Risklarni boshqarish
Download 238.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU
1-Mavzu; “RISKLARNI BOSHQARISH” FANIGA KIRISH, RISKNING MOHIYATI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1. “Risklarni boshqarish” fanining mazmuni va maqsadi Umumjaxon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilar- monlik faoliyati tug’risidagi qonunchilik tadbirkorlik, bu mulkiy mas‘uliyat va oʻzining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga yoʻnaltirilgan fuqarolar va ular guruhning mustaqil tashabbus faoliyati deb belgilanadi. Koʻp xollarda tadbirkorlik; mustaqillik, tashabbuskorlik, mas‘uliyatlilik, faol izlanuvchanlik, jushqinlik, chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi. Bu xislatlarning yagona jamlamasi iqtisodiy faoliyatiga xos boʻlib, toʻliq asosli xolda tadbirkorlik yoki biznes deyiladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda oʻz hatti-xarakatlarini (mazmunan mehnat yutuqlarini ta‘minlash uchun) takomillashtirib boradi, chunki yutuqlar mahsulotlarini, texnologiya- larni tovar sifatini oʻzgartirishga, tabiiyki narx iste’molchilar doirasi va koʻpgina boshqa omillarga bog’liq. Muammolarni yechimini turli yoʻllarini topish, tanlash va oʻzgartirish faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin boʻladi. Shuning uchun tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanish va hilma- xillik holatida iqtisodiy faoliyatning usullarini tanlashda, erkinlikda kurinadi. Biznesni tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas. Tavakklikchilikni kuchayishi – bu mohiyatan tadbirkorlik erkin- ligining aksi boʻlib, bu uchun oʻziga xos toʻlov xamdir. Bozor mu- nosabatlari sharoitida yashab qolish uchun, texnikaviy yangilanish va dadillik, joʻshqin xarakatga tayaniladi, bu esa oʻz navbatida tavakkalchilikni kuchaytiradi. Demak, bundan tadbirkor tavakkal- chilikni kuchaytiradi. Demak, bunda tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi, balki uning darajasini baholay bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni boshqara bilishi lozimligi kelib chiqadi. Tadbirkorlikning bosh xislati: ―Tavakkalchilikdan qochmaslik, balki, uni oldindan koʻra bilishda va uning eng past darajagacha pasaytira olishda‖ namoyon boʻladi, deyiladi. Ta‘kidlaganlaridan mazkur oʻquv qoʻllanmaning asosiy maqsadi va vazifalari kelib chiqib, ularni quyidagicha ifodalash mumkin: - zamonaviy iqtisodiyotga xos boʻlgan omillardan biri bu - tavakkalchilikni hisobga olgan xolda iqtisodiy jarayonlarni sifat va miqdoriy xususiyatlari toʻg’risidagi bilimilarini chuqurlashtirish va kengaytirish; - tavakkalchilikni inobatga oluvchi iqtisodiy matematik modellarni tuzish, tahlil qilish va foydalanish usul va uslublarni oʻzlashtirish; - qarorlarni qabul qilish jarayonida iqtisodiy tavakkalchilikni hisobga oluvchi va modellashtiruvchi bir qator namunaviy uslublarni oʻrganadi; - hilma-xil muammolarni yechimini topishda amalda qoʻllash maqsadida tegishli apparatlarni (qurollarni) oʻzlashtirish; Mazkur qoʻllanmaning asosiy qismlarini bayon etishdan oldin, uning mazmun va mohiyatiga ma‘lum darajada qoʻshimcha izoh beramiz. Tavakkalchilikni boshqarish, baholash va tahlil qilish boʻyicha shu kungacha oʻzimizdagi mavjud va xorijiy materiallarni xar tomonlama keng oʻrganish, bir tizimga keltirib, tahlil qilish ayni paytda quyidagilarni koʻrsatmoqda: - “risk” - tushunchasini hamma uchun bir xil qabul qilingan tarifi mavjud emas; - har qanday amaliy va nazariy tasodiflar, holatlar uchun qoʻllaniluvchi tavakkalchilikni kengaytirilgan koʻrsatkichlarini aniq hisoblash uslublari ishlab chiqilmagan; - aniq vaziyatga tavakkalchilikning ma‘lum darajasini ―mos kelishi‖ni aniqlash boʻyicha ilmiy asoslangan qoʻllanmalar mavjud emas; - tavakkalchilikni holatini miqdoriy baholashga asoslanuvchi qoida va me‘yorlarni shakllantirish imkonini beruvchi me‘yoriy- xuquqiy konsepsiya ishlab chiqilmagan. Shuni ham nazardan qochirmaslik lozimki, tavakkalchilikning qadr- qimmatini belgilash, aniq vaziyatlarda qabul qilinishi zarur boʻlgan qarorlarga bog‘lik boʻladi. 1.2.“Risk”, “xatar”, “tasodif”, “tavakalchilik” Download 238.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling