzodi
Kamoliddin G‘opirov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, oliy toifali kimyo o‘qituvchisi


Ushbu nashrga doir barcha huquqlar tegishli qonunchilik asosida himoya qilinadi va mualliflarga tegishlidir. Undagi matn va illyustratsiyalarni mualliflar roziligisiz to‘liq yoki qisman ko‘chirib bosish taqiqlanadi.

I.R.ASQAROV, N.Х.ТO‘ХТABOYEV, K.G‘.G‘OPIROV


SO‘Z BOSHI

1991 yil O‘zbekiston Mustaqillikka erishgach barcha fanlar qatori kimyo fanidan ham darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlarni milliy ruxda yozish va o‘qitish imkoniyati yaratildi. Umumta’lim o‘rta maktablarning 10-sinfida kimyo fanini o‘quvchilarga mukammal o‘rgatishda o‘qituvchi tomonidan tuziladigan dars rejalari, jadvallari va boshqa metodik adabiyotlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. 2003-2004 o‘quv yilida o‘rta maktablarning 10-sinflar uchun G.Rudzitis, F.Feldmanning Kimyo-10 darsligi darslik sifatida tavsiya etilgan. Ushbu darslikdagi ayrim mavzular O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 10-sinf Kimyo dasturiga mos kelmasligi ushbu fanni o‘qitishda ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi tabiiy. Shuningdek 9-sinfda o‘quvchi o‘rgangan 27 soatlik organik kimyoga oid mavzularning takrorlanishi ham o‘qituvchining o‘qitish uslubini tanlashda bir oz qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan darslikda dasturda ko‘zda tutilgan uglevodorodlarning galogenli hosilalari, geterotsiklik birikmalar, elementorganik birikmalar, yuqori molekulyar organik birikmalar va ular asosidagi polimer materiallar, O‘zbekistonda kimyo sanoati, atrof-muhitni himoya qilish singari bir qator mavzular darslikda deyarli yoritilmagan. Ushbu muammolarni hal etish va o‘qituvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu metodik qo‘llanma yozildi.


Kimyo fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘quvchiga qiziqarli qilib, sodda, ravon til bilan, oddiydan murakkabga tomon bosqichma-bosqich o‘rgatib borishda har bir o‘qituvchi o‘ziga xos usullardan foydalanishi tabiiy.
10-sinf kimyo darsligini o‘qitishda kimyo fani o‘qituvchilariga ma’lum darajada amaliy yordam beradi degan umidda ushbu qo‘llanma yozildi. Qo‘llanmada umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga binoan tuzilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarning ish rejasi va har bir darsning asosiy bosqichlari qisqacha bayon qilindi. Darsning maqsad va vazifalari asosida mavzular yakuni bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, masalalar yechish, test savollari, nazorat ishlari orqali o‘quvchilar bilimlarini aniqlashga e’tibor qaratildi.
Metodik qo‘llanmada 10-sinflar uchun Kimyo fani o‘quv dasturi va taxminiy ish rejasi hamda dasturda ko‘zda tutilgan barcha mavzularni o‘qitish yuzasidan yo‘riqnomalar qisqacha bayon qilingan.
Ushbu metodik qo‘llanmadan maktab o‘qituvchilari va iqtidorli o‘quvchilar foydalanishlari mumkin.
Metodik qo‘llanmaning hajmi chegaralanganligi tufayli mavzular qisqacha yoritildi. Qo‘llanmada darslikdan deb berilgan ko‘rsatmalar G.Rudzitis, F.Feldmanlarning 10-sinf Kimyo darsligini nazarda tutadi.
Ushbu qo‘llanma qo‘lyozmasini o‘qib o‘zlarining qimmatli maslaxatlarini berganliklari uchun Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Kimyo fakulteti professor–o‘qituvchilariga minnatdorchilik izhor qilamiz.
Ushbu qo‘llanma to‘g‘risidagi qar qanday tanqidiy fikr-muloxazalar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Qo‘llanma xaqida o‘z fikr va muloxazalarini bildiruvchi kitobxonlarga oldindan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Mualliflar


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling