I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


Download 0.6 Mb.
bet2/61
Sana25.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1719637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
10metqul

Х sinf Kimyo dasturi
haftasiga 2 soat, jami 68 soat


I. Organik kimyo fani (5 soat)

Organik birikmalar tuzilishining o‘ziga xosligi. Radikallar va tiplar nazariyalari. Kimyoviy tuzilish nazariyasining asoslari. A. M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari. Izomeriya. Kimyoviy tuzilish nazariyasining ahamiyati. Kimyoviy tuzilish nazariyasining rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.


Organik birikmalarning nomenklaturasi. Тarixiy, ratsional, xalqaro nomenklatura. IUPAC nomenklaturasi. Organik birikmalarni nomlashning asosiy prinsiplari.
Kichik davrlardagi elementlarning atomlaridagi elektronlarining s- va r-elektronlar, elektron bulutlarning shakllari. Kovalent bog‘lanishning hosil bo‘lishi. Kovalent bog‘lanishning asosiy xarakteristikasi: bog‘ uzunligi, energiyasi, qutbliligi (dipol moment), qutblanuvchanligi, fazoviy yo‘nalishi. Kova­lent bog‘lanishdagi gomolitik va geterolitik uzilish.


II. Uglevodorodlar (20 soat)


Alkanlar (4 soat)

Metan, uning tuzilish formulasi, metan molekulasining tetraedrik tuzilishi, kimyoviy bog‘lanish xarakteri, sp3-gibridlanish. Metanning gomologik qatori, gomologik farq, gomologlarining fizik xossalari. Тo‘yingan uglevodorodlarning fazoviy tuzilishi. Alkanlar izomeriyasi va nomenklaturasi. Alkanlarning kimyoviy xossalari: yonishi, xlorlanishi, nitrolanishi, termik parchalanishi. Zanjirli reaksiyalar mexanizmi. Alkanlarning galogenli hosilalari. Alkanlarning galogenli hosilalarining xossalari: aktiv me­tallar, suv, ishqorlar bilan reaksiyalari. Nukleofil o‘rin almashinish reaksiyalarining mexanizmi.




Sikloalkanlar (1 soat)

Sikloparafinlar (sikloalkanlar), ularning tuzilishi, xossalari. Sikloalkanlarning izomerlanishi va nomlanishi. Хossalarning halqaning tuzilishiga bog‘liqligi. Bayer nazariyasi. Halqalarning fazoviy tuzilishi. Sikloalkanlarning olinishi va ishlatilishi.





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling