Risklarni boshqarish


Risklarni turlariga ajratish


Download 238.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi238.65 Kb.
#1367702
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 MAVZU

1.4. Risklarni turlariga ajratish
Risk - bu mumkin boʻlgan noaniqliklarda ma‘lum xajmdagi faoliyatni 
bajarish, ya‘ni, bajariladigan ishlar natijasiga zarar etkazuvchi xar hil ziyonlar
yoki katta xajmda daromad olish imkoniyatidir. Koʻp hollarda tadbirkor 
ma‘lum bir risk asosida ishlab chiqarishga majbur. Majburiy riskda riskni 
boshqarish uchun mumkin bulgan noaniqliklarni bartaraf etishga intilinadi.
Qarorlar qabul qilishda biz ikki turdagi riskka yoʻl qoʻyamiz:


1. riskni hisobga olgan holda umumdavlat qarorlarini qabul
qilish;
2. mahalliy ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish.
Iqtisodiyotning 
bozor 
munosabatlariga 
oʻtishida talab va taklif
munosabatlari orasida ham ma‘lum bir riskka tayaniladi. Noaniq qarshiliklar 
natijasida yuzaga keluvchi risk ―Fors – major‖ deyiladi. Koʻp hollarda 
noaniqliklar va tavakkalchilikni sinash tushunchalari deyiladi. Lekin (risk 
uchun) noaniqliklar ba‘zi hollarda risk sifatida koʻrinadi yoki ba‘zi bir 
noma‘lum xodisalarni paydo boʻlishida yoki paydo boʻlishi bizga noaniq
vaziyat ehtimoli koʻrinishida paydo boʻladi. Amalda uzoq muddatli va qisqa 
muddatli risk mavjud. Uzoq muddatli risk qishloq xoʻjaligi va uning
tarmoqlarini rivoji bilan bog‗liq boʻlib, koʻp hollarda butun xalq xoʻjaligi 
darajasida qabul qilinadi. Qisqa muddatli risk kon‘yunkturali hisoblanadiб ya‘ni, 
ma‘- lum vaqt davomida bajariladigan ma‘lum turdagi ishlarni bajarishda qabul 
qilinadi.
Risk turlari quyidagi sinflarga boʻlinadi:
1) xoʻjalik riski;
2) inson tabiati bilan bog‗liq risk;
3) tabiiy omillar bilan bog‗liq risk.
Xoʻjalik riski muvaqqat va obyektiv riskdan tashkil topadi.
Muvaqqat risk bu - ishlab chiqarish jarayoniga yoʻnaltirilgan mahsulot
keraksiz boʻlib qolishidir. Obyektiv risk bu - mazkur mahsulot mazkur xududda 
sotilmay 
qolishidir. 
Tadbirkorlar 
oʻz 
faoliyatlari 
davomida quyidagi 
vaziyatlarda tavakkalchilikni hisobga olishlari lozim.
1) Ishlab chiqarish sohasida: boshqaruv, taqsimot, texnologiya, texnika 
va ob-havo bilan bog‗liq risk;
2) vositachilik sohasida: fuqarolik ma‘suliyati imkoniyatlari, mulk, pul 
vositalari va daromadni yoʻqotish bilan bog‗liq risk;
3) savdo sohasida: tovarning sotilmasligi, mahsulotni oʻz vaqtida yetkazib 
bera olmaslik bilan bog‗liq risk;
4) moliya sohasida: baho bilan bog‗liq, nelikvidlik, depozit, bank
opreatsiyalari, valyuta, sug‗urta, mulkchilik kredit bilan bog‗liq risk.

Download 238.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling