I s a k o V a m u a z z a m t u L k I n o V n a s a L o m a t L i k I j t I m o I y p s I x o L o g I y a s I
Download 463.75 Kb. Pdf ko'rish
|
ISAKOVA MUAZZAM TULKINOVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: YOQIMLI KEKSAYISH VA UZOQ UMR KO’RISH PSIXOLOGIYASI
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Johnston, M. (1994). Sog'liqni saqlash psixologiyasining zamonaviy tendentsiyalari. Psixolog, 7 yosh, 114-118. 2. Ogden, J. (2012). Sog'liqni saqlash psixologiyasi: darslik (5- nashr). Maidenhead, Buyuk Britaniya: Ochiq Universitet matbuoti. 3. Rogers, R. W. (1983). Profilaktik sog'liq psixologiyasi: ijtimoiy va klinik psixologiyaning interfeysi. Ijtimoiy va klinik psixologiya jurnali, 1(2), 120- 127. doi:10.1521 / jscp.1983.1.2.120 4. "Devid F. Marks, Maykl Myurrey va Emee Vida Estacio (2018) Sog'liqni saqlash psixologiyasi. Nazariya-tadqiqot-amaliyot (5-tahr.) Sage ". 2018-11-16. 5. Everly, G. S., Jr. (1986). Mehnat salomatligi psixologiyasiga kirish. P. A. Keller va L. G. Ritt (nashrlar) da, Klinik amaliyotdagi yangiliklar: Manba kitob, Vol. 5 (331-338-betlar). Sarasota, FL: Professional Resurs Birjasi. 6. Raymond, J. S., Vud, D. W. va Patrik, W. K. (1990). Ish va sog'liq bo'yicha psixologiya doktorlik mashg'ulotlari. Amerikalik psixolog, 45 yosh, 1159– 1161. doi: 10.1037 / 0003-066X.45.10.1159 7. Tez, JC (1999). Kasbiy sog'liqni saqlash psixologiyasi: tarixiy ildizlar va kelajak yo'nalishlari, Sog'liqni saqlash psixologiyasi, 18, 82-88. doi: 10.1037 // 0278-6133.18.1.82 8. Schonfeld, I. S. (2018), mehnat salomatligi psixologiyasi. D. D. Dannda (Ed.), Psixologiyada Oksford bibliografiyalari. Nyu-York: Oksford universiteti matbuoti.[1] MAVZU: YOQIMLI KEKSAYISH VA UZOQ UMR KO’RISH PSIXOLOGIYASI Reja: 1. Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha. 2. Biologik keksayish. 3. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi. 4. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari. 5. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari 6. Tavfsiyalar 7. Xulosa 8. Foydalanilgan adabiyotlar Uzoq umr ko’rish haqidagi ta’limot fanda gerontologiya deb nomlanadi. Bu ta’limotda bergan ma’lumotlariga ko’ra, uzoq umr ko’rish ko’p jihatdan odamlarning o’ziga va turmush tarziga bog’liqdir. Bu fikrni isboti sifatida yunon faylasufi Demokritning quyidagi so’zlarini keltirish mumkin: “ Odamlar o’z toat - ibodatlarida Ollohdan tansihatlik tilaydilar. Biroq Olloh tansihatlik kalitini tug’lishdanoq ularning o’z qo’llariga tutquzib qo’yganidan bexabardirlar .” 3 «Gerontologiya» insonning qarish jarayonini o‘rganadigan fan bo‘lib, yunoncha geros – qari va logos – bilim degan ma’noni anglatadi. «Gerontologiya» ning asosiy maqsadi insonning faol va to‘laqonli hayotini uzaytirish yo‘llarini izlab topishdir. Keksa yoshdagi bemorlarga xizmat qilish aksariyat tibbiyot xodimlarining kundalik vazifasi, chunki tibbiy xizmatga muhtoj barcha bemorlarning 25–30 foizi keksa yoshdagi bemorlardir. Jahondagi barcha mamlakatlarda demografik ko‘rsatkichlar qariyalar hisobiga oshib bormoqda. Bu esa «Gerontologiya» va «Geri-atriya» sohasidagi bilimlar doirasini kengaytirishni taqozo etadi. «Gerontologiya» fani quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: qarish biologiyasi, geriatriya, gerogigiyena, gerontopsixologiya, gerodermiya, gerodietetika, geroekologiya. Keksalik – umrning qonuniy tarzda yuz beradigan yakunlovchi davridir. Biroq muddatidan oldin qarish hodisasi ham hayotda bor haqiqatdir. Barvaqt qarish boshdan kechirilgan kasalliklar yoki tashqi muhitning zararli omillari ta’sirida yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarning bir muncha erta rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Olimlarning fikricha, inson salomatligining 51,6% sog’lom 3 Journal of Advanced Research and Stability ISSN: 2181-2608. 2022. 25-bet turmush tarziga, 20,5 % irsiyatga, 19,3 % tashqi ekologik muxitga, 8,6% sog’liqni saqlash tizimiga bog’liq ekan. 4 Fiziologik qarish aqliy va jismoniy sog‘lomlikni, ma’lum darajadagi ish qobiliyatini, dilkashlikni, tevarak atrofdagi hodisalarga qiziqishni saqlab qolish bilan belgilanadi. Tashqi muhit ta’siri va organizmning ichki omillari qarish jarayonining tezlashuviga, organizmning erta qarishiga olib keladi, bu jarayon organizmning o‘sish va rivojlanishi to‘xtaganidan keyin boshlanadi. «Gerontologiya» tibbiy biologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u molekula va hujayralardan tortib butun organizmning qarish sabablarini o‘rganadi. Qarish – qarilik, ya’ni yosh ulg‘aya borishi bilan organizmda paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarning qonuniy tarzda ro‘y berish jarayonidir. Umuman olganda, bugungi kunda qarilik muammolarini har tomonlama o‘rganadigan turli fan sohalari paydo bo‘ldi va ular jadal rivojlanmoqda. Xususan, dunyo aholisi sonining qariyalar hisobiga oshishi «Geriatriya» fanining rivojlanishini yanada tezlashtiradi. «Geriatriya» keksa, yoshi ulug‘ kishilarda kasallikning kechishi xususiyatlarini o‘rganadigan fan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda. «Gerogigiyena» esa keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigiyenasini o‘rganmoqda. «Gerontopsixologiya» – keksalar ruhiy holati va fe’l-atvorini; «Gerodietetika» – keksaygan kishilar ovqatlanishi va uning xususiyatlarini; «Gerodermiya» – keksaygan kishilar teri qoplami xususiyatlarini o‘rganuvchi bo‘lim. «Geroekologiya» – qarish jarayoniga ekologik omillarning ta’sir etishini o‘rganuvchi fan. Insoniyatni doimo bir muammo o‘ylantirgani- o‘ylantirgan: qanday qilib uzoq umr ko‘rish mumkin? Hatto bundan ikki ming yil muqaddam buyuk Lukretsiy o‘z asarlarida, jumladan, “Tabiat haqida” nomli kitobida bu masala yuzasidan mulohazalar bildirgan. Xo‘sh, odam uzoq yashay olmasligiga nima sabab? Qarish-qartayishning boisi ne? Avvalo, shuni aytish kerakki, hayot hamma narsani o‘z izmiga soladi. Insonning keksayishi ham ma’lum qonuniyatga asoslangan. Qolaversa, olimlarning ta’kidlashlaricha, qarilik qator kasalliklarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Yoshi bir joyga borib qolganlar 4 Karimova V.M. “Oila psixologiyasi” Darslik. T.: 2008. 79-bet. ko‘proq ateroskleroz, rak, qandli diabet, arterial gipertoniya, yurak ishemiyasi xastaliklaridan vafot etadilar. Bu kasalliklarning paydo bo‘lish mexanizmini tushunish uchun esa, qarish va yosh potologiyasi (a’zolardagi kasalliklar, yosh ortib borishi bilan organizm hayot faoliyatida bo‘ladigan o‘zgarishlar) o‘rtasidagi aloqani aniqlash lozim. Bunda bir necha ko‘rinishlar ham bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Tibbiyotning otasi Gippokratning ta’kidlashicha, uzoq umr ko‘rishga jismonan mashq qilish, toza havoda aylanishning o‘rni bo‘lakcha. U qarilik 70 yoshda boshlanadi, deb hisoblaydi. Pifagor esa qarish inson hayotining oxirgi 20 yilini — 60 dan 80 yoshgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi, deb ta’kidlagan. Boshqalar yosh ketishini ehtimollik jarayoniga yo‘yib, u organizmga ko‘pdan- ko‘p ichki va tashqi omillarning ta’sir etishidan, deydilar. Menimcha, genetik o‘zgarish qarish emas, balki organizmning buzilishi bilan bog‘liq moddalar almashinuvi jarayonidir. Hayot ana shu qonuniyatga asoslanadi. U har qaysi organizmda turlicha kechishi mumkin. Masalan, sichqon 2 yil, fil 100 yil yashashi aniqlangan. Bundan bitta xulosa chiqadi: qarish qachon boshlanadi, degan gapga o‘rin qolmaydi. U jinsiy xujayralar urug‘lanishi bilan birga rivojlanadi. Gap shundaki, tabiatda ba’zi mavjudotlar 300 yil, hatto ming yilgacha yashashi mumkin. Ammo... nega inson emas? Uzoq yashash sirini kashf etish hozirgi davrning muhim muammolaridandir. Bu yo‘nalishda anchagina ibratli ishlar amalga oshirilyapti. Salomatlikka ham alohida urg’u berilyapti. Salomatlik - bu nafaqat sog-‘salomat yurish degani, balki uzoq umr kurish garovi xamdir. Tug’ilish, o’sib ulg’ayish, voyaga yetib shaxsiy va umuminsoniy manfaatlar yo’lida faoliyat ko’rsatish, qarish-qartayish va o’lim - bular inson xayot yo’lining qonuniy bekatlaridir. Bu xayot uchun kurash - salomatlik uchun kurash ekanligini anglashni taqozo etadi. 5 Olimlarimizning tinimsiz izlanishlari tufayli kasalliklar, ayniqsa, yuqumli xastaliklarga qarshi kurashishning samarali usullari ishlab chiqildi. Kishilarning yashash sharoiti o‘zgardi, ijtimoiy ahvoli yaxshilandi. Ammo, shunisi ajablanarliki, bir necha ming yillardan buyon insonning umr ko‘rish imkoniyati biologik jihatdan oshgan emas. Tadqiqotchilarimiz hozir bu 5 Karimova V.M. “Oila psixologiyasi” Darslik. T.: 2008 78-bet yoshni 90 atrofida deb hisoblamoqdalar. Aslida-chi? Axir dunyoda bundan ham uzoq umr ko‘ruvchilar bor-ku! “Yoshini yashab, oshini oshaganlar” haqida gapirganda shuni aytish kerakki, ular juda ozchilik bo‘lib, 115-120 yoshgacha umr ko‘rishgan. Kavkazda bu ko‘rsatkich biroz yuqori bo‘lishi mumkin. Sharq xalqlarida igna bilan davolash keng taraqqiy etganligi hammaga ma’lum. Ular ichida uzoq umr ko‘rish nuqtasi degan tushuncha ayniqsa shuhrat qozongan. Bu haqda qator afsona, rivoyatlar mavjud. Ulardan birida aytilishicha, Kunchiqar mamlakatning podshosi eng keksa kishini saroyga taklif etibdi. 242 yoshli Matle degan keksa inson tashrif buyuribdi. — Qanday qilib siz bunday tabarruk yoshga kirdingiz? — deya so‘rashibdi undan. — Buning hech qanday siri yo‘q, — deb javob beribdi qariya, — Men har to‘rt kunda jismimdagi uzoq yashash nuqtasini kuydirib turaman. So‘ngra Matle yig‘ilganlarga o‘sha nuqtani ko‘rsatibdi. Bu, ehtimol, afsonadir, ammo olimlar hozir uzoq umr ko‘rish nuqtasini qo‘zg‘ash organizmni mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga, insonning uzoqroq umr ko‘rishiga imkoniyat tug‘dirishiga ishonch hosil qilmoqdalar. Bunda ikki yo‘l mavjud. Avvalo, organizm kasallik rivojlanishiga qarshi kurasha olishi lozim. Bu shuning uchun ham muhimki, qarish pirovard natijada xastalik paydo bo‘lishiga olib keladi. Bordi-yu, biz faqatgina rak va yurak, qon-tomir kasalliklarini tugatgan taqdirimizda ham inson umrini 10-11 yil uzaytirishga erishgan bo‘lardik. Qolaversa, menimcha, qarish jarayonini susaytiradigan qandaydir malham yaratish zarur. Zero, bu borada dunyoda necha ming yildan buyon harakat qilinadi. Ammo... ming afsus, hozircha natija yo‘q... Ovqatlanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ham uzoq umr ko‘rishning birlamchi omillaridan hisoblanadi. Jismonan chiniqish, sport bilan shug‘ullanish bu jihatdan yanada samarali natijalar berishi mumkin. Bundan tashqari, olimlar hozirgi paytda uzoq yashashning yangi forma va usullari ustida tadqiqotlar o‘tkazmoqdalar. Masalan, enterosorbtsiya yo‘li bilan oshqozon- ichakdagi soklar va qonni zaharli moddalardan tozalash bo‘yicha boshlangan tajriba, geninjeneriya shunday xayrli harakatlardandir. Hozir gerontologiya — qarish haqidagi fan oldida juda katta muammolar turibdi. Ularni hal etish insoniyat kelajagida muhim o‘rin tutishi shubhasiz. O‘shanda balki yosh o‘tgan sayin kishining intelektual kuchi va ijodiy ish bilan shug‘ullanishi kamayib boradi, degan gaplarga hojat qolmas. Binobarin, o‘tmishda, “buyuk qariyalar” bu fikrni inkor etadigan darajada ishlashgan: Gyote, Pikasso, Stravinskiy, Rubenshteyn 80 yoshlarida eng bebaho asarlarini yaratishgan. I. P. Pavlov shu yoshda ilmiy ishlar yozgan... Volter bejiz aytmagan: “Qarilik — nodon uchun qish bo‘lsa, olimga ayni o‘rim-yig‘im davridir”. 6 Xullas, uzoq yashash siri hozircha muammoligicha qolmoqda. Biroq olimlarimizning izlanishlari mazkur sohada anchagina yutuqlarga erishish mumkinligidan dalolat beradi. Bizning hozirgi eng muhim burchimiz yashab turgan umrimizni qisqartirib qo‘ymaslik. Buning uchun mashhur olim, akademik I. P. Pavlovning yana quyidagi o‘gitlariga amal qilish foydadan holi bo‘lmaydi: “Inson 100 yil hatto undan ham ko‘p yashashi mumkin. Lekin biz o‘zimizning tiyiqsizligimiz, pala-partishligimiz, o‘z organizmimizga nisbatan shafqatsizligimiz tufayli bu muddatni ko‘p yillarga qisqartirib boramiz”. Psixogerontologiya fanida gerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud. Gerontologiya — grekcha so‘z bo‘lib, keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir. Geriatriya so‘zi keksaygan inson shaxsini davolashni bildiradi. Involyusiya tushunchasi evolyusiyaning teskarisi bo‘lib, o‘sishdan orqaga qaytishni ifodalaydi. Gerogigiena — keksaygan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash sohasidir. Gerogigiena keksa odamlarda asab, ruhiy kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik bir xil Yoshdagi odamlarda ruhiy jarayonlarning turlicha (har xil vaqt va muddatda) namoyon bo‘lishidir. Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyusion omillari qatoriga I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi. 6 https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/qiziqarli-malumotlar/uzoq-umr-ko-rish-siri “Hurriyat” gazetasidan olingan (2008). D.Bromley insonning qidirish sikli uchta bosqichdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi: 1) "ishdan, xizmatdan uzoqlashish" (iste’fo) — 66-70 Yosh; 2) keksalik (70 va undan katta Yosh), 3) munkillagan keksalik (hasta keksalik va o‘lim) — maksimum 110 Yosh. SHu bilan birga (keksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin). 1) geteroxronlik (har xil vaqtlilik) qonuni; 2) o‘ziga xoslik qonuni; 3) xilma-xillik qonuni. I.V.Davidovskiy "Keksayish nima?" nomli asarida ta’kidlaganidek, inson 50—60 Yoshga to‘lganda yoki undan oshgan chog‘ida yetuklikning kechikkan davriga kirib keladi. Shu Yoshdagi odamlarning o‘limini XVIII asrdagi tengdoshlari bilan taqqoslansa, ularning yashash va mehnat qilish imkoniyati 75 Yoshgacha uzayishi mumkin. Chunki hozirgi kunda nafaqani belgilash haqiqiy biologik qarish yoshidan 15—20 yil ilgarilab ketgan. Bu hol aqliy mehnat bilan shug‘ullangan ziyoli odamlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. I.V.Davidovskiyning fikricha, uzoq umr ko‘ruvchilar asosan ozish, faol, harakatchan odamlar bo‘lib, havodan erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka quritar kasalliklardan holi bo‘ladilar. Tadqiqotchi P.P.Lazerev 1928- yilda umr o‘tishi bilan ko‘ruv apparati markaziy etnologiyasining xiralashuvini aytgan edi. Keyinchalik, 1967- yilda amerikalik psixolog Gregori bu fikrni tajribadan o‘tkazdi va inson keksayishi bilan retseptor apparatining optik funksiyasi zaiflashadi, ko‘ruv sezgasi va idrokini xiralashtiradi. Ko‘zning rangni sezishi Yoshi ulg‘ayishi bilan o‘zgarib boradi, hatto, rangni ajratish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, rang ajratish, spektr nurlarining yoyilishi Ibn Sino tomonidan tushuntirib berilgan, fan olamida esa bu kashfiyot Gel’mgolsga qiyos beriladi. Ko‘rishning pasayishi geteroxron xususiyat kasb etib, spektrning qisqa va to‘kis qismida (ko‘k va qizil rangda) aniqroq aks etadi. Psixogerontologik nuqtai nazardan sezish vaqtini rad qilgan E.N.Sokolov, E.I.Boyko, A.R.Luriya sezish vaqti Yosh davrining informatsion stimul funksiyasidan boshqa narsa emas, deya xulosa chiqaradilar. Ular sezish vaqgining egri chiziqli ko‘rsatkichlarini sxema tarzida ishlab chiqib, keksalik davriga xos ikkita xususiyatni chuqur tahlil qildilar. Xuddi shunga o‘xshash ma’lumotlar D.Birron, D.Botvinnik tajribalarida ham olingan. Psixogerontologiyada keksa erkak va ayollarning psixologik xususiyatlarini o‘rganishda ko‘proq test (sinov) dan foydalaniladi. Testlar o‘z maqsadi, mohiyati hamda tizimiga binoan bir nechta ko‘rinishga ega: 1) maqsadga yo‘naltirilgan, bilim hajmini aniqlovchi standart testlar — imtihon — sinov varaqasi; 2) insonning aql-zakovatini o‘lchashga moslashtirilgan aql testlari; 3) inson shaxsining fazilatlarini tekshirishga mo‘ljallangan testlar; 4) inson iste’dodi, iqtidori hamda qobiliyatining darajasini aniqlashga qaratilgan testlar. Keksayish davrida odamlar psixologiyasini o‘rganish testlar yordamida amalga oshirilishi sinaluvchilarda irodaviy kuch-quvvat sarflash, aqliy zo‘riqish, asabiy tanglik holatlarini kamaytirish uchun xizmat qiladi, tajribada vaqtdan tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga testlar kishilarda (rang- barangligi uchun) qiziqish, tabiiy mayl, shug‘ullanish his-tuyg‘usini uyg‘otadi. Keksalar psixologiyasini tadqiq qilishga oid tajribalarda psixogerontologiyaning ayrim usullaridan keng foydalanilmoqda. Nafaqa yoshiga to‘lgan kishilarning ishni davom ettirish islash va ulardan foydalanish ehtiyoji tibbiyot va ruhiyat ilmi oldiga bir qancha talablar qo‘yadi. Bu talablar M.D.Aleksandrova va uning shogirdlari ta’kiddaganidek, 60 yoshdan oshgan odamlarning somatik jihatliligi ularning ishlab chiqarishda qatnashishiga qanchalik imkon berishini, insonning ruhiy salomatligi ishlashda qay darajada yordamlashishini, sog‘lom keksa odamning psixofiziologik funksiyalari, psixik jarayonlari, shaxsiy xususiyat- lari va kasb-korlik uchun zarur talablarga mos kelish-kelmasligini aniqlashdan iboratdir. Shularning so‘nggi qismini tadqiq qilish bevosita psixologlarning zimmasida bo‘lib, Yosh ulg‘ayib borishiga qarab fiziologik funksiyalarning o‘zgarishi psixometriya ma’lumotlariga tayanib muayyan usulda o‘rganilishi lozim. Bu usulda bir qancha elat, jamoa hududning xuddi shu yoshdagi aholisi bilan solishtiriladi. Tadqiqotning bu usuli ayrim ruhiy jarayonlarning yosh dinamikasini aniqlashga xizmat qiladi. Asab sistemasining qarishi V.D.Mixaylova-Lukasheva, M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologak va gistologak tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi o‘zgarishi o‘rganilgan bo‘lib, bu hol makroskopiya va mikroskopiya ma’lumotlari asosida ifodalangan. Makroskopiya ma’lumotlariga ko‘ra: a) keksalik davrida miyaning og‘irliga 20-30% egallashadi: b) bir davrning o‘zida miya bilan kalla suyagining hajmi o‘rtasida disproporsiya kuchayadi; v) keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobig‘ining peshona qismida yaqqol ko‘rinadi va etuk yoshdagi odamlarga qaraganda 3—4 ta yo‘l qisqaradi; g) miyaning zichligi ortadi. Mikroskopiyaning natijalariga binoan: 1) nerv hujayra- larining umumiy miqsori kamayadi, bu o‘zgarish qobig‘ining III-V zonalarida aniq bilinadi; 2) Purkine hujayralarining mikdori keskin kamayadi, hujayralarning yo‘qolishi etuk kyshilart nisbatan 25 % ko‘p bo‘ladi; 3) nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa noto‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘la boshlaydi; 4) nerv tolalari yo‘g‘on- lashadi; 5) xabar olib boruvchi yo‘lda mielin tolalarining miqdori ozayadi. Rossiya gerontologiyasi asoschilaridan biri I.V.Davidovskiy keksalik boshlanishining aniq sanasi mavjud emas, degan flkmi bildirgan. 7 Boshqa mashhur gerontolog N.F.Shaxmatov keksayish muammolariga biologik nuqtayi nazardan yondashib, psixik keksayishni markaziy nerv sistemasining oliy bo‘limlarida yoshga oid destruktiv o‘zgarishlar natijasi sifatida qaraydi. 8 Keksayish yoshga oid muqarrar jarayon bo‘lishiga qarab har kimda har xil individual kechadi. Bugungi kunda jahonda genetik olimlarning chuqur izlanishlari natijasida, qarish jarayoniga ta’sir etuvchi genlar borligi taxmin qilinmoqda. Agar bu taxmin tasdiqlansa, «Gerontologiya» fanida keskin o‘zgarishlar yuz berishi va insonning hozirgidan ham uzoqroq umr ko‘rishiga erishiladi. Genetikaning rivojlanishi juda ko‘p geriatrik kasalliklarning kamayishiga sabab bo‘ladi. Umuman, qarilik davrini qanday aniqlash mumkin? 1963-yil Kiyevda o‘tkazilgan Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash tashkilotlarining qarilik jarayoni haqidagi seminarida qabul qilingani bo‘yicha: 45 yoshdan 59 yoshgacha – o‘rta yoshlilar; 60 yoshdan 74 yoshgacha – keksalar; 75 yoshdan 89 yoshgacha- qariyalar; 90 yosh va undan katta yoshdagilar – uzoq umr ko‘ruvchilar deb hisoblanadi. Insonning uzoq umr ko‘rishi bevosita undagi biologik va psixologik jarayonlarning kechishiga bog‘liqligi hech kimga sir emas. Masalaning mohiyatini biologik jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak, keksalik haqida bir qancha nazariyalar ilgari surilgan. Gerontologlarning fikricha, bu modda almashinuvining buzilishi, ya’ni organizmning tashqi muhitga moslashish qobiliyatining susayishidir. Keksalik sabablari va inson umrini uzaytirish masalalariga oid qarashlar ilk bor Gippokrat, Ibn Sino, Klavdiy Galen asarlarida uchraydi. XVII asrda ingliz astronomi, Yer sayyorasiga har 76 yilda juda yaqin keladigan Galle kometasi kashfiyotchisi Edmund Galle ham bu borada tadqiqotlar olib borgan. Biroq gerontologiya fan 7 Давидовский И.В. Геронтологиуа. —М .,1966 8 SHахматов Н.Ф. Психиchеское старение: сchастливое и болезненное,— М., 1996. С.31-36. sifatida XX asrning ikkinchi yarmiga kelib shakllana boshladi. Keyinchalik gerontologiyaning rivojlanishi uning gerontopsixologiya (umumiy psixologiya vositalari hamda usullaridan foydalanib, keksalar ruhiyati va fe’lining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi), geriatriya (klinik tibbiyotning keksalarga xos kasalliklarni o‘rganadigan, shuningdek, ularning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadigan bo‘limi), gerofarmokologiya (dori-darmonlar va ular tarkibini keksaygan organizm uchun moslashtirish), gerogigiena (katta yoshli kishilar gigienasi haqidagi ta’limot) kabi bir necha tarmoqlarga bo‘linishiga olib keldi. Bular orasida geriatriya ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Mazkur terminni fanga 1990 yilda amerikalik olim I.Nasher kiritgan. Keksalarda turli kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishining oldini olish, qarishga sabab bo‘ladigan jarayonlarni aniqlash, yasharish choralarini ko‘rish, keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam xizmatini tashkil etish geriatriya oldida turgan eng dolzarb muammolardandir. Normal fiziologik qarish sekin-asta yuz beradi. Bunda a’zolardagi asosiy to‘qimalar atrofiyaga uchraydi, ya’ni nobud bo‘ladi. Bu jarayon, avvalo, miyadan boshlanadi [3]. Undagi 17-22 foiz to‘qimalar qisqarib boradi. Keyin esa oshqozon, qizilo‘ngach, o‘n ikki barmoqli ichak, o‘t qobig‘i,oshqozon osti bezi hamda buyraklardagi 11-30 foiz, bir o‘zi besh xil funksiyani bajaradigan jigardagi 12-14 foiz to‘qimalarda atrofiya boshlanadi. Natijada insonlarning funksional va reaktiv imkoniyatlari pasayadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar aslida 100-120 yoshda fiziologik qariy boshlaydi. Biroq bugungi kunda bu holat deyarli kuzatilmaydi. Yildan-yilga ko‘payib borayotgan turli kasallik va epidemiyalar, narkomaniya, alkogolizm, kashandalik, ekologiyaning buzilishi, shuningdek, boshqa ko‘plab ijtimoiy faktorlar ta’sirida insonlarda keksalik alomatlari ancha erta paydo bo‘lmoqda. Hozirgi sharoitda odamda qarilikning dastlabki belgilari yetuklik davrida, ya’ni 60-65 yoshda yuz bermoqda. Ammo tamaki chekadigan va muntazam spirtli ichimlik iste’mol qiladiganlarda bu jarayon boshqalarga qaraganda 15-20 yil oldin boshlanadi. Bundan tashqari, a’zolardagi to‘qimalarning qanchalik kech yoki erta atrofiyaga uchrashi irsiyat va odamlarning qaysi sohada mehnat qilayotganiga ham bog‘liq. 2007 yilda Jenevada o‘tkazilgan xalqaro gerontologlar kongressida insonlarning yosh senzi quyidagicha belgilangan: 1-11 yosh bolalik, 11-17 yosh o‘smirlik, 18-52 yosh navqironlik, 55-65 yosh kishilarning ong va tafakkuri yetilgan, cho‘qqiga chiqqan, 65- 75 yosh ulug‘vorlik va nihoyat 75-85 yosh keksalik davri hisoblanadi. Shuningdek, 90 yoshdan oshganlar uzoq umr ko‘ruvchilar sirasiga kiradi. So‘nggi paytlarda, ba’zi manbalarda 110 yoshga yetgan yana bir toifa — juda uzoq hayot kechiruvchilar ajratib ko‘rsatilmoqda. Tanamizdagi har bir hujayra o‘z resursiga ega. Shuning uchun, ular har 24 yilda yangilanib boradi. Mazkur jarayon esa olti marta takrorlanadi. Bu deyarli 150 yil umrguzaronlik qilishimiz mumkin deganidir. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, erkaklarga nisbatan ayollarning ko‘proq umr ko‘rishini sababi nimada? Bu holatni tibbiyot xodimlari va biologlar quyidagicha izohlashadi. Erkaklarda ateroskleroz (yurak va qon tomirlari sklerozi), yurak va miyada qon ta’minotining buzilishi nisbatan ertaroq boshlanadi. Ularning infarkt-miokardga chalinish ehtimoli ayollarga qaraganda 40-49 yoshda 7 baravar, 50-59 yoshda 5 baravar va 60 yoshdan keyin 2 baravar ortadi. Buni jinsiy gormonlar bilan izohlash mumkin. Ayollar organizmi faqat estrogenlarni, erkaklar organizmi esa ko‘proq androgenlarni sintez qiladi. Estrogenlar o‘z navbatida organizmni turli xastaliklardan himoya qilish xususiyatiga ega. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, erkaklarga bunday genlarning ma’lum miqdorini o‘tkazish ulardagi qator kasalliklarning yengil o‘tishiga yordam beradi. Shuningdek, turli jarohatlar, zararli odatlar erkak salomatligini juda tez yemiradi. Amerikalik olimlarning kuzatishlaricha, bu mamlakat aholisining 10 foizi spirtli ichimliklar, 10,8 foizi chekish oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar dastidan vafot etar ekan. Hususan, kashandalarda bronxial astma 6,1 foiz, qizilo‘ngach saratoni 5,4 foiz, yurak qon-tomir kasalliklari 2,6 foiz ko‘p uchraydi. Yana bir qiziq ma’lumot: BMTning emografik departamentining tadqiqotlariga ko‘ra bo‘ydoq, beva va turmushidan ajralgan insonlar oila qurganlarga qaraganda kamroq umr ko‘rar ekan. Asab sistemasining qarishi borasidagi tadqiqotlarda, jumladan: V.D.Mixaylova, M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologik va gistologik tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi o‘rganilgan bo‘lib, bu xol makroskopiya va mikroskopiya ma’lumotlari asosida ifodalangan. Makroskopiya ma’lumotiga ko‘ra: —keksalik davrida miyaning og‘rligi 20-30 % yengilla shadi; — bir davrning o‘zida miya bilan kalla suyagining hajmi o‘rtasida dispropotsiya kuchayadi; —keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobig‘ining peshona qismida yaqqol ko‘rinadi va yetuk yoshdagi odamlarga qaraganda 3-4 ta yo‘l qisqaradi; —miyaning zichligi ortadi. Mikroskopiya natijalariga binoan: —nerv xujayralarining umumiy miqdori kamayadi, bu o‘zgarish miya qobig‘ining III, V zonalarida aniq bilinadi; — Purkine hujayralarining miqdori keskin kamayadi, hujayralarning yo‘qolishi 25% kop bo‘ladi; —nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa noto‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘la boshlaydi; —nerv tolalari yo‘g‘onlashadi; —habar olib boruvchi yo‘lda mielin tolalarining miqdori ozayadi. [2]. Shuningdek, L.E.Birron,L.Botvinniklarning sensor-persertiv funksiyalarning qarishi borasidagi, S.Parkon, U.Mayls, A.Uelfordlarning idrok funksiyalarining yosh davriga bog‘liq holda pasayishi va sezgi turlaridagi o‘zgarishlar borasidagi qarashlarida insonning biologik keksayishi haqidagi fikrlar aks etgan. Masalaning mohiyatiga psixologik jihatlariga yondashadigan bo‘lsak, keksalik davrida organizmning biologik zayiflashuvi psixik jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib kelishini aytib o‘tishimiz mumkin. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo‘ladi. Erkak va ayollar o‘rtasidagi farqlar borgan sari yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari (sezgi,idrok, xotira, tafakkur), axloqqacha (farosatlilik, hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik), va aql-zakovat (aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijo diy faoliyat, barqaror malaka) kabi ruhiy holatlarda o‘z aksini topadi. Biologik qarish psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda keskin o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Aksariyat sezgi organlari zayiflashadi, asab sistemasi kuchsizlanadi, ma’lumotlarni qabul qilish va ularni qayta ishlash, mohiyatni anglash, u yoki bu holatlarga diqqatni to‘plash va unda muayyan muddat tutib turish qiyinlashadi. Irodaning kuchsizlanishi og‘riq sezgilariga nisbatan bardoshlilik tuyg‘usini emira boshlaydi. Natijada tashqi ta’sirni qabul qilishda diqqatni saralash xususiyati o‘z ahamiyatini yo‘qotib borishi sababli keksa odam bola tabiat, arazchan, ko‘ngli bo‘sh, hissiyotga beriluvchan xarakterli bo‘lib qoladi. Xotiraning zayiflashuvi qariyalarda hayolparastlik illatini keltirib chiqaradi, ko‘pincha esda olib qolish, esda saqlash va esga tushirish o‘rtasida ko‘pgina sabablarga ko‘ra nomutanosiblik tug‘iladi, natijada unitish jarayoni kuchayadi. Diqqatni muayyan ob’yektga to‘play olmaslik oqibatida biror faoliyat turi ustida uzoq mashg‘ul bo‘la olmaslik bujudga keladi. Narsa va jismlarni noto‘g‘ri idrok qilish oqibatida illyuziyalar ko‘payadi. Monokulyarba bimonokulyar ko‘rishda hilma-xillik yuzaga keladi. Xarakter xislatlarida chekinish, hadiksirash, ishonchsizlik hislari yetakchi rol o‘ynay boshlaydi. Shu bilan birgalikda sog‘lom qariyalarda donishmandlik umrining oxirigacha saqlanishi tajribalarda qayd qilingan[2]. Keksalik davri borasidagi tadqiqotlarda boy tajribalar to‘plangan bo‘lib, olimlardan I.Baylesh, D.Zabeklar keksalarda xotira, irdok, mantiqiy tafakkur, eridutsiya, nutq surati, G.Leman ijodiy faollik, A.R.Luriya xotira, U.Shayyening kamolotning umumiy modeli, I.B.Davidovskiy va B.G.Ananevlarning uzoq umr ko‘rishda ekologik omillarning ahamiyati borasidagi tadqiqotlari hamda bu boradagi qarashlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin[2]. Hozirgi kunda dunyo gerontologlari bu sohaga zamonaviy nanotexnologiyalarni tatbiq etishga intilmoqda. Bu esa kelajakda ulkan samaralar berishi mumkin. Uning ahamiyati shundaki, yangi texnologiya, ya’ni davolashning mikrominiatyurizatsiya usuli organizmdagi zararlanishi mumkin bo‘lgan «hudud»lar va atrofiyaga uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan to‘qimalarni erta aniqlash hamda ularni bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa insoniyat genofondida xususan keksalarning ham muayyan o‘rni borligini bildiradi. Yuqoridagi fikr va mulohazalarga asoslanib, katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan keksalarimizni asrab-avaylash, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish, e’zozlash, jamiyatda o‘zaro hurmat, insof, oqibat, ahillik tuyg‘ulari yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidlash joiz. Pasportda koʻrsatilgan yoshdan tashqari har bir inson uchun shaxsiy keksayish tempi — biologik yoshi mavjud. Olimlar ayrim insonlarni erta qarishi, ayrimlarini esa uzoq vaqtgacha navqiron qolishini allaqachon aniqlab ulgurishgan. Qarish tezligiga genetik sabablardan tashqari — stresslar miqdori va uning natijasida kelib chiqqan tashqi dunyoga boʻlgan nosogʻlom reaksiyalar taʼsir etadi. Erta qarishda emotsional kuyishning barcha belgilari: ipoxondriya, xavotirlilik va isteriyaga moyillikni kuzatish mumkin. Boshqacha aytganda, Sizning atrofingizda sal narsaga baqirib, oyoqlarini depsintiradigan inson boʻlsa — bilingki bu “erta qarigan odam” hisoblanadi. Bunday insonlar esa hozirgi davrda oz emas. 38% rossiyaliklarning biologik yoshi pasport yoshiga nisbatan 7-9 yoshga katta. Ularning koʻpchiligi vazni ogʻirligi, tez-tez ogʻrishi va zaifligi bilan ajralib turadi. Olimlar “erta qarish” sabablarini aniqlashlari davomida, hayot tarzining bevosita taʼsiri borligiga eʼtibor qaratishdi. “Yosh qarilar” odatda yetarli maʼlumotga ega emasligi, kam pul ishlab topishi, kommunal uylarda yashashi, yomon ovqatlanishi, kam harakatlanishi va oʻz ishini koʻra olmasligi bilan ajralib turishi aniqlandi. Erta qarishning hayotdan qoniqish darajasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqligi bor. Erta qarishning boshqa sabablariga quyidagilar kiradi: 1.Hayotdan norozilik; 2.Harakatning kamligi; 3. Aqliy rivojlanishdan (oʻqishdan) ortda qolishi; 4.Oʻqish va ilm olishdan toʻxtab qolish. Download 463.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling