I. S. Baxning hayoti va ijodi 7
II.BOB I.S.Bax asarlarining musiqiy nazariy bilimlarni oshirishdagi o'rni va ahamiyati
Download 223.5 Kb.
|
2 5436058841471004395
II.BOB I.S.Bax asarlarining musiqiy nazariy bilimlarni oshirishdagi o'rni va ahamiyati
2.1.Bax Musiqalarini tinglash va uni tahlil qilishning maqsad va vazifalari Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng jamiyatni yangicha, oziga xos taraqiyot yoli va bosh maqsadi belgilandi. Bu jamiyatni qurish uchun eng avvalo shu jamiyat fukarolarini, osib kelayotgan yosh avlodni milliy-manaviy ruhda har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalashga ustuvor ahamiyat berildi. Shuning uchun ham mustaqil rivojlanishning dastlabki yillaridan talim-tarbiya, ilm-fan, kasb-xunar tizimini yangicha asoslarda islox qilishga kirishildi. Chunki, manaviy yetuk, aqliy barkamol, axloqiy-estetik madaniyati shakllangan shaxsni tarbiyalash oz navbatida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, talim-tarbiyaviy ishlar milliy goya va milliy mafkurani asosiy omillari bolib xizmat qiladi. Shu orinda insonning manaviy ongi, dunyoqarashini va madaniy kamolotini takidlab otilgan talablar darajasida shakllantirishda sanat turlari va uning tarkibidagi eng ommaviy va tasirchan hisoblangan musiqa sanati alohida ajralib turadi. Prezidentmiz I.Karimov xaqli ravishda takidlaganlaridek «Musiqaning hayotbaxsh ta`sirini o`z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin desak mubolag`a bo`lmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san`ati navqiron avlodimizning yuksak ma`naviyat ruhida kamol topishida boshqa san`at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta`sir ko`rsatmoqda».1 Haqiqatdan ham, musiqa insonning axloqiy, manaviy va estetik hissiyotlariga tasir etish xususiyatini betakror va alohidaligi bilan pedagogik fanlar tizimida ham muhim orin tutadi. Shuning uchun ham, musiqa talimida ushbu fanni oqitilishi eng avvalo tarbiyaviy maqsadlarni kozda tutadi, desak aslo xato bolmaydi. Musiqa fan sifatida oqitiladigan talim tizimining barcha boginlariga nisbatan umumtalim maktablaridagi musiqa talimi ozining tashkiliy, metodik hamda mazmun-mohiyati (predmeti) bilan, boshqa fanlarni oqitilishidan jiddiy farq qiladi. Bu oziga xoslik musiqa darsini eng avvalo bir-biriga mantiqiy bogliq, darsning bosh mavzusi maqsad va vazifalarini yoritishga yonaltirilgan beshta faoliyatlar asosida tashkil etilishida oz ifodasini topadi. Bu faoliyatlar pedagogik maqsad, vazifalari, uyushtirilishiga kora aslida darsning bosh mavzusining mazmuni va mohiyatini ochib berishga qaratilganligi bilan dars sifat va samaradorligini taminlash, qiziqarli va mazmunli kechishi, pirovardida oquvchilarning musiqa madaniyatini shakllanishiga xizmat qiladi. Dars davomida olib boriladigan talimiy faoliyatlar mustaqil jarayonlar korinishida bolishi bilan birga, ularni bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda olib borish ushbu fanni oqitilishining oziga xos qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Musiqa darslaridagi qoshiq kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash boshlang`ich sinflarda qoshimcha ravishdagi musiqaga ritmik jor bolish hamda bolalar cholgu asboblarida ijro etish oquvchilar tomonidan musiqiy nazariy bilimlarni, amaliy ijrochilik bilan bogliq ko`nikma va malakalarini, bilimlarni qiziqish va ishtiyoq bilan puxta ozlashtiirishga keng imkoniyat yaratadi. Darsning mazmuni, mavzusi va xususiyatidan kelib chiqqan holda biror bir faoliyat asosiy oringa chiqib qolishi ham mumkin. Lekin, darsning tuzilishi asosan, mavzuga oid nazariy bilim, amaliy ijrochilik bilan belgilanadi. Oquvchilar dars davomida biror musiqa asarini tinglashadi. Ushbu jarayonda ular musiqaning goyaviy-badiiy mazmuni, mualliflari, yaratilgan davri, ijro uslubi, qaysi mahalliy uslubga xosligi, kompozitori, bastakorlik ijodi mahsuli ekanligi, janri, tonalnosti, o`lchovi, shakli kabi ma`lumotlar bilan tanishadilar. Bu esa, oquvchilarni umummusiqiy va musiqiy-nazariy savodxonligini shakllantirishga xizmat qiladi. Darsning amaliy ijrochilik, yani qoshiq kuylash (xor bolib) jarayonida, o`quvchilarni vokal-xor kuylash malakalarini egallashlari uchun nota yozuvi, dinamik belgilar, dirijorlik qoidalaridan xabardor bolishlari zarur. Musiqa savodi faoliyatida dastur va darslikka kiritilgan nazariy bilimlar oquvchilarni musiqa fani boyicha zarur bilim, ko`nikma, malakalarni, bir soz bilan aytganda musiqa madaniyatini yaxlit holda egallashlarini taminlaydi.2 Oquvchilarning musiqiy-nazariy bilimlar tizimida musiqa tinglashni yetakchi faoliyat sifatida baholash orinli boladi. Musiqa madaniyatini egallash, dunyo musiqa sanati durdonalari, milliy xalq musiqa merosi, zamonaviy janrlarda yaratilayotgan asarlar bilan tanishish, shu jarayonda musiqiy-nazariy bilimlarni egallash, (nota yozuvi, ifoda vositalari), oquvchilarda musiqaga qiziqish uygotish musiqani tinglash va tahlil qilish orqali kechadi. « Musiqani sevish, undan badiiy-estetik zavq olish uchun uni tinglash kerak- degan edi, buyuk rus kompozitori D.Shostakovich:- Vatan,dostlik haqida, mehnat va jismoniy hamda amaliy faoliyatlar mavzusidagi asarlarni tinglash oquvchilarga ijobiy tasir qiladi. Oquvchi tinglangan musiqa yoki sanat asari haqida birorta savol bermasa, unda biror hissiyot vujudga kelmasa, shaxsiy hissiyot va munosabat bilan boglanmagan xabar tarzidagi aloqagina paydo bolsa, demak, vazifa bajarilmagan maqsadga erishilmagan hisoblanadi». Musiqani qiziqish va faollik bilan tinglash oquvchilarda oziga xos badiiy nafosatni hamda amaliy ijrochilik ko`nikma va malakalarni shakllantiradi. Musiqa tinglangandan so`ng u haqidagi nazariy ma`lumotlar, oqituvchining tahliliy suhbati ozaro fikr almashuvlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bolib, oquvchilarda musiqadagi badiiy obrazni, uning goyaviy-badiiy mazmunini, musiqaning oziga xos ifodaviylik xususiyatlarini anglash, shu orqali musiqani ongli idrok etilishga olib keladi. Shuning uchun musiqa oqituvchisi har bir dars uchun tinglanadigan va kuylanadigan asarlarni tanlashda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish tutishi kerak boladi. Mana shunday asarlargina oquvchilarda musiqa asariga va musiqa darsiga faol qiziqish uygota oladi.3 Musiqa tinglash jarayonida oquvchilar turli bastakorlar, kompozitor, xalq musiqa merosi, qardosh xalqlar ijodi va bastakor-kompozitorlari, chet el musiqa madaniyatiga tegishli asarlardan namunalar tinglaydilar. D.Shostakovich tabiri bilan aytganda «Musiqani sevish uchun avvalambor uni tinglash kerak» vatan, dostlik, tabiat, o'yinchoqlar, hayovnlar, mehnat va boshqa jismoniy va aqliy faoliyatlar mavzusidagi asarlarni tinglash oquvchilarga ijobiy tasir qiladi, dunyoqarashlarini osishiga musiqiy did, idrok, tafakkurni rivojlanishiga olib keladi. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling