Sana: Sinf : 7- sinf Fan : Kimyo


Download 15.62 Kb.
Sana25.04.2020
Hajmi15.62 Kb.
#101344
Bog'liq
7-sinf-kimyo-o-zbek-kimyogarlari


Sana:

Sinf : 7- sinf

Fan : Kimyo.
Mavzu : 2-§. O‘ZBEK KIMYOGAR OLIMLARNING KIMYO FANIGA QO‘SHGAN HISSALARI
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga O’zbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga qo’shgan hisssalari haqida tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytish,axloqiy, ekologik tarbiya berish.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning kimyogar olimlar haqidagi bilimlari,darslik, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarinirivojlantirish.

Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi

Kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;



Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:

Kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;



Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:

Kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;



Kommunikativ kompetensiya:

jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun kundalik hayotda uchraydigan kimyoviy moddalarning nomini ona tilida va xorijiy tillarda bilish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

axborot manbalaridan kimyoga oid ma’lumotlarni topish, axborot xavfsizligi qoidalariga amal qilish.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kimyo bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda kimyoviy hodisa, jarayonlar haqidagi bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish.



Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:

kimyo fanining rivojlanish tarixi, Vatanimiz kimyo sohasining taraqqiyoti, o‘zbek kimyogarlarining olib borayotgan ishlaridan xabardor bo‘lish.



Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:




Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.

2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni:

 Jahon kimyogar olimlari qatorida o‘zbekistonlik kimyogar olimlar ham kimyo fani va sanoatining rivojlanishiga o‘z xissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

 O‘zbekistonda Fanlar Akademiyasining Umumiy va anorganik kimyo instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Bioorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti hamda bir qator ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida, oliy o‘quv yurtlarining kimyo fakultetlari va kafedralarida kimyo sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

  Ahmedov K.S., Parpiyev N.A., Solihov Sh.L, Yusupbekov N.R., Asqarov M.A., Ne'matov S.N., Abduvahobov A.A., Salimov Z.S., Rashidova S.Sh., Obidova M.O., Mirkomilov T.M., Beglov B.M., Iskandarov S.I., Rustamov X.R., Toshpo‘latov Y.T., Tolipov Sh.T., Aslanov H.A., Abdurasulova R.A.., Maxsumov A.G‘., Shohidoyatov X.M., Tillayev K.S., Musayev O‘.N., Yusupov D.Y., Sirliboyev T.S., Yo‘lchiboyev A.A., Muftaxov A.G., Ahmerov Q.A., Hakimov G‘.H. va boshqa taniqli o‘zbek kimyogar olimlarining olib borgan va bugungi kunda amalga oshirayotgan ilmiy tadqiqotlarining natijalari O‘zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishida va jahonga tanilishida muhim ahamiyatga egadir.



 Kimyo fanlari tizimidagi «Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» nomli yangi ixtisoslik 1997-yilda o‘zbek olimlari I. R. Asqarov va T.T.Risqiyev tomonidan asoslab berildi. Ushbu yangi kimyo fanining shakllanishida o‘zbek olimlari. S.A.Alimboyev, A.A.Ibragimov, G‘.X.Hamroqulov, M.A.Rahimjonov, M.Y.Isaqov, Q.M.Karimqulov, O.A.Toshpo‘latov, A.A.Namozov, B.Y.Abdug‘aniyev, Sh.M.Mirkomilov, M.Shodiyev, N.X.To‘xtaboyev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan va olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : Darslikdagi §2 ni o‘qish. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
Download 15.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling