Risklarni boshqarish
Risk menejment tizimining tarkibiy elementlari
Download 238.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU
1.3. Risk menejment tizimining tarkibiy elementlari
“Risk” - xodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va oʻzaro bog‗liq boʻlgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib koʻrsatish mumkin: - tanlangan muqobillikni (alternativani) amalga oshirish maqsadida koʻzlagan maqsaddan chekinish mumkinligi; - koʻzlagan natijaga erishishning ehtimolligi; - koʻzlagan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yoʻqligi); - alternativani noaniq sharoitdagi tanlovni amalga oshirish bilan bog‗liq moddiy, ma‘naviy va boshqa yoʻqotishlarning mavjudligi. Riskning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan chekinish ehtimolining borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy hislatda boʻlishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan elementlar, ularning oʻzaro bog‗liqligi va oʻzaro ta‘sirchanligi riskning mazmun mohiyatida namayon boʻladi. Shu bilan bir qatorda riskka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir qancha hislatlar xosdir. Unga quyidagi hislatlar kiradi. - qarama-qarshilik (zidlik); - alternativlik (muqobillik); - noaniqlik (mavhumlilik). Qarama-qarshililik riskning muhim hislatlaridan biri boʻlib u turli qarashlarda namoyon boʻladi. Risk faoliyatining hilma-xilligini ifodalar ekan, bir tomondan tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab uslublar bilan umum ahamiyatga moyil natijalarni olishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Shu bilan bir qatorda u konservatizm, dogmatizm, qoloqlik kabi jamiyat taraqqiyotga ruhiy toʻsiqlarni bartaraf etadi. Tugatmoq, boʻluvchi ruhiy toʻsiqlarni bartaraf etadi va yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga qarshilik jamiyat taraqqiyotiga toʻsqinlik qiluvchilarga qarshi muvaffaqiyatni ta‘minlashga yoʻnaltirilgan yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga tashabbuskor ijtimoiy eksprimentlarni yangi g‗oyalarni amalga oshirishni ta‘minlaydi. Tavakkalchilikning bu hususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy ruhiy oqibatga sabab boʻladi, chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta‘minlaydi, jamoatchilikning fikirlash doirasiga ijobiy ta‘sir etadi. Ikkinchi tomondan, tavakkalchilik avantyurizm, valyun- tarizm, subyektivizimga, ijtimoiy taraqqiyotni toʻxtatishga olib keladi. Riskning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal xarkatlarning toʻqnashuvida namoyon boʻladi. Masalan, u yoki bu xarakatni amalga oshirish uchun maqbul yoʻlni tanlagan kishi oʻzini tavakkal ish qilgan deb xisoblasa, boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik har qanday riskdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin. Riskning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi imkoniyatlar, yoʻnalishlar, harakatlar orasidan oʻziga mos keluvchi variantni tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud boʻlmasligi, risk holatini inkor etadi. Qayerdaki tanlov boʻlmasa u yerda risk xarakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak risk mavjud boʻlmaydi. Risk vaziyatning aniq mazmuniga bog‗liq xolda alternativlik turli darajada murakkablikka ega boʻladi va u turli usullarda xal etiladi. Agar oddiy vaziyatlarda tanlov amalda toʻplangan tajriba va ichki xis tuyg‗uga asoslansa, murakkab vaziyatlarda qoʻshimcha maxsus usul va uslublardan foydalanish zarur. Riskni mavjudligi bevosita oʻz ma‘zmun shaklining hilma-xiligi bilan farqlanuvchi noaniqliklar bilan bog‗liq. Riskning bu hislatiga risk manbalarini oʻrganayotganimizda batafsil toʻxtalamiz. Bu yerda biz faqat ―Risk‖ni ishonchsiz va bir xillikni inkor etuvchi noaniqlikni ―bartaraf etish‖ usullari sifatida qarab chiqamiz. Riskni bu xislatiga e‘tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iboratki u noaniqlikning obyektiv va subyektiv manbaalarini inkor etadi va boshqaruv jarayonlarini amalda opti- mallashtiradi, qolaversa gap qandaydir noaniqliklarni toʻliq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin boʻlmagan), balki ratsional alter- nativani tanlash maqsadida riskni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda. Download 238.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling